Strategik maqsadlami amalga oshirish jarayonida esa, investitsion menej-
ment muhim masalalar majmaasini hal etishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozimdir.
Birinchidan,
samarali investitsion faoliyat hisobiga korxonalarni jadal
iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini ta ’minlash. H ar qanday firma va kompaniya
tashkil etilgan kunidan boshlab, uning rivojlanish strategiyasida ishlab
chiqarish, faoliyatini kengaytirish, m ahsulot assortim enti o ‘sib borishi va
hududiy diversiflkatsiyalashni ta ’minlanishi ko‘zda tutiladi. Bunda birinchi
navbatda, kompaniyaning uzoq muddatli strategik maqsadlarini ta ’minlash
investitsion faoliyat orqali amalga oshiriladi. Investitsiya faoliyati samara-
dorligi va iqtisodiy rivojlanish sur’atlari o ‘rtasida uzviy bog'liqlikning mavjud
bo'lishi m uhim ahamiyatga egadir.
Ikkinchidan,
investitsion faoliyat natijasida olinadigan daromadni (foy-
dani) ko‘paytirishni ta ’minlash. Foyda faqatgina investitsiya faoliyati na-
tijalarini belgilabgina qolm ay, balki u m um iy xo ‘jalik faoliyatini ham
ta ’riflaydi. Lekin korxonalarnitig iqtisodiy rivoji uchun balans foydasiga
nisbatan so f foyda ko'proq kerak b o lad i. Shuning uchun ham bir necha
muqobil qarorlar ichidan sarf qilingan xarajatga nisbatan sof foydasi ka-
folatlangan loyihalarni tanlab olish zarurdir.
Dostları ilə paylaş: