olish, joylashtirish va mehnatni rag‘batlantirish ilmiy yondashuvini tatbiq qildi. F. Teyloming fanga qo‘shgan hissasi shuki, u menejment sohasida revolyutsiyani boshlab berdi. Boshqarish fanining rivojlanishi F. va L. Shilbertlar no mi bilan ham bog‘liqdir. Ular mehnat harakatlari sohasida tadqiqotlar o‘tkazdilar, xronometraj uslubni takomillashtirdilar, hamda ish joyini tashkil qilishning ilmiy prinsiplarini ishlab chiqdilar. Shunday qilib, 1916-yil tadqiqotlarda butun bir yo‘nalishdagi «Ilmiy menejment», «Sinfiy», «An’anaviy» deb nom olgan birinchi ilmiy maktablar shakllandi. Ular menejerning vazifasi va roli masalalarini o‘rganish bilan shug‘ullandilar, chunki boshqaruvchi mehnatining mohiyati belgilansa, osonlik bilan samarali rahbarlik usuli aniqlanadi deb hisoblanardi. Bunday g‘oyani ishlab chiqish asoschilaridan biri A. Fayol bo‘lgan. U 11
butun boshqarish jarayonini 5 ta asosiy fiinksiyaga bo‘lgan: bu rejalashtirishni tashkil qilish, kadrlami tanlash va joy-joyiga qo‘yish, rahbarlik (motivlash) va nazorat. 20-yillarda A. Fayolning ta’liinoti asosida elementlari o‘zaro bog‘Uq tizim, bir necha harakatlari o‘zaro bog‘liq boshqarish funksiyasini ifodalaydigan firmaning tashkiliy tizimi shaldlangan. A. Fayol tomonidan ishlab chiqilgan prinsiplami boshqarish fanining mustaqil natijasi deb tan olish kerak. Shuning uchun ham fransuz A. Fayolni amerikaliklar menejmentning otasi deb atashadi. U tomonidan ishlab chiqilgan prinsiplaming mohiyati quyidagicha: mehnat taqsimoti; avtoritet va hokimiyat mas’uliyati; intizom; rahbarlik birligi; farmoyish birligi; shaxsiy manfaatni umumiy manfaatga bo‘ysunishi; mehnatni rag‘batlantirishning markazlashgan va markazlashmagan