Reja: Zamonaviy



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə19/20
tarix19.05.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#117911
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Reja Zamonaviy

Monipulyatorlar
Monipulyatorlar (Manipulators) – monitor ekranidagi kursorni siljitish, kursor ko`rsatgan ob’ektni belgilash, kursor yordamida foydalanuvchining buyruqlarini kiritishni osonlashtirish maqsadida ishlab chiqarilgan qurilmadir. Ular tuzilishi va ma’lumotlarni kiritish usullariga ko`ra trekbollar, trepoyntlar, trekpadlar, sensorli ekran, jostik, nurli pero kabi turlarga bo`linadi.
Trekbol (Track Ball) – ko`rinishi ag`darilgan sichqonchani eslatuvchi qurilma bo`lib, asosan qimmatbaho klaviaturalarga va ko`chma kompyuter klaviaturalariga o`rnatiladi. Uning korpusi qo`zg`almas qilib joylashtirilgan bo`lib, diametric 15 – 20 mm bo`lgan plastmassa sharchasini barmoq bilan turli yo`nalishlar bo`yicha aylantirib, ekrandagi kursorni harakatlantirish mumkin. Bunda sichqonchadagi tugmachlar vazifasini trekbolning yonida joylashgan maxsus tugma bajaradi. Trekpoynt (Treck Point) – ko`chma kompyuterning klaviaturasiga o`rnatilgan, ko`rinishi to`rtburchakli rezina o`chirgichga o`xshash qurilma. Shu qurilmaning sathini barmoq uchlari bilan bosib, ekrandagi kursorni kerakli yo`nalish bo`yicha harakatlantirish mumkin. Ko`pincha sensorli panel ham deb ataladi.
Trekpad (Treck Pad) - ko`chma kompyuterning klaviaturasida maxsus plyonka ostida joylashgan, signal uzatuvchi simlarning tarmog`idan iborat qurilma. Shu simlar plyonka ustida harakatlanayotgan barmoqning yo`nalishini monitorga uzatib, undagi kursorni siljitadi.
Sensorli ekran (Touch screen) - ko`chma kompyuter uchun maxsus ishlab chiqarilgan monitor ekrani bo`lib, uning sathiga barmoqni tekizish – kursorni o`sha joyga siljitadi. Bunday ekranlar ayniqsa ekrandagi menyuni yoki menyu bo`limlarini barmoq bilan tanlashga qulaydir.
Jostik (Joystik) – kursorni ekranda to`rtta yo`nalish (yuqoriga, pastga, o`ngga va chapga) harakatlantiruvchi richagdir. Bu richag qo`zg`almas asosga o`rnatilgan bo`lib, asosan kompyuter o`yinlarini boshqarishda ishlatiladi. Ko`pgina kompyuterlarda jostik uchun maxsus port – game port o`rnatilgan.
Nurli pero (Light pen) – ichida maxsus fotoelement bo`lgan qalamga o`xshash qurilmadir. Uning uchini ekranga tekizigan holda korpusida joylashgan tugmachani bosib, ekrandagi kursorni siljitish yoki kerakli oyna elamatnalni ishga tushirish mumkin.



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin