Reja: Tijorat banklarida kreditlashni tashkil etish asoslari



Yüklə 186 Kb.
səhifə10/12
tarix20.11.2023
ölçüsü186 Kb.
#161919
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
8. kred tash et asos

Iste’mol krediti. Iste’mol krediti o‘zining maqsadi bilan kreditning boshqa shakllaridan farq qiladi. Uning farqli belgisi - jismoniy shaxslarni kreditlash hisoblanadi. Kreditning bu shaklida kredit beruvchi sifatida maxsus kredit muassasalari bilan birga tovar va xizmatlarni sotishni amalga oshiradigan jismoniy shaxslar ham bo‘lishi mumkin.
Iste’mol krediti ikki shaklda: pul shaklida yoki tovar shaklida berilishi mumkin. Jismoniy shaxslarga ko‘chmas mulkka egalik qilish uchun, qimmat bo‘lgan davolanishni to‘lash, har xil tovarlar va uy jihozlari sotib olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun ist’emol kreditlari berilishi mumkin. Pul shaklida iste’mol krediti banklar tomonidan, tovar shaklida esa tovarlar chakana savdosi jarayonida to‘lov muddatini cho‘zish orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda hozirgi kunlarda uy-joy sotib olish, uy joy qurish uchun pul shaklidagi, uzoq muddatli iste’mol krediti va tovar shaklida avtomobil kreditga berilmoqda.
Davlat krediti. Kreditning bu shaklining asosiy xususiyati kredit munosabatlarida davlatning qatnashuvidir. Davlat kreditida davlat bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida ishtirok qilishi mumkin. Qarz beruvchi vazifasini bajara turib, davlat, davlat kredit institutlari , jumladan Markaziy bank orqali iqtisodiyotning har xil sohalarini kreditlashni o‘z zimmasiga oladi. Davlat tomonidan:

  1. iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarini kreditlash;

  2. moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezayotgan davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan aniq tarmoq yoki mintaqalarga, agar byudjetdan moliyalashtirish imkoniyati tugagan bo‘lsa, vaqtincha foydalanishga mablag‘ ajratilishi mumkin.

Undan tashqari, tijorat banklariga banklararo kreditlar bozorida kredit resurslarni kim oshdi savdo yo‘li bilan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish jarayonida davlat tomonidan mablag‘lar vaqtincha foydalanishga berilishi mumkin.
Davlatning qarzlari ko‘paygan hollarda davlat byudjeti kamomadini moliyalashtirish maqsadida, davlat qarz oluvchi sifatida, davlat qarzlarini joylashtirish jarayonini amalga oshiradi.
Davlat kreditining xarakterli xususiyati shundaki, davlat tomonidan olingan qarz mablag‘lar ishlab chiqarish fondlari aylanishida yoki moddiy boyliklar yaratishda ishtirok qilmaydi. Bu mablag‘lar davlat qarzlarini qoplash uchun ishlatiladi.
Davlat xazina majburiyatlarini chiqarish, moliya bozorlarida davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish, davlat zaemlarini chiqarish va sotish yo‘li bilan banklarning aholining va boshqa moliya - kredit institutlarining pul mablag‘larini yig‘adi va ularni davlat qarzi va byudjet kamomadini qoplashga (moliyalashtirishga) sarflaydi.
SHuni ta’kidlash zarurki, o‘tish davrida davlat krediti faqatgina moliyaviy resurslarni jalb qilish manbai sifatida emas, balki iqtisodni markazlashgan kredit tizimi orqali tartibga solishning samarali vositasi sifatida ishlatilishi kerak.

Yüklə 186 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin