Pul, kredit va banklar


-mavzu: Pul aylanishi va uning tarkibi



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   154
Pul, kredit va banklar

2-mavzu: Pul aylanishi va uning tarkibi
 
 
2.1. Pul aylanmasining mohiyati 
2.2. Naqd pul aylanmasini tashkil etish 
2.3. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning tamoyillari  
2.4. Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari 
 
 
 
2.1. Pul aylanmasining mohiyati 
 
Naqd  pul  va  naqd  pulsiz  shaklida  hisob  –  kitoblarni  amalga  oshirish  pul  aylanmasini 
tashkil etadi.  
Naqd pul aylanmasi – bu qog‘oz pullar va tanga pullar vositasida amalga oshirilib, naqd 
pullar  harakati  jarayonida  namoyon  bo‘ladi.  Naqd  pul  aylanmasi  asosan  jismoniy  shaxslar  va 
yuridik  shaxslar  o‘rtasida  vujudga  keladigan  ayirboshlash  munosabatlarini  amalga  oshirishga 
xizmat qiladi. 
Naqd  pulsiz  aylanmalar  –  bu  kredit  muassasalarida  ochilgan  hisobraqamlar  yordamida 
pullarni hisobdan hisobga ko‘chirish orqali amalga oshiriladi.  
Pul  doimiy  ravishda  “harakatda”  bo‘ladi,  bu  harakat  davomida  juda  ko‘plab  tovar  va 
xizmatlarni sotish va sotib olish jarayonida bevosita ishtirok etib, sotuvchi va sotib oluvchilarga 
xizmat  qiladi.  Xususan,  pul  o‘z  harakati  jarayonida  bozordagi  talab  va  taklifdan  kelib  chiqqan 
holda tovarlar va xizmatlar bahosini belgilaydi, bu pulning qiymat o‘lchovi, muomala vositasi va 
to‘lov vositasi funktsiyalari orqali amalga oshiriladi. 
Pul  vaqtinchalik  hisob  –  kitoblar  va  aylanmalarda  ishtirok  etmagan  vaqtda  jamg‘arma 
vositasi  funktsiyasini  bajarish  orqali,  o‘zining  sohibiga  qo‘shimcha  daromad  keltirdi  va  real 
iqtisodiyotda muhim rol o‘ynaydi.    
Pul  aylanmasi  tarkibida  naqd  yoki  naqdsiz  hisob  –  kitoblar  bilan  amalga  oshirilayotgan 
to‘lovlar  hajmining  yuqori  yoki  pastligiga  pulning  barqarorligi,  milliy  iqtisodiyotning 
raqobatbardoshligi va boshqa qator omillar ta’sir qiladi. 
Pulning  aylanmasi  mohiyatini  yanayam  chuqurroq  aniqlash  uchun  uning  ob’ekti  va 
sub’ektlariga  e’tibor  berish  maqsadga  muvofiq.  Pul  aylanmasi  sub’ektlari  sifatida  davlat  va 
davlat  muassasalari,  Markaziy  bank,  kredit  va  moliya  muassasalari,  mamlakat  rezidenti  va 
norezedentlari,  korxona  va  tashkilotlarni  keltirish  mumkin.  Uning  ob’ekti  esa  tovar  va  tovarsiz 
operatsiyalar  jarayonida  vujudga  keladigan  iqtisodiy  munosabatlar,  ya’ni  aylanmalar 
hisoblanadi.  
Pul aylanmasi sub’ektlari o‘rtasida amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar naqd va 
naqd  pulsiz  ko‘rinishida  amalga  oshiriladi.  Xorijiy  mamlakatlar  iqtisodiy  adabiyotdarida  pul 
aylanmasi  deyarli  o‘rganilmaydi.  Buning  asosiy  sabablaridan  biri,  balki  mazkur  mamlakatlar 
bank  muassasalarida  hisob  –  kitoblarni  amalga  oshirishda  pul  aylanmasi  naqd  va  naqd  pulsiz 
ko‘rinishi shakllari o‘rtasida farq mavjud emasligi bo‘lishi mumkin. Haqiqatda ham rivojlangan 
va ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar banklarida naqd va naqdsiz pul hisob – kitoblarni amalga 
oshirish o‘rtasida farq mavjud emas.  
Shu  bilan  birga,  MDH  mamlakatlari  iqtisodiy  adabiyotlarining  deyarli  barchasida  “pul 
aylanmasi”  va  “to‘lov  aylanmasi”  alohida  – alohida  o‘rganiladi.  Ularni bir –  biridan  farqlashda 
asosiy  etibor  hisob  –  kitoblarni  amalga  oshirishda  naqd  pulni  ishtirok  etishi  yoki  etmasligiga 
qaratiladi.  Pul  aylanmasida  bevosita  naqd  pullar  to‘lovlarni  amalga  oshirishda  ishtirok  etadi. 
Keyingi  yillarda  hisob  –  kitoblarni  amalga  oshirishda  plastik  kartochkalar,  hisob  –  kitob 
cheklarni  joriy  etilishi  pul  aylanmasi  tarkibida  naqd  pulli  hisob  –  kitoblar  ulushining  sezilarli 
darajada pasayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, AQSh, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va 
Yaponiyada pul aylanmalarining ulushi 1 – 1,5 foizni tashkil etadi. 


Quyidagi  rasmda  pul  aylanmasining  tarkibiy  tuzilishi  va  uning  o‘zaro  bog‘liqligini 
tavsiflovchi holatlar keltirilgan.    

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin