Reja: Oila va nikoh Jinsiy farqlar psixologiyasi: gender tadqiqotlarning xususiyatlari Gender psixologiya Yuqorida ta’kidlanganidek, oila va nikoh masalalarini o‘rganish bir tomondan oson, jo‘nga o‘xshasa, ikkinchi tomondan



Yüklə 34,62 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü34,62 Kb.
#208787
1   2   3
Oilaviy munosabatlarni tadqiq etishning nazariy-metodologik asoslari. Jinsiy farqlar psixologiyasi

Gender psixologiyasi – psixologiya fanining bir sohasidir. Boshqa sohalar singari u ham o‘z tarixiga ega. Ammo bu tarixni XX asrning 70-yillaridan boshlab o‘rganish noo‘rin deb hisoblaymiz. Bundan tashqari, uni fenemizm mevasi deyish ham noto‘g‘ri. Biroq fanning asosiy xizmati zamonaviy psixologik muammolarga jamoatchilik fikrining jalb qilinishi hisoblanadi.
“Gender” atamasi (ijtimoiy jins, madaniyat mahsuli) paydo bo‘lganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da (1975 yil), fanda ilgari ham bir qator g‘oya va izlanishlar mavjud bo‘lib, biz ularni hech ikkilanmay psixologiyaning ushbu sohasiga aloqador deb bilishimiz mumkin. Fan tarixida 5 bosqichni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:
1) tegishli g‘oyalarning falsafiy nuqtai nazardan ishlab chiqilishi (qadimgi davrlardan XIX asr oxirigacha);
2) gender psixologiyasining predmeti va bo‘limlarining shakllanishi (XIX asr oxiri XX asr boshi);
3) psixoanaliz Z.Freyd nomi bilan bog‘liq “Freyd davri” (XX asr boshi – 1930 yil);
4) yirik eksperemental tadqiqotlarning boshlanishi va ilk nazariyalarning paydo bo‘lishi (1950–1980 yillar);
5) gender psixologiyasining jadal sur’atda rivojlanishi: eksperemental tadqiqotlar, empirik faktlarning nazariy tahlil qilinishi, ma’lum metod va yetodikalarning adaptatsiyasi va maxsus gender metodikalarning yaratilishi (1990 yildan shu davrgacha).
Ko‘plab o‘tkazilgan tadqiqotlar va turli yo‘nalish vakillarining feminizm va jinslararo tafovutlar to‘g‘risidagi fikrlarini umumlashtirib, shuni e’tirof etish mumkinki, ikkita asosiy shart aniqlanganda, jinsiy tafovutlar borligi tasdiqlanadi:
jinsiy tafovutlarning realligini erkak va ayoldagi u yoki bu psixik xususiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi farq kamida 10 % va undan yuqorini tashkil etgandagina tan olish;
hech bo‘lmaganda, bir jins 20 % dan kam bo‘lmagan ko‘rsatkichni namoyish etgan natijalarnigina o‘rganib chiqish, ya’ni, bu – erkak yoki ayolda qayd etilgan shaxsiy xususiyatlar yoki xulqqa to‘g‘ri tavsifnoma berilganini kamida 5-6 nafar tekshirilayotgan insonlar yoki ekspertlar bir ovozdan ma’qullashganda. YA’ni, metodologik nuqtai nazardan, jinsiy tafovut bor ekanligi ushbu statistik qoidalar rioya etilgandagina tan olinadi.
Mishel Paludining yozishicha, bunugi kunda gender psixologiyasi sohasida asosan androtsentrik qarashlar ustivorligi kuzatilmoqda. YA’ni, ikkala jins vakilida ham bir-biridan tomoman farq qilmaydigan, ikkalasida ham kuzatish mumkin bo‘lgan psixologik xususiyatlar kuzatilmoqdaki, bu ularning eng avvalo oila va nikoh masalalaridagi qarashlar uyg‘unligidan kelib chiqadi. Lekin metodologik jihatdan olimning ta’kidlashicha, baribir, aynan ayolga xos sifatlar normasi haqida gap ketganda, baribir ular erkak sifatlarining standarti asosida tahlil etiladi. Aslida dunyo miqyosida ahloq, muvaffaqiyatlarga intilish motivatsiyasi kabilar o‘rganilganda, asosan bu masalalar erkaklar va o‘g‘il bollaar misolidagina o‘rganiladi. Agressiya bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarning 50 foizida faqat erkaklar, 10 foizida ayollar, qolgan 40 foizida ham ayol, ham erkaklar birgalikda ishtirok etgan. Umuman, xorijda o‘tkaziladigan psixologik tadqiqotlarda ko‘proq erkaklar sinaluvchilar sifatida ishtirok etishi ham o‘ziga xos holatdir. Bizda esa psixologik hamda sotsiologik tadqiqotlarda ikkala jins vakillari teng, yoki aksaryait oila tadqiqotlarida qizlar va katta yoshli ayollar qatnashadilar.
Amerikalik tadqiqotchi Devid Mayyers jins, genlar va madaniyat masalalarini o‘rganar ekan, genderni – erkaklik va ayollik xususiyatlarini tavsiflovchi tushuncha sifatida, Paludidan farqli, jinsiy tafovutlarni o‘rganish xotin-qizlarning erkaklarga nisbatan anchagina masalalarda ustunlikka ham ega ekanligini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, ayollardagi tajovuzkorlik, agressiyaning kamligi, o‘zgalarga g‘amxo‘rlik va o‘zgalar tashvishlariga nisbatan befarq bo‘lolmaslik, hamdarliklari aynan ularning jamiyatda tutgan foydali mavqelarini belgilashi mumkin. Aynan ayollar, boshqav tadqiqotchilarning fikricha, insonlar bilan bo‘ladigan munosabatlarda iliqlik, yaqinlik tarafdorlaridir (Nancy Chodorow, Jean Baker Miller, Corol Gillbgan va boshqalar).
Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, jinsiy tafovutlar aynan yoshlik chog‘idanoq namoyon bo‘la boshlaydi. O‘g‘il bolalar, masalan, yoshlikdanoq mustaqillikka intilsa, qiz bolalar o‘zaro bog‘liqlikka, kimlar bilandir birga bo‘lishga intiladi. Agar o‘g‘il bola ko‘proq ko‘pchilik ishtirok etadigan o‘yinlarni afzal ko‘rib, ko‘chaga chopsa, qizlar kichikroq tengqurlar guruhida jipslikda o‘ynashni, o‘yin chog‘ida ham bir-birlariga hamdardlik ko‘rsatish, tushunishga intiladi, agressiya ular muloqotida kam bo‘ladi (Lever, 1978).
Inson ulg‘aygan sari jinsiy tafovutlarning namoyon bo‘lish ko‘lami ham kengayib boradi. Buni ta’kidlovchi tadqiqotlar xorijda, Rossiyada va MHD mamlkatlarida ko‘plab o‘tkazilgan. Ularda xotin-qizlarning erlaridan farqli juda ko‘p jihatlari ajratilib, ularning tashqi ijtimoiy muhitga munosabatlari – hamdarliklari, o‘zgalar bilan muloqotga intiqliklari, muomalada o‘ziga xos taktikaga ega ekanliklari kabi o‘nlab yo‘nalishlar eksperimentlarda isbotlandi. Masalan, Eagly va Johnson (1990) izlanishlarida odamlar bilan muomalada erkaklar ko‘proq avtoritarlikni, xotin-qizlar esa demokratizmni namoyon qilishi isbotlangan. Boshqaruvda erkaklarga do‘q qilib, direktiv ohangda boshqarish, qarorlar qabul qilish ma’qulroq bo‘lsa, ayollarga – “komanda, jamoa ruhi” bilan jamoatchi lider bo‘lish osonroqdir.
Rossi va Rossi (1990) tadqiqotlari oilaga nisbatan gender ustanovkalarga bag‘ishlangan bo‘lib, ayollar – onalar, opalar, qizlar va buvilar tasavvurida oila bu muayyan yaxlitlik, birlik ramzi ekanligi va shuning uchun ham asosan vaqtlarini farzandlariga, ayniqsa, ular maktabgacha yoshda bo‘lgan vaqtlarida hamda keksaygan insonlarga bag‘ishlashi mumkinligi o‘rganilgan. Tug‘ilgan kunlarga ham ayollar erlaridan farqli ko‘proq sovg‘a-salom, otkritkalar xarid qilishi, bu ishlarga bemalol pul sarflayverishi mumkin. Fotosuratlarga qarab, o‘zini o‘zi baholash vazifasi berilganda, aynan ayollar o‘zlarini oila a’zolari davrasida aks etgan fotosuratlarda alohida mehr va jiddiylik bilan tavsiflay olganlar. YA’ni, oilaga nisbatan ustanovka xotin-qizlarda hamisha ijobiy obrazga ega.
O‘zbekistonda ham gender masalasi ko‘pincha oila muammolari doirasida o‘rganilishi an’anaga aylangan. Qator tadqiqotlarda (E.G‘oziyev, G‘.Shoumarov, V.Karimova, I.Yokubov, B.Qodirov, S.Mirhosilov, E.Usmonov, N.Sog‘inov, F.Akramova, L.Karimova, N.Salayeva, O.Shamiyeva, O.Abdusattorova va b-q.) oilaviy hamda shaxslararo o‘zaro munosabatlar doirasida alohida ahamiyat kasb etgan gender tafovutlar o‘rganilgan.
Muallifningning oila va oilaviy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik omillari va oqibatlariga bag‘ishlangan asarlarida oilada yoshlarni gender munosabatlarga tayyorlash muammolariga, gender tasavvurlarning shaxs tarbiyasidagi o‘rni (2006) kabi masalalarda e’tibor qaratilgan. Bizning oxirgi tadqiqotlarimizda er-xotin va oiladagi sibling munosabatlarning bola shaxsiga ta’siri, jumladan, erkaklik va ayollik fazilatlari shakllanishidagi o‘rni o‘rganilgan, ilmiy xulosalar chiqargan.
Bu kabi ota-ona munosabatlarining farzandlarga gender ta’siri muammosi M.Salayeva (2005) tadqiqotlarining ham predmetiga aylangan. Jumladan, u qo‘lga kiritgan xulosalardan biri, “o‘zbek oilalarida onalarning otalarga nisbatan farzandlarga o‘ta g‘amxo‘rligi, ya’ni ularni qiyinchiliklardan saqlash, ziyon yetkazib qo‘yishdan qo‘rqish, farzandning o‘ziga bog‘langanligi va tobeligini rag‘batlantirish, ularda shahvoniylik va tajovujkorlikni bosish kabi xususiyatlarning kuchligigi, onalarda otalarga nisbatan demokratiklilikning kuchliligi isbotlangan”.
Gender tafovutlarga bag‘ishlangan ayrim tadqiqotlar reklamadagi ayollar va erkaklar obrazi (A.Dudareva, 2003), o‘g‘il va qiz bolalarning obrazidan foydalanish samarasi (V.Karimova, 2006, S.Abidov, 2006), er va xotinlarning reklama qilingan mahsulotlarga jinsga oid o‘ziga xos munosabatlari (L.Karimova, 2003, 2004) kabi masalalarga bag‘ishlangan. O‘tkazilgan tadqiqotlar va olingan empirik ma’lumotlardan shunday xulosa qilish mumkinki, reklama sohasida kattalar va bolalar obrazidan keng foydalaniladi, lekin ularni idrok qilish va xaridorlik ustanovkalarida aniq ravshan jinsiy tafovutlar mavjduddir (V.Karimova, S.Abidov, 2005, 2006). Ayniqsa, bola obrazi aks ettirilgan reklamaning qizlar va o‘g‘il bolalardagi jinsiy identifikatsiyaga bevosita ta’siri alohida o‘rganilsa, bizning fikrimizcha. ma’lumotlarning tadbiqiy ahamiyati yanada kuchli bo‘lar edi.
L.Karimovaning O‘zbekistonda o‘tkazgan tadqiqotida oilaning daromadiga ko‘ra kimning reklama mahsulotlarining iste’molchisi ekanligidagi jisniy o‘ziga xosliklar aniqlangan. Masalan, u o‘z tadqiqoti mobaynida 50 ta er-xotinlar juftligi o‘rtasida so‘rov o‘tkazib, zamonaviy oilada ko‘pchigina masalalarda xotin-qizlarning fikri yetakchi ekanligini aniqlagan (L.Karimova, 2004). Masalan, “Oilangizda kim pul mablag‘larini taqsimlaydi?” deb berilgan savolga erkaklarning 73%i va ayollarning 51% “men zim” degan javobni berishgan. Lekin “Kuniga uy uchun biror narsa xarid qilishga taxminan qancha vaqt sarflaysiz?” degan savolga esa, erkaklarning 69%i “bilmayman” javobini bergan bo‘lsa, ayollarning 71% “bir soatgacha”, 7%i 2 soatdan ortiq vaqt ajratishlarini qayd etishgan. “Reklama qilingan xo‘jalik mollarining sotib olasizmi?” deb berilgan savolga 14 foiz erkaklar va 32 foiz ayollar ijobiy javob bergani holda, 58% erkaklar “yo‘q” javobini berganlar. Shundan tadqiqotchi ularning reklama qilinayotgan mahsulotlarga ishonchini aniqlaganda, erkaklarning 45 foizi va ayollarning 48 foizi ishonishini qayd etganlar. Demak, reklama qilinayotgan mahsulotlar dunyosida xotin-qizlarning faolligi bugungi kunda erkaklarnikidan ancha yuqori. Demak, zamonaviy oila bekalari oilaviy daromadning taqsimoti va uni nimaga ishlatish masalalarida ham yetakchilikka da’vo qiladilar. Chunki uy bekalari uy yumushlarini bajarishda ko‘proq xo‘jalik mollaridan foydalanadi, farzandlarini yuvib-tarash va ularni bog‘cha yoki maktabiga zarur bo‘lgan narsalarni ham yaxshiroq bilgani sababli, reklama qilinayotgan tovarlarning eng yaxshisini va arzonini xarid qilish tarafdori ham bo‘lib boradi. Bu holatni milliy reklama kompaniyalari inobatga olishlari kerak.
Shu kabi ishlarlarda O‘zbekistonda muayyan ijtimoiy-psixologik muammo tadqiq etilganda, gender tafovutlarga e’tibor berish tobora an’anaga aylanib bormoqda. Lekin alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimizda psihxloglardan tashqari, faylasuflar, sotsiologlar, tarixchilar, siyosatshunoslar, huquqshunoslar ham bu muammoni chetlab o‘tmaganlar. Jamiyat va oila ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida xotin-qizlarning o‘rni va roliga bag‘ishlangan qator anjumanlar, monografik tadqiqotlar, dissertatsiyalar aynan shu muammoga bag‘ishlangandir. Masalan, yosh tadqiqotchi O.Abdusattorova (2007)ning dissertatsion izlanishi bu borada alohida ahamiyatga ega bo‘lib, unda o‘smir yoshli o‘g‘il va qiz bolalardagi gender tasavvurlarga bog‘liq jinsiy identifikatsiyani aniqlash va bunda oila muhitining rolini asoslash uchun ijtimoiy psixologiyada qo‘llanilgan qator ishonchli metodikalardan foydalanilgan va empirik izlanish ham ota-onalar, hamda ularning o‘smir yoshli farzandlari o‘rtasida o‘tkazgan. Alohida ta’kidlash joizki, ota-onalar o‘rtasidagi o‘tkazilgan test va so‘rovlar ularning gender ustanovkalarini va liderlik maqomlarini aniqlashga imkon bergan bo‘lsa, farzandlari o‘rtasida olib borilgan empirik tadqiqot otalik va onalik gender maqomlarining qizlar va o‘g‘il bolalarda o‘ziga xos ustanovka shaklida identifikatsion jarayonlar yo‘nalishini belgilashini isbot qildi. Zamonaviy o‘zbek oilasidagi erkaklar va ayollarning o‘zaro munosabatlarida ayollar mavkeining mustahkamlanib borayotganligi, ularning liderlik pozitsiyalarida hamda turmush o‘rtoqlarini hamkor va sherikchilik munosabatlari tizimida ko‘rishni afzal ko‘rishlarida namoyon bo‘ldi. Shu sababli ham bu holat ularning o‘z jinslarini va turmush o‘rtog‘idagi qarama-qarshi jinsga nisbatan ustanovkalarini belgilaydi. Tadqiqot zamonaviy erkaklar va xotin-qizlarning ayollik va erkaklik obrazlarida femininlik hamda sof maskulinlik sifatlari ko‘proq androgenlik sifatlariga o‘rin berayotganligini, qizlarda maskulinlik sifatlari ham tobora sezilarliroq namoyon bo‘layotganligini ko‘rsatdi.
Shunday qilib, yurtimizda gender tadqiqotlari uchun keng yo‘l ochilgan va ularda oila va oilaga nisbatan ijtimoiy ustanovka ustivor masala sifatida qaraladi.
Yüklə 34,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin