Предмет, метод и задачи статистики



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə1/10
tarix20.11.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#165935
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Mavzu. STATISTIKAGA KIRISH

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “STATISTIKA VA EKONOMETRIKA” KAFEDRASI DOTSENTI B.X. MAMATKULOV TOMONIDAN “STATISTIKA VA EKONOMETRIKA ” FANIDANSTATISTIKAGA KIRISHMAVZUSIDA TAYYORLANGAN MA’RUZA

reja

1. Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi

2. Statistika fan sifatida

3. Statistik ilovalarning turlari

4. Statistikaning asosiy unsurlari

5. Ma’lumotlarning turlari

6. Ma’lumotlarni yig’ish

7. Tanqidiy fikrlash va statistikaning etikadagi ahamiyati

1. Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi

Statistikaning paydo bo’lishi uzoq tarixiy ildizga ega bo’lib, barcha tarixiy formatsiyalarda namoyon bo’ladi va iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bilan birga taraqqiy etadi va takomillashadi.

Statistik hisoblarning rivojlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar qadimgi Hindiston, Xitoy, Misr va boshqa davlatlarda yaratilgan tarixiy asarlarda o’z aksini topgan. Davlatlarning paydo bo’la boshlashi bilan, davlat yig’imlarni to’plash uchun, yer egalarida qancha yeri borligini, undan qancha daromad olishini, urush olib borish uchun qancha aholi va shundan qanchasi katta yoshdagi erkaklar va boshqalarni bilish zaruriyati tug’iladi. Bu ishlar qadimgi statistik ishlardan farq qiladi, ya’ni u faqat ro’yhatga olish emas, balki statistik hisob-kitoblarni amalga oshirishni talab etadi va ularni boshlanganligidan dalolat beradi.


Statistika fani XVII asrning oxirlariga kelib, mustaqil fan sifatida shakllana boshlandi. Shu davrda «Siyosiy arifmetika» degan fan vujudga keldi. Uning asoschilari ingliz olimlari U. Petti (1623-1687) va Jon Graunt (1620-1674) bo’lganlar. U. Pettini o’z vaqtida iqtisodning «otasi» va ma’lum darajada statistikaning ixtirochisidir, deb atashgan.
Yevropada statistikaning asoschisi bo’lib belgiyalik olim A. Ketle (1796-1874) hisoblangan. O’sha davrda Germaniyada G.Ahenvall (1719-1772) birinchi marta «statistika» so’zini qo’llagan. Angliyada esa A. Bouli (1869-1957) statistikaning taraqqiy etishiga asos solgan.
Statistikada matematik oqimni rivojlantirgan olimlar: angliyalik biolog F.Galton (1822-1911), K.Pirson (1857-1936), V.Gosset va R.Fisherlardir.
Statistikani rivojlanishida rus olimlari ham o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar: V.N.Tatishev (1686-1750), K.I.Krilov (1689-1737), D.P.Juravskiy, Semenov Tyan-Shanskiy (1827-1914), Yu.E.Yanson (1835-1893), A.I.Chuprov (1842-1908), V.I.Ulyanov (1870-1924); A.A.Chuprov (1874-1926), A.A.Kaufman (1864-1919) va boshqalar.
Sobiq Ittifoq davrida ijod qilgan va statistikani rivojlanishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shgan statistik olimlar: S.G.Strumilin, V.S. Nemchinov, V.N.Starovskiy, M.N.Smit, B.S.Yastremskiy, S.M.Yugenburg (ko’p yillar Samarqand kooperativ instituti Kafedra da ishlagan), A.Ya.Boyarskiy, A.I.Gazulov, A.I.Petrov, T.V.Ryabushkin, V.M.Simchera, N.N.Ryauzov va boshqalarni kiritish mumkin.
O’zbekiston Respublikasida statistikaning rivojlanishida va uni o’zbek xalqiga o’rgatishda diqqatga sazovor ishlar qilingan. Birinchi “Statistika” kafedrasi 1932 yilda Toshkent, keyinchalik Samarqand va boshqa shaharlarda tashkil etilgan. Hozirgi paytda deyarli hamma iqtisodiy institut va fakultetlarda statistika kafedralari mavjud. Ularda o’zbek statistikasini yaratgan va yaratayotgan ajoyib olimlar faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, bu fanni O’zbekistonda rivojlantirishda professorlar N.Soatov, E.Akramov, I.Ermatov, X.Nabiyev, S.Sirojiddinov, Yo.Abdullaev, R.Alimov, M.Hamroyev, X.Shodiyev, A.Ayubjanov, B.Usmonov, A.Nabixo’jayev, X.Xujaqulov kabi olimlarning ham xizmatlari katta bo’ldi.
Statistika nima? Birinchidan, statistika bu − sonlar va o’lchovlar yordamida ko’psonli va turli-tuman hodisalarni hisobga olish, tasvirlash. Ikkinchidan statistika to’plangan ma’lumotlarni raqamlar qatori, jadvallar, grafiklar, turli hisob-kitoblar orqali ifodalash, uchinchidan, statistika to’plangan ma’lumotlarni tadqiqot usullarini shunday tartibda o’rnatadiki turli-tumanlik ichida birlikni, son-sanoqsiz alohida “tasodiflar” orasida qandaydir umumiylikni, qandaydir bog’liqlikni aniqlash uchun ya’ni xulosalar qilishdir.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin