Pul, kredit va banklar



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   154
Pul, kredit va banklar

Birinchi  bosqichi.  Pul  tizimining  birinchi  bosqichi  1991  yil  sentyabrdan 
1993  yil  noyabr  oyigacha  bo‘lgan  davrni  o‘z  ichiga  oladi.  Ushbu  davrda 
O‘zbekiston pul tizimi Rossiya pul tizimiga bevosita bog‘liq edi. Chunki bu davrda 
mamlakatimiz  milliy  valyutasi  muomalaga  kiritilmagan,  barcha  hisob  kitoblar 
sobiq Ittifoq va Rossiya rubli bilan amalga oshirildi. Bu davrda pul – kredit tizimi 
o‘z boshidan murakkab va og‘ir davrni kechirdi.  
“Mustaqillikning  birinchi  yillarida  O‘zbekiston  hukumati  siyosiy  va 
iqtisodiy  islohatlarni  amalga  oshirish  paytida  ikki  o‘zaro  ziddiyatli,  biri 
ikkinchisini  inkor  qiladigan  holatga  duch  kelib  qoldi:  bir  tomondan  siyosiy 
mustaqillik,  boshqa  tomondan  –  yagona  rubl,  demak,  iqtisodiy  qaram  zonada 
turganlik holati edi. Bu holat nafaqat O‘zbekiston, balki sobiq Ittifoqning boshqa 
respublikalari uchun o‘ziga xos xususiyat edi”
18

Buning  natijasida  mamlakatimiz  pul  tizimini  tashkil  topishining  birinchi 
bosqichida quyidagi muammolar mavjud edi: 
 –  banklar  orqali  mijozlar  va  aholini  naqd  pul  bilan  ta’minlashdagi 
muammolar.  Dastlab  Rossiya  Davlat  banki  “rubl  zonasida”gi  mamlakatlarga 
berayotgan har bir rublini 25 foizi miqdorida to‘lov belgilagan, ya’ni o‘zi bergan 
100 rublning 25 rublini qaytarib olib qolish sharti bilan mablag‘ bergan bo‘lsa, asta 
sekin bu to‘lov miqdori oshib bordi. Rossiyada tovarlarga, jumladan, oziq – ovqat 
mollari  va  paxtaga  ehtiyojning  kuchayganligi  sababli  o‘zidan  olib  kelayotgan 
mablag‘ni 100 foiz tovar bilan ta’minlash shartini qo‘ydi. Ya’ni O‘zbekiston o‘zi 
olib  ketayogan  qadrsizlangan  qog‘oz  pullar  o‘rniga  jahon  bozorida  qiymati  oltin 
bilan o‘lchanadigan paxta tolasi berishga majbur bo‘layotgan edi
19
;  
 –  sobiq  Ittifoq  respublikalari  o‘rtasida  iqtisodiy  munosabatlarning  uzilishi 
bilan  bog‘liq,  shuningdek,  hisob  –  kitoblarni  amalga  oshirishda  vujudga  kelgan 
                                                           
18
Mullajonov F.M. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi. –T.: «O‘zbekiston» 2001.33 – bet. 
19
Shu manba, 38 – bet  


muammmolar.  Sobiq  Ittifoq  barham  topgan  bo‘lsada,  uning  tarkibiga  kirgan 
respublikalar  o‘rtasidagi  mavjud  iqtisodiy  aloqalarni  birdan  to‘xtatib  qo‘yishning 
imkoniyati mavjud emas edi. Bu o‘z navbatida pul mablag‘lari bilan bog‘liq hisob 
–  kitoblarni  tashkil  etishni  talab  etardi.  Biroq  sobiq  Ittifoq  davrida  amal  qilgan 
rubllarning keskin qadrsizlanishi, shu bilan birga, o‘zaro hisob  – kitob ishlarining 
izdan  chiqishi  ushbu  ishlarni  amalga  oshirishni  qiyinlashtirib  yubordi.  Shu  bois 
ham,  1993  yil  may  oyidan  mamlakatimiz  Markaziy  banki  milliy  valyutasini  joriy 
etgan  MDH  mamlakatlari  va  O‘zbekiston  o‘rtasidagi  tuzilgan  bitimlarni  qayta 
ko‘rib  chiqib,  tijorat  banklariga  Markaziy  bank  vakillik  hisobvarag‘ini  chetlab 
o‘tib, to‘g‘ridan – to‘g‘ri hisob – kitoblarni olib borishi ta’qiqlandi; 
 – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mustaqil pul – kredit siyosatini 
amalga  oshirishdagi  muammolar.  Pul  tizimini  tashkil  topishining  birinchi 
bosqichida  buning  imkoniyati  mavjud  emas  edi,  chunki  muomalaga 
chiqarilayotgan pullar Rossiya Markaziy banki tomonidan amalga oshirilib, ularni 
tartibga solish imkoniyati mavjud emas edi. 
Yuqorida  qayd  etilgan  holatlar  nafaqat  mamlakatimiz  bank  tizimida,  balki 
barcha  sobiq  Ittifoq  mamlakatlari  bank  tizimida  ham  qator  ijtimoiy  –  iqtisodiy 
muammolar  vujduga  kela  boshladi.  Natijada  ular  1992  yilning  may  –  iyun 
oylaridan boshlab o‘z milliy valyutalarini muomalaga kirita boshladi.  
Quyidagi  jadvalda  milliy  valyutalarni  muomalaga  kiritgan  mamlakatlar  va 
ularning sanasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin