Rasmdan ko’rinib turibdiki, bank tomonidan moliyalashtirilgan investitsion
loyihalar soni 2008 yilda 2007 yilga nisbatan 51 taga, kreditlar hajmi qariyb 1000
mln. evroga kamaygan. Buning asosiy sababi, 2008 yilda AQShda yuz bergan
jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozidir.
ETTBning kredit siyosatiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, asosan a’zo –
mamlakatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek hamkorlikda sindikat
kreditlarini berish, korxonalarning ustav kapitaliga investitsiyalar kiritish, qimmatli
qog’ozlarni joylashtirishni kafolatlash, mamlakat infrstrukturasini rivojlantirish va
eksport – import operatsiyalari bo’yicha dasturlarni qo’llab – quvvatlash masalalari
alohida o’rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: