Gruntlar o`zlarining tuzilishiga bog`liq holda suvni g`ovaklari (sochiluvchan va gilli gruntlarda) yoki yoriqlari (qoya gruntlarda) orqali o`tkazishi mumkin. Meliorativ qurilish uchun sochiluvchan va gilli gruntlarning suv o`tkazuvchanlik qonuniyatlarini bilish muhimroqdir. Shu sababli, bundan keyin faqat ushbu gruntlarning xususiyatlari haqida so`z yuritiladi.

Tajribalarning ko`rsatishicha, filtratsiya xodisasida asosan gravitatsion erkin suv qatnashadi va bunda, uning harakatlanishi laminar filtratsiya qonuniga bo`ysunadi. Sochiluvchan gruntlar uchun ushbu qonunning matematik ifodasi, 1885 yilda frantsuz olimi Darsi tomonidan quyidagi ko`rinishda taklif etilgan:

vф = кф i ,
bu yerda vф – filtratsiya tezligi; кф – filtratsiya koeffitsienti; i – gidravlik gradient. Ushbu
bog`lanishning grafik ko`rinishi 3-rasmdagi 1–chiziq bilan tasvirlangan.
3-rasm
Filtratsiya yo`lida suv bosimining yo`qotilishini tavsiflovchi gidravlik gradient quyidagi nisbat bo`yicha aniqlanadi:

i = H/L , (1)
bunda H = H2 - H1 – naporlarning farqi; L – filtratsiya yo`lining uzunligi.
Tajribalarda grunt namunasidan sizib o`tadigan suvning tezligi, gidravlika va fizikadan ma`lum bo`lgan quyidagi formula yordamida aniqlanadi: