Pul, kredit va banklar


Pulning miqdoriy nazariyasi



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   154
Pul, kredit va banklar

5.4.Pulning miqdoriy nazariyasi  
Miqdoriy  pul  nazariyasida  pulning  sotib  olish  qobiliyati  va  baho  darajasi 
muomaladagi pul miqdori bilan belgilanadi. Miqdoriy pul nazariyasining asoschisi 


frantsuz  iqtisodchisi  J.Boden  (1530  –  1596)  hisoblanadi.  Keyinchalik  ushbu 
nazariyani  ingliz  iqtisodchilari  D.Yum  (1711  –  1776)  va  Dj.Mil  (1773  –  1836), 
shuningdek frantsuz Sh.Monteske (1689 – 1755)  rivojlantirdi.  
D.Yum  Angliyaga  XVI  –  XVII  asrlarda  Amerikadan      katta  hajmda  nodir 
metallarning  kiritilishi  natijasida  baholarni  ortib  ketishini  kuzatib:  “pulning 
qiymatini uning miqdori belgilaydi” degan ta’limotini ilgari suradi.     
Miqdoriy  pul  nazariyasining  dastlabki  vakillari  pulni  faqat  to‘lov  vositasi 
sifatidagi  vazifasiga  e’tibor  qaratadi,  ularning  fikricha  pul  va  tovar  ayirboshlash 
jarayonida  uchrashishi  natijasida  pulning  qiymati  aniqlanadi  degan  noto‘g‘ri 
g‘oyani  ilgari  suradilar.  Shuningdek,  ularning  ta’limotidagi  ikkinchi  kamchilik 
muomalaga  chiqarilgan  barcha  pullar  muomala  jarayonida  ishtirok  etadi  deya 
ishonishlaridir.  Haqiqatda  esa  ob’ektiv  iqtisodiy  qonunlar  muomalaga  zarur 
bo‘lgan  pulning  miqdorini  aniqlaydi.  Bu  bilan  ular  pulning  jamg‘arma,  to‘lov 
vositasi kabi funktsiyalarini e’tibordan chetda qoldirishadi. 
Kredit va qog‘oz pul muomalasiga asoslangan miqdoriy pul nazariyasining 
zamonaviy  sharoitdagi  talqini  yirik  iqtisodchi  olimlar  L.Marshall,  I.Fisher, 
G.Kassel, B.Xansen, M.Fridmanlarning asarlarida bayon etilgan.  
Ularning miqdoriy pul nazariyasi ikkita yo‘nalishdagi ta’limotga asoslangan 
bo‘lib: 
 –  birinchisi,  I.Fisher  va  M.Fridman  boshchiligidagi  monetaristlarning 
“tranzaktsion variant” ta’limoti; 
 –  ikkinchisi,  A.Pigu  boshchiligida  angliya  Kembrij  maktabi  vakillari, 
ikkinchi jahon urushidan keyin esa D.Patinkinning “kassa qoldig‘i” kontseptsiyasi 
ta’limoti hisoblanadi.  
Pul  nazariyasi  haqida  amalga  oshirilgan  o‘rganishlar,  tahlillar  natijasida 
miqdoriy pul nazariyasining rivojiga sezilarli ravishda hissa qo‘shgan kishilardan 
biri  amerikalik  iqtisodchi  I.Fisher  (1867  –  1977)  ekanligining  guvohi  bo‘ldik.  U 
pulning mehnat mahsuli natijasidagi qiymat ekanligini inkor etib, uning sotib olish 
qobiliyatidan  kelib  chiqqan  holda  fikr  yuritadi.  I.Fisher  pulning  sotib  olish  kuchi 
oltita omilga bog‘liq ekanligini ta’kidladi va ularni quyidagilardan iborat bo‘lishini 
asoslab berdi. 
M  –  muomaladagi pul miqdori; 
V –  pulning aylanish tezligi; 
P  –  o‘rtacha tortilgan baho; 
Q  –  tovarlar hajmi; 
M1 – bank depozitlari summasi; 
V1 – depozit – cheklarning aylanish tezligi. 


Tovarlar  uchun  to‘lanadigan,  muomaladagi  pul  miqdori  jami  tovarlar  
bahosini ko‘paytirilganiga tengligini e’tiborga olib, Fisher quyidagi “ayirboshlash 
tengligi”ni ilgari surdi.  
MV=PQ 
Fisher  chap  va  o‘ng  tomoni  bir  –  biriga  to‘g‘ri  proportsional  bo‘lgan 
funktsional  tenglikka  asoslangan  holda,  tovarlarning  bahosi  R  muomaladagi  pul 
miqdoriga  to‘g‘ridan  –  to‘g‘ri  proportsional  va  tovarlar  miqdori  Q  teskari 
proportsionaldir degan fikrga keldi.  
Fisherning  funktsional  bog‘liqligidagi  tengligida  kamchilik  shundan  iborat 
ediki,  u  tovarlar  miqdori  va    muomaladagi  pul  miqdorini  ma’lum  bir  davrdagi 
holatini shartli  V va Q ning o‘zgaruvchan darajasida e’tiborga olib, unga bog‘liq 
bo‘lgan o‘zgaruvchan darajalar ikkita, ya’ni tovarlar hajmi va bahosini e’tibordan 
chetda  qoldiradi.  Haqiqatda  esa  tovarlar  hajmi  iqtisodiyotning  davriyligidan  kelib 
chiqib o‘zgarib turadi va pul birligining aylanish tezligiga ta’sir ko‘rsatadi hamda 
pul  muomalasi  va  bahoning  shakllanishiga  bevosita  ta’sir  qiladi.  Shu  bilan  birga, 
ta’kidlash  joizki,  tovarlarning  bahosi  qator  omillar  asosida  o‘zgarib  turadi. 
Masalan, ishlab chiqaruvchilarning monopol mavqiega egaligi, davlatning ichki va 
tashqi  siyosati  va  boshqalar  tovarlar  bahosiga  bevosita  va  bilvostia  ta’sir 
ko‘rsatadi.  
Miqdoriy  pul  nazariyasining  “tranzaktsion  varianti”  ta’limoti  asoschilari, 
monetaristlar  M.Fridman,  K.Brunner,  A.Melttserlar  hisoblanadi.  A.Marshall, 
L.Valrasning iqtisodiyotda muvozanatlik modeliga asoslangan holda, ular tovarlar 
bahosi  va  muomaladagi  pul  miqdori  o‘rtasidagi  tenglik  “nisbiy”  baholarning 
o‘zgarishi  natijasida  avtomatik  tarzda  muvozanatlashadi.  Monetaristlar  ushbu 
tenglikning  o‘zgarib  turishini  iqtisodiyotdagi  pul  massasi  bilan  bog‘laydilar, 
shuningdek M.Fridman tovarlar miqdori va muomaladagi pul miqdori o‘rtasidagi 
tenglikni ta’minlashda nafaqat naqd pullar (banknotlar va tangalar)ni, balki tijorat 
banklarning  tranzaktsion  hisobvaraqlaridagi  (talab  qilib  olinguncha  saqlanadigan 
depozit  hisobvaraqlar,  depozit  sertifikatlar  va  muddatli  depozitlar)  qoldiq 
mablag‘larni ham inobatga olish zarurligini ta’kidlaydi.  
Monetaristlar zamonaviy miqdoriy pul nazariyasiga qator yangicha holatlarni 
kiritishdi. Xususan: 
 –  birinchidan,  ular  pul  massasi  va  bahoning  o‘zaro  bir  –  biriga  to‘g‘ri  
proportsionalligidan  voz  kechdilar,  faqat  bozorga  taklif  etilayotgan  tovarlar 
hajmining baholarga ta’siri haqidagi ta’limotni yoqladilar; 
 –  ikkinchidan,  ular  pul  birligi  aylanish  tezligini  e’tirof  etadilar,  biroq  bunga 
jiddiy e’tibor qaratishmaydi; 
 –  uchinchidan,  ular  I.Fisherning  tovarlar  hajmining  o‘zgarmas  sharoitida 
muomaladagi pul miqdori jami tovarlar  bahosini ko‘paytirilganiga tengligini inkor 
etadilar; 


 –  to‘rtinchidan,  takror  ishlab  chiqarish  sharoitida  turli  darajadagi 
tebranishlarni  aniqlashda  pul  massasi dinamikasi  birinchi  darajali  ahamiyatga  ega 
ekanligiga  ishonadilar,  pul  –  kredit  siyosatiga  esa    iqtisodiyotni  rivojlantirishning 
moliyaviy mexanizmi sifatida qaraydi. 
Kembrij maktabi vakillarining qarashlari I. Fisher ta’limotidan farqli o‘laroq, 
odamlarning  qo‘llarida  pul  ushlab  turishlariga  asos  bo‘luvchi  pulning  ikki 
xususiyatini ajratib ko‘rsatishadi. 
Birinchidan, pulning almashuv vositasi ekanligi. Sub’ektlar bitimlarni amalga 
oshirayotgan  vaqtlarida  pul  almashuv  vositasi  sifatida  amal  qiladi.  Kembrij 
maktabining  vakillari  Fisherning  pulga  bo‘lgan  talab  bitimlar  hajmiga  bog‘liq  va 
pulning  bitimlarni  amalga  oshirishi  uchun  talabi  nominal  YaIMga  proportsional 
ekanligi to‘g‘risidagi fikriga qo‘shiladilar. 
Ikkinchidan,  pul  boylikni  saqlash  vositasi:  Modomiki,  pul  boylikni  saqlash 
vositasi  ekan,  pulga  bo‘lgan  talab  ushbu  boyliklar  miqdoriga  ham  bog‘liq  degan 
fikrni  ilgari  suradi.  Boyliklarning  oshishi  bilan  sub’ektlarda  ularni  har  xil 
aktivlarga joylashtirish zaruriyati tug‘iladi. 
Natijada, Kembrij maktabining olimlari pulga bo‘lgan talab nominal YaIMga 
proportsional  degan  xulosaga  kelishdi  va  pulga  bo‘lgan  talab  funktsiyasini 
quyidagi tenglama tarzida ifoda etishdi. 
M
d
=K*RY 
Ularning  modeliga  ko‘ra  iste’molchilar  qo‘llarida  qancha  pul  bo‘lishi 
kerakligini o‘zlari hal qiladi. Bu esa K – (proportsionallik koeffitsienti)ning qisqa 
muddatlar  ichida  tebranishlarda  bo‘lishini  ko‘zda  tutadi.  Vaholanki,  pullardan 
boyliklarni  saqlash  usuli  sifatida  foydalanish  to‘g‘risidagi  qaror  qabul  qilish, 
boshqa aktivlardan kutiladigan daromadlarga bog‘liq bo‘ladi. 
Shunday  qilib,  boshqa  aktivlardagi  xususiyatlarning  o‘zgarishi  K  ning  ham 
o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan farq I. Fisherning Kembrij 
maktabi vakillari fikrlaridan farqni anglatadi. 
Jon  Meynard  Keyns  Kembrij  maktabining  eng  so‘nggi  vakillaridan  bo‘lib, 
ularning  fikrlarini  rivojlantirdi.  Keynschilik  nazariyasi  asosan  XX  asrning  30  – 
yillarida  yaxlit  g‘oyaviy  oqim  sifatida  to‘liq  shakllandi.  Uning  asoschisi  XX 
asrning  eng  mashhur  iqtisodchilaridan  biri  Buyuk  Britaniyalik  olim  J.  M.  Keyns 
edi. 
M.Fridman tomonidan ishlab chiqilgan kontseptsiya formulasi I.Fishernikidan 
ko‘rinishi  nuqtai  nazardan  farq  qilib,  mohiyatan  pul  massasi  va  baho  o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni asoslab berishga qaratilgan: 
 
M=KRU 


bu yerda  
M – pul miqdori; 
K–pul zaxirasining daromadga nisbati; 
R–baho indeksi; 
U–o‘zgarmas baholardagi milliy daromad. 
Monetaristlarning  miqdoriy  pul  nazariyasini  aks  ettiruvchi  zamonaviy  
tengligidan  shunday  xulosa  qilish  mumkinki,  pul  massasining  o‘zgarishi 
tenglikning  o‘ng  tomonida  uchta  holatning  biriga  ta’sir  qiladi,  ya’ni  baholarning 
oshishiga  (R),  real  milliy  daromadning  ortishiga  (U),  pul  zaxirasini  daromadga 
nisbatan koeffitsientini o‘zgarishiga olib keladi. 
Miqdoriy  pul  nazariyasi  Angliyaning  Kembrij  maktabi  vakillari  tomonidan 
o‘rganilgan  bo‘lib,  uning  vakillari  sifatida  A.Marshal,  D.Robertson  va 
D.Patinkinlarni keltirish mumkin.      
I.Fisherning  miqdoriy  pul  nazariyasi  haqida  shakllantirgan  “tranzaktsion 
varianti”da  pul  asosan  muomala  vositasi  va  to‘lov  vositasi  funktsiyalarini 
bajarishini e’tirof etgan bo‘lsa, A.Pigu miqdoriy pul nazariyasida pulni jamg‘arma 
vositasi  funktsiyasi  vazifasini  ham  bajarishini  ta’kidlab,  unga  alohida  ahamiyat 
qaratadi.  
Angliya  Kembrij  maktabi  vakillari  miqdoriy  pul  nazariyasi  borasidagi 
ta’limotlarida  I.Fisherning  pul  nazariyasi  xususidagi  ta’limotidan  farqli  yana  bir 
kontseptsiyani  ilgari  suradilar.  Agar,  I.Fisher  iqtisodiyotga  zarur  bo‘lgan  pul 
miqdorini  uning  taklifini  tahlil  qilish  asosida  aniqlagan  bo‘lsa,  Kembrij  maktabi 
vakillari iqtisodiyotga zarur bo‘lgan pul miqdorini tovarlar va xizmatlar hajmidan 
kelib  chiqib  unga  bo‘lgan  ehtiyoj  asosida  aniqlash  zarurligi  haqidagi  ta’limotni 
ilgari suradi.  
Shuningdek,  agar  I.Fisher  pulning  hajmini  muomalada  bo‘lgan  miqdoriga 
qarab  va  ular  doimiy  ravishda  muomalada  ishtirok  etishini  e’tirof  etgan  bo‘lsa, 
Kembrij  maktabi  vakillari  muomalaga  chiqarilgan  pullarning  barchasi  doimiy 
ravishda  muomalada  ishtirok  etmasligi,  ular  “kassa  qoldig‘i”  sifatida  aholining 
qo‘lida,  bank  va  korxona  hisobvaraqlarida  ma’lum  muddatga  saqlanib  qolishi 
mumkinligi xususidagi ta’limotni asoslab berishadi. 
I.Fisher  jami  ijtimoiy  kapitalni  va  bahoning  darajasini    umumiy  yaxlitlikda 
tahlil  qilish  asosida  tegishli  xulosalarni  shakllantirgan  bo‘lsa,  A.Pigu  asosiy 
e’tiborni kapitalning individual harakati va ularning sohiblariga qaratadi.  
A.Pigu  miqdoriy  pul  nazariyasining  “kassa  qoldig‘i”  haqidagi  ta’limotni 
ilgari 
surganda 
uning 
tarkibiga 
muomaladagi 
naqd 
pulsiz  va 
joriy 
hisobvaraqlardagi  qoldiq  summalarni,  ya’ni    pul  miqdorini  aniqlashda  aholining 


qo‘lidagi  naqd  pul  qoldiqlari  va  korxona  –tashkilotlarning  banklardagi 
hisobvaraqlarini qoldiqlarini ham inobatga oladi. 
E’tirof  etish  lozimki,  A.Piguning  pul  nazariyasi  haqidagi  yondoshuvlari 
I.Fishernikidan  farq qilsada,  mohiyatan  miqdoriy  pul  nazariyasi  doirasidan chiqib 
ketolmagan edi, pul va baho o‘rtasidagi to‘g‘ridan – to‘g‘ri aloqa saqlanib qolgan 
edi.  Buni  A.Pigu  tomonidan  yaratilgan  M  =RPQ    yoki  P=M/Q  tengligida  ham 
kuzatish  mumkin,  chunki  bu  I.Fisherning  “ayirboshlashni  tenglashtirish” 
kontseptsiyasiga yaqin bo‘lib, unda: 
M – pul massasi; 
P – baho darajasi; 
Q – tovar massasi (yoki tovar aylanmasining moddiy hajmi); 
V  –  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  pul  ko‘rinishida  saqlashi  mumkin 
bo‘lgan daromadlar. 
I.Fisher  va  A.Piguning  tengliklari  o‘rtasidagi  farq,  Fisherda  pul  birligining 
aylanish  tezligi  V  foydalaniladi,  ikkinchi  koeffitsient  K,  Vga  teskari  ko‘rsatkich 
bo‘lib,  agar  Piguning  tengligidagi  K  almashtirilsa  Fisherning  formulasi  kelib 
chiqadi.  
XX  asrning  50  yillarini  o‘rtalaridan  boshlab,  miqdoriy  pul  nazariyasining 
Kembrij  ta’limotiga  asoslangan  neoklassik  yo‘nalishi  vujudga  keldi.  Ushbu 
yo‘nalishning asosiy nomoyandasi D.Patinkin hisoblanib, u o‘zining asarlarida pul 
massasi va baho o‘rtasida to‘g‘ridan – to‘g‘ri proportsionalllik mavjudligidan kelib 
chiqdi.  D.Patinkin “kassa zaxirasi”ni yuqori likvidli manba sifatida qaraydi, uning 
hisobidan  qimmatli  qog‘ozlarga  investitsiya  qilish  va  keyinchalik  ushbu 
mablag‘larni real kapitalga yo‘naltirish zarurligini ta’kidlaydi. 
D.Patinkin  miqdoriy  pul  nazariyasida  daromadni  uchta  yo‘nalishga,  ya’ni 
iste’mol, investitsiya va “kassa zaxirasi” sifatida joylashtirish zarurligini uqtiradi. 
Xulosa qilib aytganda, pul nazariyasi va uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi 
holatini  o‘rganish  va  tahlil  qilish  asosida  bu  xususda  iqtisodchi  olimlar, 
mutaxassislar va tadqiqotchilarning fikrlari turlicha bo‘lsada, barchasining asosida 
uning  ayirboshlash  vositasi  ekanligi  va  pulning  mavjudligi  asosida  mehnat 
taqsimoti yotishi e’tirof etiladi.   
 
 
 



Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin