Pul, kredit va banklar


 O’zbekiston Markaziy banki, uning maqsadi va vazifalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   154
Pul, kredit va banklar

 
11.2. O’zbekiston Markaziy banki, uning maqsadi va vazifalari   
 
Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgandan  so’ng,  sobiq  ittifoq  davlat  banki 
bazasida  O’zbekiston  Respublikasining  ikki  pog’onali  bank  tizimi  tashkil  etildi. 
Shu davrdan boshlab, uning birinchi pog’onosida Markaziy bank, ikkinchisida esa 
kredit  muassasalari  (tijorat  banklari,  kredit  uyushmalari,  mikrokredit  tashkilotlari, 
lombardlar) faoliyat yurita boshladi.  
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki mustaqillikning dastlabki yilarida 
o’z  faoliyatini  “Banklar  va  bank  faoliyati  to’g’risida”gi  Qonun  asosida  amaga 
oshirdi.  Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  etmish  yildan  ortiq  markazdan 
rejalashtirish  sharoitida  faoliyat  yuritib  kelgan  bank  tizimining  maqsadi, 
majburiyati,  vazifalari  va  ishlash  tartibi  yangidan  tashkil  etilgan  ikki  pog’onali 
bank  tiziminikidan  tubdan  farq  qilar  edi.  Shu  jihtdan  ham  uning  bazasida  tashkil 
etilgan  bank  tizimi  oldida  juda  katta  va  mas’uliyatli  vazifalar  turar  edi.  Xususan, 
mamlakatda iqtisodiy jarayonlarni to’xtatmagan holda bozor iqtisodiyoti sharoitiga 
asoslangan  kredit  muassasalari  tizimini  tashkil  etish,  muomalaga  milliy  valyutani 
joriy etish, sobiq ittifoq respublikalari bilan uzoq yillardan beri davom etib kelgan 
hisob – kitoblarni amalga oshirish va boshqa qator vazifalar shular jumlasidandir.  
Shuning  uchun  ham  mamlakatimiz  Markaziy  bankining  tashkil  etilishi, 
uning mamlakatda pul muomalasini tartibga solish va kredit muassasalari faoliyati 
ustidan  nazoratni  amalga  oshirishi  bilan  bog’liq  vazifalari  doimiy  ravishda 
takomillashib, rivojlanib zamonaviy xalqaro bank andozalariga o’tib bormoqda. 
Markaziy  bank  iqtisodiy  jihatdan  mustaqil  bo’lgan,  yuridik  maqomga  ega 
tashkilot  hisoblanadi.  Markaziy  bank  o’z  daromadlari  hisobidan  xarajatlarni 
amalga oshiradi. Agar uning xarajatlari daromadlarga nisbatan ko’p bo’lsa, ushbu 
farq  (zarar)  davlat  byudjeti  hisobidan  qoplab  beriladi.  Hisobot  yilining  oxirida 
Markaziy  bank  ixtiyorida  qolgan  ortiqcha  mablag’  (foyda)  to’lig’icha  davlat 
byudjeti hisobiga o’tkazib beriladi.  
Ta’kidlash  joizki,  O’zbekiston  Markaziy  banki  tashkil  topganidan  buyon 
hisobot  yilini  moliyaviy  zarar  bilan  qoplamagan,  aksincha  hisobot  yilning 
so’nggida juda katta miqdordagi mablag’ni davlat byudjetiga  o’tkazib kelmoqda.  


Markaziy  bankning  asosiy  daromad  manbalari  sifatida  tijorat  banklariga 
beriladigan  qayta  moliyalash  hisobidan  oladigan  foizlar,    hukumatning  oltin  va 
valyuta zaxiralarini tasarruf etishdan oladigan foizlar, tijorat banklaridan iqtisodiy 
me’yorlarni  buzganligi  uchun  undiradigan  jarimalari,  tijorat  banklari  elektron 
to’lov  tizimidan  foydalanganliklari  uchun  to’laydigan  to’lovlari  va  boshqa 
manbalarni keltirish mumkin.   
Mustaqillikning  dastlabki  yillarida  tashkil  etilgan  O’zbekiston  Markaziy 
banki  qisqa  muddat  ichida  banklarning  banki  sifatida  juda  katta  ishlarni  amalga 
oshirdi,  shuningdek,  uning  faoliyati  takomillashib  va  rivojlanib  bordi.  Buning 
natijasida  uning  faoliyatini  amalga  oshirish,  huquq  va  majburiyatlarini 
belgilaydigan  alohida  huquqiy  hujjatni  qabul  qilish  zaruriyati  vujudga  keldi. 
Natijada  1995  yil  21  dekabrda  “O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki 
to’g’risida”gi  Qonun  qabul qilindi.  Ushbu qonun  9  ta  bo’lim  va 60  ta  moddadan 
iborat  bo’lib,  Markaziy  bankning  maqsadi,  majburiyat  va  huquqlarini  belgilaydi, 
shuningdek,  Markaziy  bankning  barcha  faoliyat  turlari  mazkur  qonunda  aniq  va 
ravshan qilib belgilab qo’yildi.  
Mazkur qonunga ko’ra, Markaziy bank tijorat faoliyati bilan shug’ullanishi, 
xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarga  moliyaviy  yordam  ko’rsatishi  va  ularning 
kapitalini shakllantirishda ishtirok etishi ta’qiqlanadi.  
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 30 - moddasiga asosan Markaziy 
bank  va  uning  Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahridagi 
bosh  boshqarmalari,  shuningdek  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining 
muassasalari  barcha  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarni  to’lashdan  ozod 
qilinadi, yagona ijtimoiy to’lov bundan mustasno. 
Markaziy  bank  mamlakat  banklarining  banki  hisoblanib,  to’g’ridan  –  to’g’ri 
aholi va mijozlarga bank xizmatlarini ko’rsatmaydi. “Markaziy bank to’g’risida”gi 
Qonunning  31  –  moddasida  belgilangan  holatlar  bundan  mustasno.  Unga  ko’ra 
Markaziy  bank,  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  tartibda  va  shartlarda  davlat 
hokimiyati  va  boshqaruv  organlari,  ayrim  davlat  qo’mitasi  va  muassasalari, 
shuningdek, o’zining huzuridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning asosiy 
hisobvaraqlariga xizmat ko’rsatish bo’yicha bank operatsiyalarini amalga oshirishi 
mumkin. 
Markaziy  bankning  bosh  maqsadi  milliy  valyutaning  barqarorligini 
ta’minlashdan  iborat  bo’lib,  ushbu  maqsadni  amalga  oshirish  uchun  quyidagi 
vazifalarni amalga oshiradi: 

  monetar  siyosatni  hamda  valyutani  tartibga  solish  sohasidagi  siyosatni 
shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish; 

 
O’zbekiston Respublikasida hisob – kitoblarning samarali tizimini tashkil 
etish va ta’minlash;
 

  banklar,  kredit  uyushmalari,  mikrokredit  tashkilotlari  va  garovxonalar 
faoliyatini  litsenziyalash  hamda  tartibga  solish,  banklar,  kredit  uyushmalari, 
mikrokredit  tashkilotlari  va  garovxonalarni  nazorat  qilish,  qimmatli  qog’ozlar 
blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash; 

 
O’zbekiston  Respublikasining  rasmiy  oltin  –  valyuta  rezervlarini, 
kelishuvga binoan hukumat rezervlarini qo’shgan holda, saqlash va tasarruf etish; 



  mamlakatda yagona emission organ vazifasini amalga oshiradi.  
Markaziy  bank  o’tgan  yil  faoliyatini  mustaqil  auditor  tashkilotlar 
tekshiruvidan  keyin  hisobotni  keyingi  yilning  15  mayidan  kechiktirmasdan  Oliy 
Majlis Senati ko’rib chiqishi uchun taqdim etadi va hisobot beradi.  
Markaziy  bankning  oliy  organi  uning  Boshqaruvidir.  Boshqaruv  Markaziy 
bank  siyosati  va  faoliyatining  asosiy  yo’nalishlarini  belgilab  beradi,  bankni 
boshqaradi.  Boshqaruv  o’n  bir  kishidan  iborat  bo’ladi.  Boshqaruv  tarkibiga 
Markaziy bank Raisi, uning o’rinbosarlari, shuningdek, bankning asosiy bo’linma 
rahbarlari kiradi. 
Boshqaruvning majlislari oyiga kamida bir marta o’tkazib turiladi, boshqaruv 
majlisida quyidagi masalalar ko’rib chiqiladi va hal etiladi:  

 
monetar  siyosatning  asosiy  yo’nalishlarini,  shu  jumladan,  Markaziy 
bankning  ochiq  bozordagi  operatsiyalari  ko’lami,  Markaziy  bankning  hisob  va 
ssuda  berishdagi  foiz  stavkalari  hamda  banklarning  Markaziy  bankdagi  majburiy 
rezervlari normasini belgilaydi;
 

  Markaziy bankning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi; 

  Markaziy bankning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki masalasini hal qiladi; 

  banknotlar va tangalarning nominal qiymati va namunalarini, shuningdek, 
pul belgilarini muomaladan chiqarish shartlarini belgilaydi; 

 
O’zbekiston  Respublikasi  Hukumatiga  beriladigan  ssudalar  miqdori  va 
shartlarini tasdiqlaydi;
 

 
banklar uchun iqtisodiy normativlarni va kredit uyushmalari, mikrokredit 
tashkilotlari  hamda  garovxonalar  uchun  moliyaviy  operatsiyalar  o’tkazish 
qoidalarini tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishini ko’rib chiqadi;
 

  bank  faoliyati  bilan  shug’ullanish  uchun  litsenziyalar  berish  va  ularni 
chaqirib  olish  to’g’risida  qarorlar  qabul  qiladi,  kredit  uyushmalari,  mikrokredit 
tashkilotlari  va  garovxonalar  faoliyati,  shuningdek  qimmatli  qog’ozlar  blankalari 
ishlab chiqarish litsenziyalanishini amalga oshiradi; 

  Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi; 

  Markaziy  bank  muassasalari  hamda  korxonalarini  tashkil  etadi,  qayta 
tuzadi va tugatadi; 

  Markaziy bank xarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi; 

 
Markaziy bankning yillik va moliya hisobotlarini ko’rib chiqadi; 

 
Markaziy  bankning  tarkibiy  bo’linmalari,  muassasalari  va  korxonalari 
rahbarlarini tasdiqlaydi; 

  Markaziy  bank  tarkibiy  bo’linmalari,  uning  muassasalari  va  tashkilotlari 
rahbarlarining hisobotlari hamda ma’ruzalarini tinglaydi; 

  Markaziy  bank  xodimlarini  ishga  yollash,  ishdan  bo’shatish,  ularning 
mehnatiga haq to’lash shartlarini, shuningdek ularning kreditlar olishi va aktsiyalar 
sotib olishi tartibini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi; 

  Markaziy bank vakolati doirasidagi boshqa masalalarni ko’rib chiqadi va 
hal qiladi. 
Xulosa  qilib  aytganda,  O’zbekiston  Markaziy  banki  mamlakat  banklarining 
banki  hisoblanib,  milliy  valyutaning  barqarorligiga,  kredit  muassasalarining 


moliyaviy  jihatdan  barqaror  faoliyat  yuritishiga  mas’ul  bo’lgan  davlatning 
moliyaviy tashkiloti hisoblanadi.  

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin