Pul, kredit va banklar


 Markaziy bankning pul – kredit siyosati



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   154
Pul, kredit va banklar

11.3. Markaziy bankning pul – kredit siyosati   
 
Markaziy  bankning  bosh  maqsadi  milliy  valyutaning  barqarorligini 
ta’minlashdan  iborat  bo’lib,  ushbu  maqsadni  amalga  oshirish  uchun  qator 
vazifalarni  bajaradi.  Ushbu  vazifalar  ichida  eng  muhimlaridan  biri  uning  pul  – 
kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi.  
Pul  –  kredit  siyosatining  qator  usullari  mavjud    bo’lib,  ularning  asosiylari 
quyidagilardan iborat: 
 – tijorat banklariga nisbatan o’rnatilgan majburiy zaxira siyosati; 
 – tijorat banklarini qayta moliyalash siyosati (hisob stavkasi); 
 – ochiq bozordagi siyosati;  
 – valyuta va depozit siyosati. 
Iqtisodiy  adabiyotlarda  va  xalqaro  bank  amaliyotida  Markaziy  banklarning 
pul – kredit siyosati monetar siyosat, monetar instrumentlar tarzida ham yuritiladi. 
Biroq,  Markaziy  bankning  pul  –  krediti  siyosati  qanday  tarzda  yuritilishiga 
qaramasdan, ularning maqsadi bitta masalaga, ya’ni mamlakat milliy valyutasining 
barqarorligini ta’minlashga qaratiladi.  
Xalqaro  bank  amaliyoti  va  xo’jalik  yuritish  tajribasidan  ma’lumki,  milliy 
valyuta  sotib  olish  qobiliyatining  tushib  ketishi  iqtisodiyotda  inflyatsiya 
darajasining  oshishiga  va  mamlakatda    ishsizlik  darajasining  pasayishiga  olib 
keladi  va  aksincha.  Ya’ni,  inflyatsiya  darajasining  pasayishi  esa  mamlakatda 
ishsizlik darajasining oshishiga olib keladi.  
Markaziy  bank  aynan  shu  iqtisodiy  jarayonni  milliy  iqtisodiyotga  salbiy 
ta’sir  etmaydigan  darajada  ushlab  turish  va  milliy  valyutaning  barqarorligini 
ta’minlash uchun pul – kredit siyosati usullarini amaliyotga joriy etadi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  pul  –  kredit  siyosati 
“O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  to’g’risida”gi  Qonunning  23  – 
moddasiga  binoan  kelgusi  yil  uchun  mamlakat  monetar  siyosatining  asosiy 
yo’nalishlari sifatida ishlab chiqiladi.  
Xususan, ushbu siyosat:  
 – iqtisodiy kon’yunkturaning tahlili va istiqbol ko’rsatkichlarini;  
 –  muomalada  bo’lgan  pul  massasining  iqtisodiy  jihatdan  asoslangan 
chegaralarini;  
 –  pul  massasi  yillik  o’sish  sur’atining  aniq  maqsadli  ko’rsatkichlarini,  shu 
jumladan, Markaziy bank ichki aktivlarining o’zgarishini;  
 – valyuta hamda foiz siyosatining asosiy yo’nalishlarini;  
 –  pul  –  kredit  sohasini  tartibga  solishga  doir  harakatlarning  aniq  maqsadli 
asosiy ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin