"rfS " ftsP dagi 7J



Yüklə 123,76 Kb.
səhifə2/8
tarix14.10.2022
ölçüsü123,76 Kb.
#65120
1   2   3   4   5   6   7   8
Намунавий дастур 2018 йил

Taqrizchilar:
Raximqulov K.D. - 0‘zbekislon Davlat jahon tillari universitcti “Jismoniy
madaniyat va sport” kafedrasi dotscnti.
Mokminov X.T. - Chilonzor pedagogika kollcji “Jismoniy tarbiya”
kafedrasi mudiri
Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitcti Kengashida kolrib chiqilgan va tavsiya qilingan (201J yil Jagi
7/ -sonli bayonnoma).

  1. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni

Oliy ta’limning fundamentalligi sport o‘yinlari (futbol, voleybol, basketbol, gandbol), gimnastika, yengil atletika, kurash va suzish kabi sport turlarining qonun qoidalarini kelib chiqishi va rivojlanish bosqicЫari, O‘zbekistonda bu sport turlarining bugungi kundagi ahvoli, sport musobaqalarini o‘tkazish usullari (aylanma, chiqib ketish va aralash), hakamlarning vazifalari va hakamlik qilish, musobaqalarga oid hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi, ta'lim muassasalarida va aholining turli qatlamlari orasida sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish va hakamlik qilish bo‘yicha ma’lumotlarga ega qilishga qaratilgan bo‘lib, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda asos sifatida qabul qilingan. Ushbu dastur tayyorlanayotgan kadrlarning ko‘nikma va malakalariga yuqori talablarni qo‘ymoqda. Shu talablar zamonaviy sharoitlardan bevosita kelib chiqqan bo‘lib, ularning maqsadi ta’lim olayotgan yoshlardan milliy intellektual kadrlarni shakllantirishdan iborat. Gumanitar ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘yilgan malaka talablari ichida sport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazish va hakamlik qilish faniga doir talablar alohida o‘rin tutadi. Bu esa jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasida o‘z ifodasini topdi.
Sport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazish va hakamlik qilish fani asosiy ixtisoslik fan hisoblanib 6-7 semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida berilgan umumiy psixologiya, umumiy pedagogika, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari, gimnastika va uni o‘qitish metodikasi, yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi, kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi, suzish va uni o‘qitish metodikasi, sport mahoratini oshirish kabi fanlardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlikni talab etadi.

  1. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi

Fanni o‘qitishdan maqsad - fan bo‘yicha talabalarni sport turlarining qonun qoidalari, musobaqalarni tashkil qilish, o‘tkazish usullari bilan tanishtirish va hakamlik qilishga o‘rgatish, sport turlarining qisqacha dastlabki qonun qoidalarini kelib chiqishi, nazariyasi, turkumlari, davrlari hamda musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish usullari haqida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishni ko‘zda tutadi. Ma'ruza, seminar mashg‘ulotlarida o‘qitishning faol uslublaridan foydalangan holda nazariy bilim beriladi va amaliy mashg‘ulotlarda esa ma'ruza va seminar mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarni talabalar amaliy ko‘rib bajarish orqali ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi.
Fanning vazifasi - fan bo‘yicha talabalarni sport turlarining o‘yin va musobaqa qonun qoidalarini mustahkam o‘rgatish, musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish usullarini, hakamlik qilishni o‘rgatish, sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish nizomini tuzish, musobaqalarga oid hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi, ta'lim muassasalarida va aholining turli qatlamlari orasida sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish va hakamlik qilish bo‘yicha ma’lumotlarga ega qilish, har bir sport turi bo‘yicha musobaqani aylanma, chiqib ketish va aralash usullarda o‘tkazish haqida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish ko‘zda tutiladi.
Sport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazish va hakamlik qilish fanini o‘qitishning maqsadiga erishish uchun belgilangan fanga oid vazifalar va topshiriqlarni bajartirish hamda mavzularni mazmun mohiyatini talablar darajasida o‘rgatish orqali amalga oshirishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:

  • O‘zbekistonda bu sport turlarining bugungi kundagi ahvoli;

  • sport o‘yinlari futbol, volеybol, baskеtbol, gandbol, yеngil atlеtika, kurash va suzish kabi sport turlarining qonun qoidalarini kеlib chiqishi va rivojlanish bosqichlari;

  • sport o‘yinlari МЬо1, volеybol, baskеtbol, gandbol, yеngil attetika, kurash va suzish kabi sport turlarining musobaqalarini tashkil qilish haqida bilimlarga ega bo ‘lishi kerak;

  • sport o‘yinlari (futbol, volеybol, baskеtbol, gandbol), yеngil atlеtika, kurash va suzish kabi sport turlarining qoidalari;

  • sport o‘yinlari (ШШо1, volеybol, baskеtbol, gandbol), yеngil attetika, kurash va suzish kabi sport turlarida hakamlik mеtodikasi;

  • sport turlaridan musobaqalarni o‘tkazish (aylanma, chiqib kеtish va aralash) usullari;

  • sport turlarida hakamlarning vazifalari, hakamlik qilishi shartlari va

hakamlarning ishoralarini;

  • sport turlarida musobaqalarga oid hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi haqida ko ‘nikmalarga ega bo ‘lishi kerak.

  • sport o‘yinlari (futbol, volеybol, baskеtbol, gandbol), yеngil atlеtika, kurash va suzish kabi sport turlarining qoidalari;

  • sport o‘yinlari (futbol, volеybol, baskеtbol, gandbol), yеngil atlеtika, kurash va suzish kabi sport turlarida hakamlik mеtodikasi;

  • sport turlaridan musobaqalarni o‘tkazish (aylanma, chiqib kеtish va aralash) usullari;

  • sport turlarida hakamlarning vazifalari, hakamlik qilishi shartlari va

hakamlarning ishoralarini;

  • sport turlaridan musobaqalar o‘tkazish nizomini tuzish;

  • sport turlarida musobaqalarga oid hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi;

  • sport turlaridan musobaqalarga tayyorlash haqida malakalarga ega bo ‘lishi kerak.

  1. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)

  1. modul. Yakka kurash sport turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazish va

hakamlik qilish.

  1. mavzu. Yengil atletika turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazish va hakamlik qilish.


Yüklə 123,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin