Respublika ilmiy-amaliy konferensiya 244 A. Oripovning “sohibqiron” dramasida temur obrazi andaqulova Kimyoxon Rashid qizi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix18.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#132127
1   2   3   4
Temur: (Amir Husaynga): 
“Umringda hech kitob ko‘rmay ulg‘aygan eding, 
Shu sababdan gaplaringda mantiq yo‘q, amir”,- [1.7.] 
deya xitob qiladi. Jangdagi mag‘lubiyatning asl sababi jang paytida Temurbek 
va amir Husayn tarafdorlari o‘rtasida paydo bo‘lgan nifoqdir. Ammo, keyinchalik 
jangdagi mag‘lubiyat to‘g‘risida o‘zgacha rivoyatlar tarqala boshladi. Bu jang haqida 
L.Keren: “Yada nomli toshning sohibi bo‘lmish bir mo‘g‘ul afsungari tomonidan 


Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
 
246 
chaqirilgan yomg‘ir va to‘fon haqidagi rivoyat paydo bo‘ldi. Bu sehrli toshning 
xususiyatlaridan biriga ko‘ra, uning sohibi istagan vaqtda daxshatli yomg‘ir yog‘dira 
olishi mumkin ekan. Bundan ogohlantirilgan Ilyosxo‘ja qo‘shini suv o‘tmas o‘tovlar 
qurishgan, askarlari esa tunda o‘z borgohlarida xandaqlar qazishgan edi. 
Movarounnahrlik jangchilar esa suyak-suyaklarigacha ivib ketishdi. Buning ustiga 
tongni mijja qoqmay qarshilashdi. Tong saharda ular haddan tashqari holdan toygan, 
ivib shalabbo va g‘azabnok holda saf tortishdi. Jangda nam tortib, iplari bo‘shashib 
qolgan kamonlar hech qanday foyda bermadi. Mag‘lubiyat bilan tugagan bu jang 
“Loy jangi” nomi bilan tarixda qoldi”,- deb yozgan edi. [2.25.] 
A.Oripov Amir Temur obrazini yaratishda uning bunyodkorligi va go‘zallikga 
oshno ekanligini ochib berish maqsadida, uni janglar qurshovida emas, ko‘proq 
san’at ahli orasida, buyuk olim-u fuzalolar davrasida chizadi. A.Oripov she’riyat 
sultoni – Hofiz Sheroziyni drama sahnasiga kiritadi. Bu suhbatda jang san’ati va 
siyosatda dong taratgan Amir Temurning adabiyotga ham oshnoligini ham his etamiz.
Temur:
“Agar ko‘nglimni shod etsa o‘sha Sheroz jononi 
Qaro xoliga baxsh etgum Samarqand-u Buxoroni. 
Shundoqmi?
Samarqand-u Buxoro deb dunyoni oldim, bir xol uchun siz ulari hadiya 
etmishsiz. Shunchalikmi?” 
Hofiz: 
“Bisotimni g‘azallarga ulasha berib
Shundoq holga tushib qoldim, 
Nochor yupunman, 
Oqibatda majbur bo‘lib bitta xol uchun
Dunyodagi eng betakror ikki shaharni 
Samarqand-u Buxoroni hadya etganman”. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin