Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi
Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi
Darsning blok sxemasi:
№
Darsning qismlari
Belgilangan vaqt.
1.
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2.
O`tilgan mavzuni takrorlash
12 daqiqa
3.
Yangi mavzu bayoni
14 daqiqa
4.
Mustahkamlash
12 daqiqa
5.
Baholash
2 daqiqa
6.
Uyga vazifa
2 daqiqa
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: 1. Yevropadagi buyuk ko‘chishlar davrida O‘rta Osiyo, xususan, hozirgi O‘zbekiston hududiga qanday qabila va elatlar bostirib kirgan?
2. Xaritadan german qabilalari yashagan hududlarni ko‘rsating. Yozuvsiz xaritaga german qabilalari yashagan hududlarni tushiring. Hozirgi paytda bu hududlar qaysi davlatlarga tegishli ekanligini aniqlang.
3. Sizningcha, 1, 2, 3-rasmlarni mazmunan nima birlashtiradi? O‘sha davr haqida ma’lumot bering.
4. Ilk o‘rta asr aholisi hayotidagi 3, 4-rasmlarda tasvirlangan narsalarning o‘rni va ahamiyatini izohlang. Bu narsalar o‘lkamizda ham bo‘lganmi?