Reja: Ijtimoiy pedagogika fanining predmeti, obyekti


Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jarayon



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə4/4
tarix21.07.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#137051
1   2   3   4
PEDAGOGIKANING IJTIMOIY FAN SIFATIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI ORNI Erkinova Diyora

1. Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jarayon.
2. Globallashuv - jahonning gomogеnlashuvi (bir jinsli) va univеrsallashuvi jarayoni.
3. Globallashuv - milliy chеgaralarning «yuvilib kеtish» jarayoni.
Rossiyalik A.Parshеv globallashuvga quyidagicha ta'rif bеradi: «Aslida, globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qoshimcha qiymatini, dunyodagi asosiy zahiralarini ozlashtirishdan iborat».qoshimcha qiymatini Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma'naviyatiga otkazishi mumkin bolgan ijobiy va salbiy ta'siri xususida Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi sozlarida yaxshi ifodalangan: «Mеn uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam bеrkitib otira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kеrak. Shu bilan birga, ochilgan eshik va dеrazalarimdan kirayotgan havo dovul bolib uyimni ag`dar-tuntar qilib tashlashi, ozimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman».
Ijtimoiylashuv kontseptsiyasi. Insonning atrofdagi dunyo bilan o'zaro aloqada rivojlanish jarayoni sotsializatsiya deb ataladi. Amerikalik sotsiolog N. Smelser sotsializatsiyani "shaxslarning ijtimoiy rollariga mos keladigan ko'nikmalarini va ijtimoiy munosabatlarini shakllantirish jarayoni" deb ta'riflaydi. Polshalik sotsiolog Y. Shepanskiy sotsializatsiyani "shaxsni jamoat hayotida qatnashishga tanishtiradigan, unga madaniyatni tushunishga, jamoalardagi o'zini tutishini o'rgatadigan, o'zini o'zi tasdiqlaydigan va turli xil ijtimoiy rollarni bajaradigan atrof- muhitning ta'siri" deb tushunadi. Turli lug'atlarda ijtimoiylashish quyidagicha ta'riflangan:
1) "shaxs o'z hayoti davomida o'zi tegishli bo'lgan jamiyatning ijtimoiy me'yorlari va madaniy qadriyatlarini o'zlashtirish jarayoni";
2) assimilyatsiya jarayoni va keyingi rivojlanish ijtimoiy va madaniy tajribaning individualligi»;keyingi rivojlanish
3) "shaxsni shakllantirish, o'rganish va ma'lum bir jamiyat, ijtimoiy hamjamiyat, guruhga xos bo'lgan qadriyatlarni, me'yorlarni, munosabatlarni, xulq-atvor usullarining shaxs tomonidan o'rganilishi".

Ijtimoiy moslashuv - individning ijtimoiy muhitga doimiy faol moslashish jarayoni va bu jarayonning natijasi. Ijtimoiy moslashuv uzluksiz xususiyatga ega ekanligiga qaramasdan, uni, odatda, individning o ʻ z faoliyatini va o ʻ zini o ʻ rab turgan ijtimoiy davrasini tubdan o ʻ zgartirish davrlari bilan bog ʻ laydilar. Moslashish jarayonining ijtimoiy muxitga faol ta ʼ sir etish ko ʻ rinishi va muhitdagi maqsad va qadriyatlarni kelishuvchanlik b-n, passiv qabul qilish ko ʻ rinishi bo ʻ ladi. Ijtimoiy moslashuv shaxs ijtimoiylashuvining asosiy ijtimoiy-psixologik omillaridan biridir. Ijtimoiy moslashuvning samaradorligi ko ʻ p jihatdan individ o ʻ zini va o ʻ zining ijtimoiy aloqalarini qanchalik o ʻ xshash (adekvat) anglashiga bog ʻ liq. O ʻ zi to ʻ g ʻ risidagi ijtimoiy tasavvurning noto ʻ g ʻ riligi yoki yetarlicha emasligi Ijtimoiy moslashuv ning buzilishiga olib keladi, bu holat (voqelik) ning eng ayanchli ko ʻ ri-nishi autizm (individning atrofdagilar bilan muloqot qilishdan qochib, o ʻ zining ichki kechinmalari dunyosiga g ʻ arq bo ʻ lishi) dir. Ijtimoiy moslashuv muammosi jahon psixologiyasida psixoanaliz, autizm, deprivatsiya kabi ilmiy yo ʻ nalishlarda tadqiq etib kelinadi. Bunda asosiy e ʼ tibor moslashuvning buzilishiga (ruhiy sohadagi buzilishlar, begonalashish, apatiya, alkogolizm, giyohvandlik va b.) va uni tuzatish (korreksiyalash) ning psixoterapevtik uslublariga, autotrening, sotsiotrening vositalariga yo ʻ naltiriladi. Muhitga shaxsning kirishib ketishi uning xulqi, faoliyati, muomalasi orqali sodir bo ʻ lsa moslashishning mukammalligi vujudga keladi. Shaxsning katta yoki kichik guruxlar muhitiga moslashishi i.ch. samaradorligini oshiradi, ta ʼ lim-tarbiya jarayonini yaxshilashga yordam beradi. (E.Goziyev).

Ijtimoiylashuv jarayoni. Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy moslashuvi uning hamma narsani egallashga bolgan obektiv ehtiyoji jarayonidapaydo boladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir obektiv ehtiyoj -oziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi roy beradi. Bu hodisa shunda namoyon boladiki, shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlari individual, faqat shu shaxsga tegishli tarzda namoyon boladi, uning ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega boladi. SHunday qilib bolaning ijtimoiy rivojlanishi ikki ozaro bogliq yonalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv (ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni ozlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy oziga xoslikni qolga kiritish). Shu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv (birlashish) va individuallashuv jarayonlari bilan bogliq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvidir. moslashuv subekt va ijtimoiy muhit faolliklarining yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj). Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir. Indivuallashuv insonning hali yoshligidayoq paydo boladigan obektiv ehtiyojlari bilan bogliq jamiyatdagi oz-ozini egallashdir. Bu ehtiyoj: a) oz qarashlariga ega bolish; b) oziga xosliklariga ega bolish; v) unga tegishli bolgan masalalarni hal qilish, uning oz darajasini aniqlab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon boladi. Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuallashuv jarayonlari ortasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi roy beradi. Shu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning ozaro tasir etishi ham sodir boladi. Shunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv ortasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon 3 asosiy sohada amalga oshadi: - faoliyat-turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qolga kiritish, erkin moljal olish. - muomala - muloqoqt doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor meyorlarini ozlashtirish; - anglash - shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, oz ijtimoiy mansubligi va ornini anglash, oziga baho berishni shakllantirish.
Ijtimoiylashuv vositalari. Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bolgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi, ularga: godakni ovqatlantirish va gamxorlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish qoidalari, insonni orab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, manaviy madaniyat unsurlari (alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, shuningdek oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy faoliyatidagi kop sonli munosabatlari - muloqot, oyinlar, manaviy-amaliy faoliyat, sport bilan shugullanish kiradi.va mukofotlash uslublari Har bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy taqiqlar-man etish, ruxsat berish, majburlash chora- tadbirlarini ishlab chiqshadi. Bu choralar yordamida inson xulq-atvori shu jamiyatda qabul qilingan meyoriy qadriyatlarga moslashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari muomala (ota-onalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (oyin, oqish, ijod, sport)dir. Pedagogik-psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos kelishi aniqlangan. Bolaning meyorida rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri bu muomala. Muloqot va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh davrlari qollaniladi: - godaklik davri - bevosita hissiy-ruhiy; - godaklikdan keyingi davr - predmetli faoliyat; - maktabgacha davr - rolli oyinlar; - ilk maktab davri - oquv faoliyati; - osmirlik davri - kasb talimi faoliyati; - ospirinlik davri - shaxsiy muloqot faoliyati.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR I.Egamberdiyeva N.M. Ijtimoiy pedagogika. Darslik. T.: 2009 II.Internet manbalar
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin