Firmaning raqobatbardoshligi- bu nisbiy tasnif, u berilgan firma rivojlanishining raqib firma rivojlanishidan insonlar ehtiyojini o‘z tovarlari bilan qondirish darajasi va ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligi jihatidan farqlarini ifodalaydi. Firmaning raqobatbardoshligi uning bozor raqobatlari sharoitlariga moslashish imkoniyatlarini va dinamikasini tavsiflaydi. Shu bilan birga bozor sig‘imi, bozorga chiqishning osonligi, ishlab chiqariladigan tovarning turi, bozorning bir xilligi, mazkur bozorda ishlayotgan korxonalarning raqobatli vaziyatlari, tarmoqda texnik yangiliklarni kiritish imkoniyati kabi ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘ladi.