Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə166/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

Reproduktiv – fikrlashni bir turi.
Referent guruh (lot. referens – xabar beruvchi) – kishi uchun e’tiborli bo’lgan, qadriyatlari, fikrlash hulq-atvor, normalari va qoidalarini so’zsiz tan oluvchi va ularni o’zi uchun qabul qiluvchi kishilar guruhidir.
Refleksiya – aynan o’ziga o’xshash odamlar obrazi orqali o’zi to’g’risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirish.
Rol – shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatidagi huquq va burchlaridan iborat.
Sezgi – qo’zg’atuvchilarning idrok a’zolari reseptorlaritga ta’siri tufayli vujudga keladigan, obyektiv dunyo xossalarining subyektiv in’ikosidir.
Sotsial individ – barcha kishilar uchun umumiy bo’lgan, belgilar, qurollar bilan ishlashda bog’liq bo’lgan maxsus insoniy tavsiflarni aks ettirish, jamiyatda qabul qilingan norma va qoidalarni hisobga olish, sosial vazifalarni bajarishdir. Gap shaxsiy yoki individual jihatlar to’g’risida ketayotgani yo’q.
Sotsial muhit – insonning aniq maqsadlar rejalar asosida faoliyat ko’rsatadigan dunyosi.
Sevgi – bu nafaqat xissiyot, balki boshqalarni seva olish qobiliyati va sevilish uning asosiy mezoni – “insoniy fazilatlar” hisoblanadi.
Simpatiya – o’zaro yoqtirib qolish, bu sevgining ilk bosqichi hisoblanadi. Bunda asosan sevgi obyektning tashqi jozibasi rol o’ynaydi.
Talant (grekcha talanron – dastlab o’lchov, mezon, keyin esa ko’chma ma’noda – qobiliyatlar darajasi) – inson qobiliyatlarining, eng avvalo u yoki bu turdagi faoliyatda ulkan yutuqlarga erishishini ta’minlovchi maxsus yuksak rivojlanish darajasi.
Tashabbuskorlik – xarakterning qimmatli xislati bo’lib, bu xislat ko’pchilik kishilarda ommaviy tus olgandir.
Temperament (lot. temreramentum – qismlarning tegishli muvofiqligi, mutanosibligi) – inson hulq-atvori va psixik jarayonlarining dinamik xarakteristikasi bo’lib, ularning tezligi, o’zgaruvchanligi, samaradorligi, ishchanligi va boshqalarda namoyon bo’ladi.
Tafakkur – turli masalalarni (nazariy va amaliy) yechishga qaratilgan va bu yumushni ado etishni (javob topishni) ta’minlaydigan ko’plab psixik jarayonlar, harakatlar, holatlardir. Tafakkurni funksional tizim sifatida jalb qilish qisman ongli, qisman odatlar, malakalar va asab tizimi tomonidan yuzaga keltirilgan insonning ilgarigi taraqqiyoti, tarbiyasi, o’z-o’zini shakllantirishdan iborat beixtiyor harakatlari tufayli amalga oshiriladi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin