Stressli yaralar — stress, depressiya, kuchli psixoemotsional tashvishlar fonida rivojlanadi.
O’N IKKI BARMOQLI ICHAK YARASI RIVOJLANISHI SABABLARI
Ushbu kasallik rivojlanishining asosiy sababi Helicobacter pylori — oshqozon yarasi rivojlanishiga sababchi bo’ladigan patogenlar hisoblanadi. Oshqozon yarasi uzoq vaqt davom etganda bakteriyalar albatta o’n ikki barmoqli ichak shilliq qavatiga ham tushadi va u yerda yara hosil qiladi. Ushbu bakteriyalar oshqozon yarasi bo’lgan 87% bemorlarda, 12 b. ichak yarasi bo’lgan 95% bemorlarda aniqlanadi. 12 barmoqli ichak yarasining paydo bo’lishiga sabab bo’ladigan boshqa ko’plab omillar ham mavjud. Unga quyidagilar kiradi:
Surunkali charchoq, stress, doimiy qo’zg’alganlik, depressiya, psixoloemotsional fonda buzilishlar;
Genetik darajada moyillik;
Me’da shirasi nordonligining oshib ketishi — bu holda u o’n ikki barmoqli ichakka kirib, shilliq qavatni qo’zg’atadi;
O’n ikki barmoqli ichakda surunkali yallig’lanish jarayoni — duodenit;
Boshqa patologiyalar fonida immunitetning sezilarli darajada pasayishi;
Ba’zi dori-darmonlardan uzoq muddatli foydalanish — masalan, steroid / nosteroid yallig’lanishga qarshi (analgin, aspirin, diklofenak), antibakterial vositalar;