Reja:
1. Jinoyatchi shaxs tushunchasi
2. Jinoyatchilik tushunchasi va uning belgilari
3. Jinoyatchi shaxsni ajratib turuvchi psixologik xususiyati.
Jinoyat tushunchasi va uning belgilari
Jinoyat tushunchasi jinoyat huquqi fanining predmetini tashkil etuvchi xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Jinoyat huquqida boshqa huquq tarmoqlari uchun baza hisoblangan “jinoyat” tushunchasining mohiyati ochib berilgan. Jinoyat huquqining asosiy vazifasi shaxs va jamiyat o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarning ijtimoiy xavfli ekanligi va ularning jinoyat huquqiy tartibga solinishi kerakligini belgilashdan iboratdir.
“Jinoyat” tushunchasiga jinoyat-huquqiy ta’rif birinchi bor 1791-yilda qabul qilingan Fransiya Jinoyat kodeksida berilgan bo‘lib, ushbu ta’rif formal tusga ega edi. Unda jinoyatga: “Jinoyat bu – amaldagi jinoyat qonuni bilan jazolanadigan qilmishdir”,-deya ta’rif berilgan edi. Jinoyat bu – ijtimoiy va huquqiy hodisa hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 2-moddasida ko‘rsatil-gan vazifalarni amalga oshirish maqsadida jinoyat tushunchasi belgilab qo‘ygan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida jinoyat tushunchasi aniq belgilangan bo‘lib, 14-moddaning 1-qismiga ko‘ra, Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi. Jinoyat – shaxsning jinoyat qonuni bilan taqiqlangan ma’lum bir shakldagi xatti-harakati hisoblanadi.
Jinoyat tushunchasi harakat yoki harakatsizlik shaklidagi shaxs-ning xulq-atvori (xatti-harakati, faoliyati)ni ifodalaydi. Shu bilan bir-ga, jinoyat qonunida ruhiy jarayonlar, o‘ylar, fikriy xulosalar qancha-lik zarar keltiruvchi bo‘lishiga qaramay, jinoyat hisoblanmasligi belgilab qo‘yilgan. Jinoyatga moddiy tushuncha berish g‘oyat muhim bo‘lib, bu nafaqat jinoyat huquqining o‘ziga, balki jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya huquqi, kriminalistika, kriminologiya va boshqa huquqiy fanlar uchun ham zarurdir. Shaxs tomonidan sodir qilingan qilmish (harakat yoki harakat-sizlik) jinoyat deb hisoblanishi uchun u ijtimoiy xavfli bo‘lishi kerak. Demak, shaxs tomonidan sodir qilingan qilmish jinoyat deb hisoblanishi uchun u ijtimoiy xavflilik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak, bunday qilmish quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
1. Harakat – bu faol xulq-atvor bo‘lib, nafaqat shaxs tana a’zola-rining (jismoniy) harakatida ifodalanadi, u aytilgan so‘zlar, ruhiy tahdidlar (qo‘rqitishlar)da ham namoyon bo‘lishi mumkin.
2. Harakatsizlik – passiv xulq-atvor bo‘lib, bajarilishi shart yoki mumkin bo‘lgan majburiyatni bajarishning real imkoni bo‘la turib bajarmaslikda ifodalanadi.
3. Aralash jinoyatlar bu – shunday jinoyatlarki, ular obyektiv tomondan harakat va harakatsizlik yig‘indisidan iborat bo‘ladi yoki boshqacha aytganda, harakat va harakatsizliklar natijasi hisoblanadi. Bunday jinoyatlar ko‘pincha ma’lum bir qoidani buzish bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, Jinoyat kodeksi 204-, 260-, 266-moddalarida javob-garlik belgilangan qilmishlar.
Harakat bilan sodir etilgan jinoyatlar bir yoki bir necha harakatlardan iborat bo‘lishi mumkin. Harakat bilan sodir etilgan jinoyatlarda harakatning boshlanishi va tugallanishi boshqa jinoyat-huquqiy hodisalarni – jinoyatdan ixtiyoriy qaytish, zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, ishtirokchilik kabilarni belgilab berishi ham mumkin.
Masalan, ishtirokchilikda amalga oshirilayotgan harakatlarda jinoyat tashkilotchi, dalolatchi harakatlari bilan boshlansa, bajaruvchi harakti bilan tugallanadi. Bundan tashqari, “jinoiy harakat” jinoyat huquqida takroran sodir etilgan jinoyatlar, uzoqqa cho‘zilgan va davomli jinoyatlarni aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, harakat tushunchasi orqali jinoyat sodir etish bosqichlari, tamom bo‘lmagan jinoyatlarni ham aniqlash mumkin.
Harakatsizlik esa harakatdan tashqi jihatdan ifodalanish xususiyatiga ko‘ra farq qiladi. Harakatsizlik ma’lum bir harakatdan saqlanish yoki obyektiv jihatdan bajarilishi zarur va yuridik tomondan bajarilishi majburiy bo‘lgan bir necha harakatlarni bajarmaslikda ifodalanadi. Masalan, hokimiyat harakatsizligi (Jinoyat kodeksi, 208-modda).
Jinoiy harakatsizlik uchun shaxsni javobgarlikka tortishda jinoiy xulq-atvorning xususuiyati va tarkibi bilan birga quyidagi uch holatdan kelib chiqib harakatsizlik chegarasini ham belgilash kerak:
a) shaxsning ma’lum bir harakatni bajarishga majburiyligi;
b) ma’lum bir sharoitda bunday majburiyatlarni bajarish imko-niyatining mavjudligi va bunday imkoniyatlarning obyektiv realligi;
c) shaxs tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlarning bajarilmasligi.
Jinoyat huquqi nazariyasida jinoiy harakatsizlikning ikki shakli haqida so‘z yuritiladi:
1. “sof” harakatsizlik;
2. “aralash”harakatsizlik
Dostları ilə paylaş: |