Qayd raqami


Tulyaremiyaning o'pka turida



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə65/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Tulyaremiyaning o'pka turida o'pka darvozasi atrofidagi limfa bezlari yallig`lanadi va kattalashadi, ular yiringlashi mumkin.Bemorning tana harorati yuqori, nafasi qiyinlashadi, yo`taladi.
Tulyaremiyaning ichak turida ichaklar atrofidagi charvining limfa bezlari yallig`lanadi, kattalashadi va yiringlaydi. Bemorning qornida og'riq bo`ladi, tana harorati ko'tariladi.
Tulyaremiyaning septik turi bubon, ichak, o'pka turlarini o'z vaqtida davolamaslik natijasida, mikroblar qonga o`tishi va butun tanaga tarqalishi tufayli, barcha to'qima - a'zolarning zararlanishi bilan kechadi. Bemorning umumiy ahvoli juda og'ir, jigar, taloq kattalashadi, tana harorati 40-42 darajagacha ko'tariladi.
Tibbiy yordam.
1.Tulyaremiya bilan kasallangan bemor tez yordam chaqirilib, zudlik bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborilishi kerak.

  1. Tez yordam kelgunicha bemorni tana harorati yuqori bo`lsa, uni tushirish (umumiy qabul qilingan tartib bo'yicha);

  1. Yurak-tomir ishini yaxshilash uchun kofein, kamfora, kordiamin (bittasi) - 1-2 ml teri ostiga;

4.Bemorni parvarish qiluvchilar maxsus himoya kiyimlaridan foydalanishlari lozim (ikki qavatli xalat, qo`lqop, og`iz-burunga 4 qavatli marlidan tayyorlangan bo'gich (maska)).
Oldini olish. Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, kemiruvchilarni yuqotish.
Leptospiroz. Jigar, buyrak va boshqa a'zolarning yallig`lanishi, terining sarg'ayishi, teri orasiga qon quyilish nuqtalarining paydo bo`lishi, umumiy intoksikatsiya bilan kechadigan og`ir yuqumli kasallik.
Sababi. Kasallikni leptospera deb ataluvchi mikrob qo'zg'atadi. U issiq sharoitda, ayniqsa yoz faslida ko'payadi. Kemiruvchilar mikrobning manbai hisoblanadi. Ular siydigi, ahlati bilan suv manbalarini, daladagi don mahsulotlarini va meva-sabzavotlarni zararlaydi.
Belgilari. Kasallik tana haroratining to'satdan ko'tarilishi va varaja qilish bilan boshlanadi. Asosiy belgilaridan biri boldirning duksimon muskullarida kuchli og'riq paydo bo`lishidir. Bemorning ko'zlari qizaradi. Jigar yallig`lanishi tufayli teri sarg'ayadi, qizil toshmalar paydo bo`ladi. Burnidan qon oqadi, buyrakni yallig`lanishi tufayli siydikda qon bo`ladi.Jigar va taloq kattalashadi.
Tibbiy yordam. Leptospiroz bilan kasallangan bemor tez yordam chaqirilib zudlik bilan yuqumli kasalliklar shifoxonaga yuborilishi kerak.Shifoxonaga yuborguncha tulyaremiyaga o`xshash birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin