TAYANCH TUSHUNCHALAR
Temperament, sangvinik, melanxolik, xolerik, flegmatik, unsur, oliy nerv faoliyati tiplari, kuchli muvozanatli, kuchli muvozanatsiz, kuchsiz tip.
NAZORAT SAVOLLARI
Temperament haqida tushuncha bering.
Temperament haqidagi nazariyalar haqida gapiring.
Temperamentning qanday tiplari mavjud.
Nerv tizimi xususiyatlari va temperament orasidagi farq nimada?
Temperament turlariga misol keltiring (adabiyot, kinofil’m, shaxsiy kuzatuv).
Turli temperament xususiyatiga ega bo`lgan kishilarni ish uslubi qanday bo`ladi?
11 - MAVZU: XARAKTER
REJA:
1. Xarakter haqida tushuncha.
2. Xarakterning tuzilishi.
3. Xarakterning murakkabligi.
4. Xarakter aktsentuatsiyasi va psixokarrektsiyasi.
1. Xarakter – shaxsning barqaror individual xususiyatlari yig`indisi bo`lib, u faoliyat va muloqotda yuzaga keladi hamda shaxsga xos xulq-atvor usullarini namoyon qiladi.
«Xarakter» fanga ilk bora qadimiy yunon olimi va faylasuf Teofrast tomonidan kiritilgan.
«Xarakter» so`zi yunoncha «chiziq», «belgi», «sifat», «xususiyat» m’nosini bildiradi. Bu so`z «xarosso» fe’lidan kelib chiqib, uni ushlamoq, chizmoq, qiqmoq deb tarjima qilish mumkin.
Hayotiy tajriba asosida xarakter tushunchasini ikki mazmunda tushunish mumkin: keng yoki umumiy maxsus o`ziga xos ma’noda.
Keng yoki umumiy ma’noda inson xarakteri deganda uning xatti-harakati va xulq-atvoriga ta’sir etuvchi individual yoqqol namoyon bo`lgan va sifat jihatidan turlicha bo`lgan belgilar tushuniladi.
Tor yoki maxsus ma’noda olingan xarakter degan shaxsning psixik tuzilishi nazarda tutilib, u insonning irodasi va yo`nalganligida namoyon bo`ladi. Yo`nalganlik bu insonning xarakterli xususiyati bo`lib, faoliyatiga ta’sir etadi. Borliqqa nisbatan tanlangan munosabatida aks etadi. O`ziga xos psixologik tuzilishining inson harakatda tarkib toptiradi va bu esa o`z o`rnida insondan irodali kuch talab etiladi.
Kishi jamiyatda yashab, biror faoliyat bilan shug`ullanar ekan o`zini shaxs sifatida namoyon qiladi, odamlarga o`z ishiga va o`ziga bo`lgan munosabatini ifodalaydi.
Ba’zan ana shu munosabatning ko`rinishlari odamdan tashqari, tasoddifiy xarakterga ega bo`lishi mumkin. Masalan, maktab o`quvchisining o`z o`rtoqlari uchun kutilmaganda arzimagan narsadan jahli chiqib ketishi mumkin. O`rtoqlari uning bu xulqidan taajublanadilar, chunki odatda bu bola yuvvosh, xushmuomula edi. Uning uchun qo`pollik tipik hodisa emas edi. Boshqa bir o`quvchi ko`pincha atrofdagilar bilan keskin va qo`pol muomulada bo`ladi. Bu narsa buning uchun tipik bo`lgan barqaror, bir necha marta takrorlangan xususiyat bo`lib, bu uni shaxs sifatida xarakterlab beradi. Shuning uchun ham mazkur xususiyatni uning xarakteriga xos bo`lgan xususiyatlaridan biri deb hisoblash mumkin. Jamiyat a’zosi bo`lgan kishining voqelikka bo`lgan munosabatida vujudga keladigan va uning xulq - atvori hamda xatti - harakatlarida ta’sir qoldiradigan, muhim barqaror psixik xususiyatlarning majmui - xarakter deyiladi. Ba’zan xarakter degan so`z bilan, iroda degan so`zning qat’iylikni ya’ni boshqa kishilar bilan muomila qiladigan keskinlikni ifodalaydilar. Aksincha irodasi zaif kishini xaraktersiz kishi deb hisoblaydi. Lekin bu fikr noto`g`ridir. Xaraktersiz kishi deb hisoblangan kishida ham xarakter bor. Xarakterdagi ko`p narsa kishining dunyo qarashiga, uning e’tiqodiga va ideallariga, ijtioiy ahvoliga, atrofdagi muhitning ta’siriga bog`liq bo`ladi. Xarakter shaxsning individual xususiyatidir.
2. Inson xarakteri tizimini o`rganishning asosiy vazifasi xarakter xususiyatlarini ma’lum tizimga solish va ular orasidagi bog`liqlikni aniqlashdir.
Xarakter xususiyatlari bu shunday individual xususiyatlarki, ular insonning ma’lum vaziyatdagi xulq-atvorini ko`ra olish, aniqlashga yordam beradi. Insonni borliqqa bo`lgan hayotiy munosabatiga ko`ra uning xarakter yo`nalganligini quyidagicha guruhlash mumkin:
A) jamiyatga bo`lgan munosabat, atrof olamdagi narsa va hodisalarga munosabat (Vatanparvarlik, tilga, kelajakka, ona tuproqqa muhabbat).
B) Boshqa odamlarga munosabat.
G) O`z-o`ziga munosabat.
Insonni o`ziga bo`lgan munosabati xarakteristikasida mustaqillik va taqlidchanlik muhim rol o`ynaydi.
Dostları ilə paylaş: |