Pul, kredit va banklar



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   154
Pul, kredit va banklar

funktsiyasi  asosan  Markaziy  bankning  qayta  moliyalash  siyosati  orqali  amalga 
oshiriladi.  Ma’lumki,  Markaziy  bank  muomaladagi  pul  massasini  tartibga  solish 
maqsadida  qayta  moliyalash  stavkalari  asosida  tijorat  banklariga  kreditlar  beradi, 
berilgan kreditlar iqtisodiyotdagi pul massasini oshirish bilan birga, Markaziy bank 
tomonidan kreditlar ko‘rinishida  muomalaga  chiqarilgan  naqdsiz  pullarni   u  yoki 
bu yo‘l bilan naqdlashtiradi.   
Kredit  pul  kapitalini  jamg‘arish  va  markazlashuvini  jadallashtirish 
funktsiyasi  yordamida  yirik  ssuda  kapitalini  tegishli  fondlarda  jamg‘aradi. 
Jamg‘armalar  yordamida  mamlakatlar,  hududlar,  mintaqalar,  qit’alar  yoki  ayrim 
kompaniyalarda mablag‘larning markazlashuvi ro‘y beradi. Kredit mablag‘larining 
markazlashuvi  hududning  iqtisodiyoti  va  moliya  –  kredit  tizimi  rivojlangan 
joylarda yuz beradi. 
Kreditning funktsiyalarini to‘laqonli amal qilishida uning tamoyillari alohida 
o‘rin tutadi. Kredit quyidagi tamoyillarni bajaradi: 
muddatlilik  tamoyili  (kreditlar  kredit  shartnomasiga  asosan  ma’lum 
muddatga  beriladi.  Mamlakatimiz  bank  tizimida  kreditlar  muddatiga  qarab,  qisqa 
yoki uzoq muddatli kreditlarga guruhlanadi); 
to‘lovlilik tamoyili  (kreditor barcha kreditlar uchun tegishli to‘lovlarni foiz 
ko‘rinishida kredit oluvchidan undiradi); 
ta’minlanganlik  tamoyili    (berilgan  kreditlarning  barchasi  u  yoki  bu 
darajada  tegishli  risk  bilan  bog‘liq  bo‘ladi,  kreditor  ushbu  riskni  pasaytirish 
maqsadida kredit oluvchidan uning ta’minlanganligini talab etadi. Odatda, kreditlar 
mol – mulklarni garovga qo‘yish, sug‘urta polisi va uchinchi shaxslarning kafolat 
xatlari bilan ta’minlanadi); 
qaytarishlik tamoyili (kreditor tomonidan vaqtincha foydalanishga berilgan 
mablag‘lar tegishli muddatlardan so‘ng to‘liq qaytaralishi lozim bo‘ladi); 


maqsadlilik  tamoyili  (kreditor  berayotgan  kredit  bo‘yicha  tuzilgan 
shartnomada kreditni yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan aniq maqsadlarni qayd etadi va 
olingan kreditni shu maqsadga ishlatishi belgilab qo‘yiladi).  
   Xulosa qilib  aytganda, kreditning  funktsiyalari  va tamoyillarini to‘laqonli 
amal qilishiga qator omillar ta’sir etadi. Mazkur omillar mamlakat bank tizimining 
holati,  milliy  iqtisodiyotdagi  ijtimoiy  –  iqtisodiy  munosabatlari,  davlatning  ichki 
va tashqi siyosati natijalari sifatida namoyon bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
aynan shu munosabat va siyosatlarni samarali jarayonlarini ta’minlanganligi kredit 
funktsiyalari va tamoyillarida o‘z aksini topadi.  
,,Kredit”  –so`zi  lotincha  ,,credit”  so`zidan  olingan  bo`lib  ishonch  degan 
ma’noni  anglatadi.  Kredit  –  bu  pul  va  tovar  shaklidagi  resurslarni  qaytarib 
berishlik,  muddatlilik  va  foiz  to‘lashlik  shartlari  asosida  berish  natijasida  yuzaga 
keladigan qiymatning harakatidir. Kredit munosabatlarining subekti bo‘lib kreditor 
va  kredit  oluvchi  hisoblanadi,  kreditning  obekti  bo‘lib  pul  va  tovar  hisoblanadi. 
Kreditning ikkita asosiy shakli mavjud:  
1.  Bank krediti  
2.  Tijorat krediti 
Bank  kreditining  obekti  bo‘lib  pul  mablag‘lari  hisoblanadi.  Tijorat 
kreditining  obekti  tovarlardir.  Hozirgi  kunda  kreditning  sudxo‘rlik  shakli 
mavjud  emas,  bu  shakl  kredit  munosabatlarining  dastlabki  shakllanish 
bosqichlarida mavjud edi. 
 
 
Kredit insoniyatning buyuk kashfiyoti hisoblanadi: 
1)  Kredit xo`jalik yurutuvchi sub’ektlar faoliyatini rivojlantirish imkonini beradi. 
2)  Kredit mamlakatning eksportning salohiyatini yuksaltirish imkonini beradi. 
3)  Kredit iqtisodiyotdagi to`lovning uzluksizligini ta’minlash imkonini beradi. 
4)  Kredit davlatning o`z funksialarini bajarilishini taminlashda muhim o`rin tutadi. 
5)  Kredit aholining turmush farovonligini ta’minlsh imkonini berdi. 
Kredit o`zining aniq prinsplariga ega. 
1)  qaytarib berishlilik prinspi; 


2)  Muddatlilik prinspi; 
3)   Foiz to`lashlilik prinspi; 
4)  Ta’minlanganlik prinspi. 
Kreditlar  odatda  birinchi  toifali  garov  ob’ektlari  bilan  ta’minlanadi.  (er,  oltin  va 
boshqa metallar) 
5)  Maqsadlilik prinspi. 
Kreditnin zarurligini belgilovchi omillar. 
1)  Kreditning  zarurligini  belgilovchi  eng  asosiy  omil  bu  kapitalning  doiraviy 
aylanishi va aylanishidir. 
           P-ishlab chiqarish vositalari…..ishlab chiqarish jarayoni-T`-P` 
 bu jarayonnig takrorlanishi capital aulanmasi deyiladi  
2) ayrim tarmoqlarda ishlab chiqarishning mavsumiy harakterga ega ekanligi. 
3) davlat budjetining defitsitinig mavjudligi. 
4) aholining turmush farovonligini ta’minlashning zarurligi. 
Kreditning ob’ekti ikkita 
-pul mablag`lari; 
-tovarlar. 
Bank kreditlarni pul mablag`lari shaklida beriladi. 
 
Ob’ekti  tavar  bo`lgan  kredit  tijorat  krediti  deyiladi.  Bunda  sotilgan 
tavarlarning  puli  kechiktirib  to`lanadi  ya’ni  ma’lum  muddat  o`tgandan  so‘ng 
to`lanadi. Tijorat krediti odatda tijorat vekseli bilan rasmiylashtiriladi. 
 
Hozirgi  davrda  bank  kreditlarini  berish  tizimi  tijorat  kreditlari  berish 
tizimiga  qaraganda  yuksak  darajada  rivojlangan.  Buning  asosiy  sababi  pulning 
yuqori likvidli akti ekanligidir. 
Kreditning sub’ektlari bo`lib quydagilar hisoblanadi. 
-  Banklar; 
-  nobank  kredit  tashkilotlari,  kredit  uyushmalari,  lombardlar,  mikromoliyalash 
tashkilotlari, kredit korperativlari va boshqalar; 
-  korxonalar; 
-  jismoniy shaxslar; 


-  davlat; 
-  davlat organi; 
-  halqaro moliya kredit tashkilotlari. 
Kredit-qiymatning  harakati  bo`lib  pul  va  tavar  ko`rinishidagi  mablag`larni 
qaytarib  berishlilik,  muddatlilik  va  foiz  to`lashlilik  asosida  berish  natijasida  
yuzaga keladi. 
             2. Kreditning mohiyati. 
Mohiyat  so`zi  iqtisodiy  yoki  ijtimoiy  hodisa  yoki  voqelikning  ichki  xususiyatini 
anglatadi.  Kreditning  mohiyati  unung  bir  qator  ichki  xususiyatlarida  namoyon 
bo`ldi, avvalo, kredit qiymatning harakati bo`lib ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni 
o`zida  aks  ettiradi,  lekin  kredit  har  qanday  qiymatning  harakati  emas.  U 
vaqtinchalik  foydalanishga  beriladigan  pul  va  tovar  shaklidagi  mablag`larning 
harakatidir.  Kreditning  yana  bir  ichki  xususiyati  uning  subektlar  o`rtasidagi 
munosabatlarda nomoyon bo`ladi. Kreditnin su`bekylari 2 ta: 
-  kreditor; 
-  kredit oluvchi. 
Kreditning  3  muhim  xususiatlari  shundan  iboratki  kredit  unga  bo`lgan  obektiv 
talab tufayli yuzaga keladi. 
 
Ayri  hollarda  mijozlar  kreditni  qaytara  olmaydi.  Bu  esa  kreditni  qaytarib 
berishlilik xususiatlarini inkor etmaydi. 
 
Kreditning  mohiyatan  farqlanuvchi  asosiy  jihati  ham  uning  qaytarib 
olinishidir. Taraqqiy etgan davlatlarda ssuda kapitali bozori yaxshi rivojlangan. Bu 
bozor ikki qisimdan iborat: 
1)  birinchi segment pul bozori deyiladi. Bu bozorda qisqa muddatli kreditlarning foiz 
stavkalari shakillanadi. 
2)  Ikkinchi  segment  capital  bozori  deyiladi.  Bu  bozorda  o`rt  va  uzoq  muddatli 
kreditlarnintg foiz stavkalar shakillanadi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin