Pul, kredit va banklar


-mavzu: Kreditning zarurligi, mohiyati va funktsiyalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   154
Pul, kredit va banklar

7-mavzu: Kreditning zarurligi, mohiyati va funktsiyalari 
 
7.1.Kreditning zarurligi va mohiyati 
Jamiyatda  tovar  –  pul    munosabatlaridan  keyingi  vujudga  kelgan  muhim 
ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlardan biri kredit munosabatlari hisoblanadi. Kredit, 
pul  kabi  iqtisodiy  kategoriya  bo‘lib,  pul  mablag‘larining  samarali  ishlashiga, 
xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  va  jismoniy  shaxslarning  ortiqcha  vaqt  va  mablag‘ 
sarf qilmasdan qo‘shimcha pul mablag‘lariga bo‘lgan talabini qondirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi.  
Kredit munosabatlari iqtisodiy fanlarning barcha bo‘g‘inlarida bevosita yoki 
bilvosita alohida ijtimoiy – iqtisodiy jarayon sifatida o‘rganiladi.  
Iqtisodiy  adabiyotlarda  “kredit”  so‘zi  lotincha  “creditum”  –  ssuda,  qarz 
so‘zidan  paydo  bo‘lganligi  qayd  etiladi.  Ayrim  iqtisodchi  olimlar  “credo”,  ya’ni 
ishonaman”  degan  ma’noni  anglatishini  qayd  etadi
29
.    Albatta,  kredit 
munosabatlarida  ishtirok  etayotgan  sub’ektlarning  bir  –  biriga  bo‘lgan  ishonchi 
asosiy omil hisoblanadi. Bu yerda kreditor, kreditni berishda asosiy masala kredit 
oluvchiga nisbatan “ishonchi” muhim ahamiyat kasb etadi. 
Biroq,  kredit  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  amal  qilishi  uchun  birgina 
ishonchning  o‘zi  yetarli  bo‘lmaydi.  Kredit  va  kredit  munosabatlarining  vujudga 
kelishida ishonch bilan birgalikda shunday bir kategoriya mavjudki, bu kreditor va 
kredit  oluvchi  o‘rtasida  o‘zaro  iqtisodiy  hamkorlikni  amalga  oshirishga  undaydi. 
Buni kreditor va qarz oluvchi nuqtai nazardan ko‘radigan bo‘lsak, kreditorni ushbu 
munosabatlarni  rivojlantirishiga  asosiy  omil  bu  iqtisodiy  manfaatdorlik,  ya’ni 
kredit  foizi  hisoblanadi.  Qarz  oluvchi  uchun  esa  ishlab  chiqarish  jarayonini 
uzluksizligini ta’minlash orqali tegishli iqtisodiy manfaatdorlikka erishishdir.  
Bundan ko‘rinib turibdiki, kredit va kredit munosabatlarini vujudga kelishi 
va  rivojlanishida  har  ikkala  tomonning  ham  iqtisodiy  manfaatdorligi  kuchli 
moliyaviy mexanizm hisoblanadi.  
                                                           

 
Dengi, kredit, banki: Ucheb. – 2 – e izd., pererab. i dop./pod red. V.V.Ivanova, B.I.Sokolova. –M.: TK 
Velbi, izd – vo Prospekt, 2008. –S.410. 

 
 


Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  kreditning  zarurligi  quyidagi  omillar  bilan 
belgilanadi: 
 –  kredit  munosabatlarida  ishtirok  etuvchi  tomonlarning  iqtisodiy 
manfaatdorligini  ta’minlanishi.  Xususan,  kreditor  kredit  hisobidan  foiz  to‘lovlari 
sifatida  foyda  olsa,  qarz  oluvchi  ishlab  chiqarishning  uzluksizligini  ta’minlash 
orqali tegishli foydani shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi; 
 –  iqtisodiyotda  vaqtinchalik  bo‘sh  pul  mablag‘lar  ssuda  kapitali  sifatida 
jamg‘arilib, tegishli maqsadlarga yo‘naltiriladi; 
 –  iqtisodiyotda  ishlab  chiqarish  tsiklining  davriyligi.  Bunda  ayrim 
tarmoqlarda  vaqtinchalik  bo‘sh  pul  mablag‘lari  vujudga  kelsa,  boshqalarida 
qo‘shimcha  moliyaviy  resurslarga  ehtiyoj  tug‘iladi,  ushbu  jarayon  kredit  orqali 
tartibga solinadi; 
 –  ijtimoiy  takror  ishlab  chiqarish  jarayonida  qo‘shimcha  moliyaviy 
resurslarga bo‘lgan ehtiyojning asosiy qismi kreditlar orqali qondiriladi. 
Zamonaviy iqtisodiyotda kredit muhim moliyaviy element sifatida mamlakat 
iqtisodiyotini  rivojlanishining  ajralmas  qismi  hisoblanadi.  Kredit  va  kredit 
munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlashining asosida tovar ishlab chiqarish, 
yanayam aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak – kapital muomalasi va aylanishi yotadi. 
Jamiyatda kapital muomalasi va aylanishi doimo ham bir maromda amal qilmaydi, 
bular yuqorida ta’kidlanganidek qator omillar bilan izohlanadi.         
Kreditning  mohiyatiga  qator  iqtisodchi  olimlar  tegishli  ta’riflarni 
shakllantirgan.  Xususan,  Щegortsova  V.A.    tahriri  ostida  tayyorlangan  darslikda, 
“Kredit  –  qaytarish  va  to‘lov  sharti  bilan  qarzdorga  vaqtinchalik  foydalanish 
maqsadida  pul  mablag‘i  yoki  moddiy  buyum  ko‘rinishida  berish  jarayonida 
vujudga  keladigan  iqtisodiy  munosabatlar  tizimidir”  tarzidagi  ta’rifi 
shakllantirilgan
30
.  
Professor  O.I.Lavrushin  tahriri  ostida  nashr  etilgan  darslikda  kreditning 
mohiyatiga  aniq  ta’rif  berilmagan.  Biroq,  ularning  fikricha,  kredit  ijtimoiy 
                                                           
30
Dengi, kredit, banki: Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. prof.– Shchegortsova V.A. M.:YuNITI – DANA, 2005. –
S.176. 


munosabatlarning  bir  ko‘rinishi  bo‘lib,  iqtisodiy  kategoriyadir.  Shu  bilan  birga, 
kredit  turlicha  ijtimoiy  munosabatlarda  emas,  balki  iqtisodiy  munosabatlarni  aks 
ettiruvchi qiymatning harakati jarayonida namoyon bo‘ladi. Darslikda, kreditning 
mohiyatini aniq aks ettirish uchun uning tarkibi, harakat qilish jarayoni va vujudga 
kelish asosiga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlanadi
31
.  
Boshqa  rossiyalik  iqtisodchi  olimlar  “Pulli  (tovarli)  kredit  to‘lov  asosida 
amalga oshiriladigan bir toifadagi ekvivalentning turli vaqtdagi o‘zaro harakatining 
yig‘indisir.”, degan ta’rifni berishgan
32
.    
O‘zbekistonlik  iqtisodchilardan  professor  Sh.Abdullaeva  tomonidan  nashr 
ettirilgan  darslikda:  “Kredit  –  bu  vaqtincha  bo‘sh  turgan  pul  mablag‘larini  pul 
egasi yoki boshqalar tomonidan ma’lum muddatga, haq to‘lash sharti bilan qarzga 
olish  va  qaytarib  berish  yuzasidan  kelib  chiqqan  iqtisodiy  munosabatlar 
yig‘indisidir” tarzidagi ta’rif berilgan
33
.  
Kreditning  iqtisodiy  mohiyatiga  berilgan  ta’riflardan  ko‘rinib  turibdiki,  bu 
borada  iqtisodchi  olimlarning  fikrlari  bir  –  biridan  sezilarli  darajada  farq  qiladi. 
Shu  bois,  “Kredit    –    tegishli  tamoyillar  asosida  (qaytarishlik,  to‘lovlilik, 
ta’minlanganlik,  muddatlilik  va  maqsadlilik)  qiymat  va  moddiy  buyum 
ko‘rinishida,  jismoniy  va  yuridik  shaxslarga  taqdim  etiladigan  iqtisodiy 
kategoriyalarning bir shaklidir” tarzidagi ta’rifni shakllantirishga jazm etdik. 
Kreditning  mohiyatini  yanada  aniqroq  va  to‘liqroq  ochib  berishda  uning 
sub’ektiv va ob’ektiv mohiyatiga e’tibor qaratish lozim. Kredit munosabatlarining 
vujudga  kelishida,  shuningdek,  uning  mohiyatini  ochib  berishda  kreditning 
sub’ektiv  mohiyati  ham  alohida  o‘rin  tutadi.  Kreditning  sub’ektiv  mohiyati  bir  – 
biriga  bog‘liq  bo‘lgan  “kreditor”  va  “kredit  oluvchi”ning  munosabatlarida 
namoyon bo‘ladi.   
                                                           
31
Dengi, kredit, banki: uchebnik/kol. avt.: pod red.zasl.deyat. nauki RF, d.e.n. prof. O.I.Lavshurina.  – 5 – e izd., 
ster. –M.: KNORUS, 2007. –S. 237 – 238. 
32
Dengi, kredit, banki: Ucheb. – 2 – e izd., pererab. i dop./pod red. V.V.Ivanova, B.I.Sokolova. –M.: TK Velbi, izd – 
vo Prospekt, 2008. –S.428. 
 
33
Abdullaeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar. –T.: “Iqtisod – moliya”, 2007, 165 – b.  
 


“Kreditor” 
va 
“kredit 
oluvchi” 
o‘rtasida 
vujudga 
keladigan  
munosabatlarning  asosida  tovar  –  pul  aylanmasi  yotadi.  Jamiyatda  vaqtinchalik 
bo‘sh mablag‘larning mavjudligi va tovar aylanmasining mavjudligi kredit va qarz 
oluvchining  manfaatlarini  bir  –  biriga  to‘qnashishiga    xizmat  qiladi.  Agar,  ushbu 
manfaatlar  bir  –  biriga  mos  kelsa  ular  o‘rtasida  kredit  munosabatlari  vujudga 
keladi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin