Reja: kirish. Kurs ishining dolzarbligi,maqsadi va vazifalari


TUZLAR GIDROLIZINING TURLARI



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə3/10
tarix31.05.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#60126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
tuzlargidrolizi

2.2.TUZLAR GIDROLIZINING TURLARI.

Gidroliz tuzni hosil qilgan kislota va asoslarning kuchiga qarab turlicha borishi mumkin.


Gidrolizning eng tipik hollarini ko’rib chiqaylik.
1. Kuchli asos(LiOH, NaOH, KOH, RbOH, CsOH, Ca(OH)2, Ba(OH)2) bilan kuchli kislota (HCl, HBr, HJ, HClO4, HNO3, H2SO4) hosil bo’lgan tuz.
Gidrolizga uchramaydi.
2.Kuchsiz kislota(HCN, H2S, HNO3, H2SO3, H3PO4, H2CO3, HF, H2SiO3 va organik kislotalar) bilan kuchli asosdan hosil bo’lgan tuz.
Natriy asetat CH3COONa bunga misol bo’la oladi. Hamma tipik tuzlar singari, natriy asetat ham suvda eriganda, Na+ va CH3COO- ionlariga batamom dissosialanadi. Nazariy jihatdan qaraganda, bu ionlar suv ionlari bilan birikib, ekvivalent miqdorda o’yuvchi natriy va sirka kislota hosil qilishi mumkin edi; Biroq o’yuvchi natriy kuchli asos bo’lganidan, natriy ionlari suvning gidroksil ionlari bilan mutlaqo birikmaydi.
Buning aksicha sirka kislota juda kuchsiz kislota bo’lganidan CH3COO- ionlari eritmada suvning vodorod ionlari bilan uchrashganda ular bilan darhol birikadi va CH3COOH molekulalarini hosil qiladi. Eritmada vodorod ionlarining kamayishi suv molekulalari bilan uning ionlari o’rtasidagi muvozanatni buzadi va suvning dissosialanishiga sabab bo’ladi; yangi vodorod ionlari hosil bo’ladi, bular ham, o’z navbatida, asetat- ionlar bilan birikib sirka kislota molekulalariga aynaladi va hokazo, shu bilan bir vaqtda eritmada gidroksil ionlarining soni ortadi.
Biroq reaksiya shu yo’nalishda uzoq davom etmaydi. Suvning ion ko’paytmasi [H,] . [OH] = 10 -14 o’zgarmas kattalik bo’lganidan, gidroksil ionlari to’plangan sari vodorod ionlarining konsentratsiyasi kamaya boradi va tez orada shu qadar ozayib ketadiki bu ionlarning CH3COO- ionlari bilan birikishi uchun imkoniyat qolmaydi. Shu vaqtda suv molekulalari bilan uning ionlari o’rtasida ham, sirka kislota CH3COOH molekulalari bilan H+ va CH3COO- ionlari o’rtasida ham yangi muvozanat qaror topadi va gidroksil ionlarining to’planish protsessi to’xtaydi.
Shunday qilib, natriy asetat suv bilan o’zaro ta’sir qilganda quyidagi rekasiya sodir bo’ladi:

CH3COONa + H2O ↔ CH3COOH + NaOH


Yoki ionli tenglamasi:


CH3COO- + Na+ + HOH ↔ CH3COOH + Na+ + OH-


Qisqa ion shaklda:



CH3COO- + HOH ↔ CH3COOH+ OH-

Bu reaksiya muvozanati chapga tomon kuchli darajada siljigan bo’lsa ham, ionli tenglamaning ko’rsatishiga ko’ra reasiyaning provardida eritmada gidroksil ionlari birmuncha ortiq to’planadi va natriy asetat eritmasi ishqoriy reaksiyaga ega bo’ladi.


Tasvirlangan ana shu misolda bir negizli kuchsiz kislota tuzi gidrolizlanadi. Ko’p negizli kuchsiz kislotalardan hosil bo’lgan tuzlarning gidrolizida, odatda, erkin kislotalar emas, balki, nordon tuzlar yoki, aniqroq aytganda, nordon tuzlarning anionlari hosil bo’ladi. Masalan, soda Na2CO3 suvda eriganda, CO32- ionlari ham CH3COO- ionlari singari suvning vodorod ionlari bilan bog’lanadi; biroq bunda kuchsiz karbanat kislota H2CO3 molekulalari emas balki, HCO3- ionlari hosil bo’ladi. HCO3- ionlarining ko’proq hosil bo’lishiga sabab, bu ionlarning H2CO3 molekulalariga qaraganda ancha qiyin dissosialanishidir.
Gidroliz quyidagi tenglama bo’yicha boradi:

Na2CO3 + H2O ↔ NaHCO3 + NaOH


Yoki ionshaklda yozilsa bunday bo’ladi;


2Na+ + CO32- + HOH ↔­­ Na+ + HCO- + Na+ + OH-
Qisqa ion shakilda :
CO32- + HOH ↔­­ HCO- + OH-

Bu reaksiya natijasida natriy asetatning gidrolizida bo’lganidek, eritmada ortiqcha gidroksil ionlari paydo bo’ladi, shu sababdan soda eritmasi ham ishqoriy reaksiyaga ega.


Masalan:
Na3PO4 + H2O Na2HPO4 + NaOH
3Na+ + PO43- + H2O 2Na+ HPO42- + Na+ + OH-
PO43- + H2O HPO42- + OH-
Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuz gidrolizlanganda nordon tuz va ishqor hosil bo’ladi:
Na2HPO4 + H2O NaH2PO4 + NaOH
HPO42- + H2O H2PO4- + OH-
Eritmada erkin holda ishqor yig’ilib qolgani uchun gidroliz kuchsiz kislota hosil bo’lguncha davom etmaydi.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin