Sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi


Mustahkamlash: Savol-javob o’tkazish



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə16/121
tarix18.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#144900
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   121
Ona tili va Adabiyot to\'garak [uzsmart.uz]

Mustahkamlash: Savol-javob o’tkazish
Baholash: Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. Uyga vazifa:Mustahkamlash
Sana:_________________ Sinf: ________________
Mavzu: BUYRUQ GAP
Darsning maqsad:
a) ilmiy maqsad - buyruq gaplar haqida ma'lumot berish;
b) tarbiyaviy maqsad - o’quvchilarni milliy an'analar ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad - mas'uliyat, o’ziga talabchanlik tuyg'usini shakllantirish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
sinfda, maktabda, oilada, mahallada va jamiyatda o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o‘zining burchini bilish, unga rioya qilish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning jihozi: buyruq gapning ramziy chizmasi.
Darsning rejasi
1. Buyruq gap haqida ma'lumot.
2. Buyruq gap kesimining ifodalanishi va tinish belgisi.
3. Buyruq gapni hosil qiluvchi vositalar.
Kirish topshirig'ini bajarish, grammatik qoidalarni o’zlashtirish asnosida buyruq gap kesimining ifodalanishiga alohida e'tibor qaratish lozim. Qo’shimchasiz shakli in bilan shartli belgilanadi. Quyidagi gaplar havola qilinadi.
1.0'zlashtirgan bilimlarni takrorlab tur.
2.Kitobingni menga berib turgin. -gin
3. Unga ayt, darsga vaqtida kelsin. -sin
4. Yo’l harakati qoidalariga rioya etingiz. -ingiz
Har bir gapning kesimi uning ma'nosi bilan aloqadorlikda tekshiriladi, sharhlanadi. Dars davomida mashqlarni ishlash jarayonida yuqoridagi gaplar qolipini aks ettiruvchi ramziy chizrna o’quvchilar ko’z oldida turishi kerak.
1.___________ =============
2. ------------------- =============
3. ------------------- =============
4. ------------------- =============
Mashqlardagi matn, har bir gap tahlilida buyruq gapni hosil qiluvchi vosita ko’rsatilishi, ramziy chizmadagi qaysi gap qolipiga tushishini aytish barobarida shu gap yoki matn ifodalayotgan ma'no ham izohlanishi lozim. Ayniqsa, buyruq gap shaklidagi nasihat mazmunini ifodalovchi hadis, maqol va hikmallar mazmuni o’zlashtirilganda, o’qituvchi tomonidan «Nega shunday?», «Nima muhim?», «Nega shunday qilish kerak?» qabilidagi savollar doimiy ravishda o’rtaga tashlanib turiladi. Bu o’z-o’zidan darsda bahs-munozara, tortishuv, suhbat shaklining tabiiy ravishda yuzaga kelishiga sababchi bo’ladi.
MUSTAHKAMLASH:

  1. Buyruq gaplar haqida ma’lumot bering.

  2. Buyruq gap tuzing.

  3. Buyruq gaplar oxiriga qanday tinish belgisi qo‘yiladi.


Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin