Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti inson resurslarini boshqarish kafedrasi


O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejalari va ularning tavsifi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə6/13
tarix20.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#165302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Amaliyot hisoboti1

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejalari va ularning tavsifi.
Hozirgi kunda amalda bo‘lgan hisobvaraqlar rejasi ham mazmunan, ham tuzilishi jihatidan avvalgisidan farqlanadi.

Ilgari Markaziy bank ham, tijorat banklar ham buxgalteriya hisobini yagona hisobvaraqlar rejasi asosida yuritar edilar. Har bir hisobvaraq nomeri va nomi yoniga qaysi bankda ishlatilishi haqida belgi qo‘yilgan edi. Yangi hisobvaraqlar rejasi Markaziy bank uchun alohida, tijorat banklari uchun alohida ishlab chiqildi. Bunda har ikki bank faoliyatining xususiyatlari hisobga olindi. Masalan, Markaziy bank emissiya markazi hisoblangani uchun kassadagi pullar banknot va tangalarga bo‘lingan holda ko‘rsatiladi.


Markaziy bank hisobvaraqlar rejasining “Majburiyatlar” bo‘limidagi hisobvaraqlar muddatiga ko‘ra joylashtirilgan hisoblanadi. “Majburiyatlar” bo‘limi Markaziy bankning asosiy funksiyalaridan biri hisoblangan “Pul emissiya”sidan boshlanib, uning hisobi 20100- “Pul emissiyasi” hisobvarag‘ida yuritiladi. Demak, Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan banknotlar va tangalar bank balansining passiv qismida, ya’ni majburiyatlar bo‘limida hisobga olinadi.


Markaziy bankning hisobvaraqlar rejasining “Majburiyatlar” bo‘limida, shuningdek, norezident banklarning, xalqaro moliya institutlarining talab qilib olingungacha saqlanadigan, jamg‘arib boriladigan muddatli depozitlari, Markaziy bankning obligatsiyalari, davlat budjetining daromadlar va xarajatlari hisobvaraqlari yuritiladi.
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasining “Kapital” deb nomlangan bo‘limda “E’lon qilingan ustav kapitali”, “Shakllangan ustav kapitali” kabi hisobvaraqlar ochilgan. Tijorat banklari hisobvaraqlar rejasining Sh-bo‘limida, ya’ni “Kapital” bo‘limida oddiy va imtiyozli ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali hamda oddiy va imtiyozli chiqarilgan ustav kapitali kabi Markaziy banklarning hiosbvaraqlar rejasida bo‘lmagan hisobvaraqlar ochiladi.
Tijorat banklar iqtisodiyot tarmoqlarining turli mulkchilik shakllariga tegishli xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatadi, shunga asosan tijorat banklarda alohida hisobvaraqlar ochiladi. Markaziy bank esa iqtisodiyot tarmoqlariga emas, balki hukumat va nazorat idoralari va vazirliklarga xizmat ko‘rsatadi. Shunday xususiyatlar har ikki bank hisobvaraqlar rejalarida hisobga olingan.
Hozirgi kunda amalda bo‘lgan hisobvaraqlar rejasi olti bo‘limdan iborat bo‘lib, ulardan beshtasi balans ichidan hisobvaraqlarni o‘z ichiga oladi, oxirgi oltinchi bo‘lim esa balansdan tashqari hisobvaraqlardan iborat. Bank aktivlari, passivlari, kapitali, daromadlari va xarajatlari bo‘yicha hisobvaraqlar alohida bo‘limlarga kiritilgan, ya’ni:

I bo‘lim 10000 – Aktivlar


II bo‘lim 20000 – Majburiyatlar


III bo‘lim 30000 – Kapital
IV bo‘lim 40000 – Daromadlar
V bo‘lim 50000 – Xarajatlar
VI bo‘lim 90000 – Ko‘zda tutilmagan holat bo‘yicha (ya’ni balansdan tashqari) hisobvaraqlar
Barcha hisobvaraqlar shunday tartibda ishlab chiqilganki, bunda

– birinchidan, barcha hisobvaraqlarning asosiy va yordamchi kitoblarda joylashuvini osonlashtirish;





Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin