2.4 Ta’lim samaradorligini oshirishning interfaol usullaridan
foydalanish yo’llari
B/B/B chizmasi – Bilaman/ Bilishni hohlayman/ Bilib oldim. Mavzu, matn,
bo’lim bo’yicha izlanuvchilikni olib borish imkonini beradi.
Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivoj-
lantiradi.
O’quvchilar:
1.
Jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida /kichik guruhlarda
jadvalni rasmiylashtiradilar.
2.
“Mavzu bo’yicha nimalarni bilasiz” va “Nimani bilishni xohlaysiz” degan
savollarga javob beradilar (oldindagi ish uchun yo’naltiruvchi asos yaratiladi).
Jadvalning 1 va 2 bo’limlarini to’ldiradilar.
3.
Ma’ruzani tinglaydilar, mustaqil o’qiydilar.
4.
Mustaqil/kichik guruhlarda jadvalning 3 bo’limni to’ldiradilar
Dostları ilə paylaş: