Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Status – muayyan individlar guruhining jamiyatdagi boshqa  a‘zolarga nisbatan ko‗proq e‘tirofga yoki prestijga ega bo‗lishi.  Struktura



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
oila

Status – muayyan individlar guruhining jamiyatdagi boshqa 
a‘zolarga nisbatan ko‗proq e‘tirofga yoki prestijga ega bo‗lishi. 
Struktura (lot. structura – tuzilish) – sistemaning tuzilishi va ichki 
formasi, mazkur sistema elementlari o‗rtasidagi barqaror o‗zaro 
aloqalarning birligini ifodalovchi tushuncha. 
Strukturalizm – tilni o‗rganishda vujudga kelgan, ijtimoiy va 
madaniy tizimlarning tuzilmasini aniqlashga qaratilgan nazariy yondashuv. 
Subyekt (lot. subjectus – asosiga qo‗ymoq) – amaliy faoliyat va 
bilim bilan bog‘liq bo‗lgan, obyektni bilishga qaratilgan faollik manbai. 
Tavsiflash – ifodalashning tanlangan tizimi yordamida tajribaga 
asoslangan sosiologik tadqiqotlar natijalarini qayd etish va bu natijalarni 
fan tushunchasida ifodalashdir. 
Tashkilot – hokimiyat munosabatlarining alohida turkumiga jalb 
etilgan individlarning katta guruhi. 
Tafakkur – predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari 
aniqlaydigan, ular o‗rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya‘ni qonuniy 
bog‘lanishlarni aks ettiradigan bilishning rasional bosqichi. 
Tashqi kuzatish – tadqiqot obyektini o‗ziga xosligi jihatidan 
sezdirmay anglangan va anglanmagan, tasodifiy yoki rejali shakllarda 
amalga oshiriladagan kuzatish turi. 
Tizim – o‗zaro munosabat va aloqada bo‗lgan, muayyan yaxlitlikni 
hosil qiluvchi ko‗p qismlar majmui. 
Totalitarizm – siyosiy boshqaruv shakli, unda butun hokimiyat 
uning siyosatidan norozi bo‗lganlarni terror qiluvchi, o‗zining sodiq 
odamlariga tayanuvchi diktator qo‗lida jamlanadi. 


250 
Turmush tarzi – ijtimoiy guruhlar, elat, halq, millatlarning kundalik 
hayotini ifodalovchi tushuncha. 
Tushunish – obyektiv olamdagi narsa va hodisalar haqida tasavvur, 
tushuncha, hukmlar hosil qilish va ularni ongdagi mavjud bilimlar bilan 
bog‘lashdan iborat aqliy jarayon. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin