PT o „ 0 ‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijo d LV 'tjyi toshkent — 2012



Yüklə 58,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/44
tarix22.12.2023
ölçüsü58,24 Kb.
#190463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Abdurahmon Akbar. G\'aroyib avtobus

3— G'aroyib avtobus
33
www.ziyouz.com kutubxonasi


TABIAT ALIFBOSI
(Turkum)
Ustoz shoir Q uddus M uham m adiyning 
yorqin xotirasiga bag'ishlaym an
A
Asalari archaga 
Atay urar ha5zan do‘q:
— Adil, ko‘m -ko‘ksan, biroq 
Ayt, nimaga guling yo‘q?
B
Baqa bozor borolmay, 
Baqrayib o ‘yga toldi.
Besh-olti tanga berib,
Baliq qo‘llab yubordi.
D
Diyorimning dashti bor, 
Dashtlarining gashti bor. 
Dala, dashtin yashnatar 
Daryolarin shashti bor.
E
Etik sotib olibdi 
Etikdo‘zdan echkivoy. 
Ehtiyotlab etigin 
Endi 
tinmay surtar moy.
F
Faw ora — billur chashma, 
Falak tomonga shoshar.
Faqat toshib ketmas hech
Feruza buloq — toshar.
34
www.ziyouz.com kutubxonasi


G
Gulzorim gullarga boy, 
Gavhardek yonida soy.
G o ‘zal bahor kunlari 
Gullarim ochar chiroy.
H
Handalak pishdi, m o‘l bo‘Idi, 
Havo aynib, ho‘l bo‘ldi. 
Holvadayin mazasi,
Hil-hil, q o ‘lm a-qo‘l bo‘ldi.
I
Ilonizi yo‘lda ham 
Itimiz ildam chopar.
Izlatsak biror buyum, 
Imillamasdan topar.
J
Jamalaksoch Jamilaning 
Jo‘jasi juda jajji.
Jaladan ham qo'rqm ay, jilmay, 
Jambil tagin titadi...
K
Kuz va Bahor — opa-singil
Ko‘plar buni biladi.
Ko‘nglin olib ikkisining 
Kifiti keng Yoz kuladi.
t
Lola sayliga chiqdi 
Lola, Lobar va G'ani.
Lolaning ko‘zi qiymas,
Lolalami uzgani.
35
www.ziyouz.com kutubxonasi


M
Majnuntolning yaprog'i 
Mayin-mayin shivirlar. 
Moviysoy to'lqinlari 
Mavj urib, jivirlar.
N
Nok keltirgandi dadam, 
N or bilan ko‘rdim baham 
N ow otdek ekan toti
Nashvati erur oti.
O
Olam obod, charog‘on 
Oftob borligi uchun. 
Odam aziz, mukarram 
Ozod yurtligi uchun.
P
Paxta, paxta, oy paxta, 
Mo'jizaga boy paxta.
0 ‘zi qup-quruq, biroq 
Ichi to ‘la mag‘iz yog‘.
Q
Qirmiz qirlar bag‘riga 
Qizg‘aldoqlar yarashar. 
Q o‘zichoqlar ularga 
Quvonishib qarashar.
R
Rubob chaldi Ravshanjon, 
Ra'no tushdi o‘yinga. 
Ra'noning raqslari 
Rosa ham yoqdi menga.
36
www.ziyouz.com kutubxonasi


s
Sabzi ekib, 
sabzi sotdi 
Sa’va bilan sariq sirtlon.
Sabzi ekib, 
sabzi sotar 
Sa’va, sirtlon shundan buyon.
T
Tog‘lar boshi oppoq qor,
Tog‘ qorida viqor bor.
Tog‘ ortidan yurtimga 
Tezroq kela qol, bahor.
U
Uzum pishdi, uzum pishdi, 
Uzumda ikki ko‘zim.
Unga mendek boqib chumchuq 
Uchgisi kelmas bir zum.
V
Vahobjonning varragi 
Varillab ko'kni quchdi. 
Vertolyotdan qolmay deb,
Vodiy tomonga uchdi.
X
Xo‘roz xazon titsam deydi, 
Xo‘rak topib yesam deydi, 
Xo‘tik bo'lsa, zax kunlari 
Xrom etik kiysam deydi.
Y
Yurtim deya yashagay,
Yuragida o ‘ti bor.
Yurtning kori, ishiga 
Yigit bo‘lar madadkor.
37
www.ziyouz.com kutubxonasi


z
Ng
Biz „N “ bilan „G “ chin do‘stmiz, 
„Rang“ , „chang“ so'zida birgamiz. 
Ikkimizni ajratib nogox,
„2“ baho olmang yana siz.
Zangor osmon bag‘ridan 
Zuhro yulduz boqar jim.
— Zuhro singlim ismingni 
Ayt-chi, senga qo'ygan kim?

Yüklə 58,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin