Progress volume 2 ǀ issue 2



Yüklə 39,53 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü39,53 Kb.
#201770
1   2   3   4   5
buxgalteriya-hisobi-tizimining-holati-va-uning-faoliyatini-baholash (1)

NATIJA


Auditning mohiyati – bozor iqtisodiyoti sharoitida uning obyektiv iqtisodiy taraqqiyot qonunlari, kategoriyalari, xalqaro hamjamiyatda tan olingan hamda ayrim olingan bir konkret mamlakatda amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarning talablariga mos tekshiruv obyektida uning barcha faoliyatlari raqamlar yordamida ifodalangan, maxsus tizim asosida xulosa va takliflar berishdan iborat», deb yozadi professor N.Sanayev.Professor X.N.Musayev auditning mohiyatini quyidagicha e’tirof etgan:
«audit –bu muayyan vakolatlar berilgan shaxslar, ya’ni auditorlar tomonidan xo‘jalik yuritayotgan subyektlar faoliyatlarining respublikada qabul qilingan qonun-qoidalarga muvofiqligini tekshirish yo‘li bilan baholash va xolisona xulosalar berishdir» Tizim sifatida audit jamiyat miqiyosida mavjud bo‘ladi.
Yaxlit tizimni tashkil etuvchi auditni ichki va tashqi auditga bo‘lish mumkin. Ichki audit iqtisodiyotning quyi bo‘g‘ini bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ichki nazorat vositasi hisoblanadi.Tashqi audit davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlar manfaatlari nuqtai nazaridan mustaqil auditorlik tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan nazorat vositasi hisoblanadi. Tashqi audit davlat tomonidan me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi.
Auditning mohiyati uning tarkibiy komponetlarining mazmunida yorqin namoyon bo‘ladi. Bunday komponentlar quyidagilardir.Ichki nazorat –bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy – xo‘jalik faoliyatini rahbariyat tomonidan tasdiqlangan maxsus Nizom asosida doimiy nazorat qilib boruvchi bo‘limning yoki xodimning (xodimlarning) ish faoliyati. Bunday nazoratni ichki audit bo‘limi yoki ichki auditorlar olib borishlari mumkin. Tashqi nazorat –bu mustaqil auditorlik tashkilotlarining shartnoma asosida korxonalarda yuz bergan hodisa va jarayonlarni, ularning natijalarini qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga mosligini tekshirish bo‘yicha olib borgan ish faoliyati. Iqtisodiy tahlil – bu moliyaviy hisob va hisobot ma’lumotlari asosida korxonalarning moliyaviy –xo‘jalik faoliyati va uning natijalarini qo‘yilgan maqsad va talablarga ko‘ra dinamik va statik jihatdan izohlab berish bo‘yicha olib borilgan ish faoliyati.



Yüklə 39,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin