Saponinlarni gemolitik indeksini aniqlash. Jenshen


tajribada it qoni bo'yicha topilgan va 1 : 500 ga teng bo'lgan gemolitik indeks



Yüklə 60 Kb.
səhifə3/5
tarix22.05.2022
ölçüsü60 Kb.
#58990
1   2   3   4   5
Saponinlarni gemolitik ko\'rsatkichini aniqlash

tajribada it qoni bo'yicha topilgan va 1 : 500 ga teng bo'lgan gemolitik indeks

qo'y qoni bo'yicha ifodalansa 1:250 ga teng bo'ladi.

JENSHEN ILDIZI - RADICES GINSENG

JENSHEN ILDIZI - RADICES GINSENG

O'simlikning nomi: Haqiqiy jenshen -- Panax ginseng C.A.Mey;

Araliyadoshlar - Araliaceae oilasiga kiradi.

Ko'p yilik, bo'yi 30-70 sm ga yetadigan o't o’simlik. Ildizi sershox o'q ildiz

bo'lib, tashqi ko'rinishi ko'pincha odam gavdasiga o'xshaydi. Poyasi bitta,

ingichka, tik o'suvchi, bargi 2-5ta bo'lib, yuqori qismiga to'p holda joylashgan.

Bargi bandli, panjasimon murakkab, 5ta bargchadan tashkil topgan.

Bargchalari ellipssimon, o'tkir uchli, mayda tishsirnon qirrali, tuksiz, pastki

2tasi kalta bandli va kichkina, yuqorigi 3tasi uzun bandli hamda katta bo’ladi.

O’simlik sekin o'satdi. Yosh o'simlikda oldin bitta uch plastinkali barg hosil

bo’ladi. Keyin 5ta plastinkalikka aylanadi. So'ngra ikkinchi, uchinchi va

to'rtinchi barglar chiqadi. O'simlik 10-11 yoshga kirganida yuqori barglari

joylashgan yerdan gul o'qi vujudga keladi. Unga oddiy soyabonga to'plangan

gullar o’rnashgan. Gullari to'g’ri, ko'rimsiz, oq-yashil rangli bo'ladi.

Gulkosachasi besh tishli, tojbargi 5ta, oq yoki yashil rangga bo'yalgan. Otaligi

5ta, onalik tuguni ikki xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi - qizil,

buyraksimon, sersuv, danakchali meva.

Iyul oyida gullaydi, mevasi avgust-sentabrda pishadi. O'stiriladigan jenshen 5-

6 yoshga kirganida yig'iladi.

Geografik tarqalishi: Tayganing tog'li va salqin joylarida, tog'laming shimoliy qiyalarida, g'ovak va nam tuproqli yerlarda o'sadi. Xabarovsk, Primorsk o'lkalarida keng tarqalgan. Primorsk o'lkasining Anuchin, Kalinin, Chuguev va Yakovlev tumanlarida yig'iladi. Jenshen faqat Primorsk o'lkasida «Jenshen» xo'jaligida o'stirilar edi.Endilikda Shimoliy Kavkazning tog’li tumanlari va Ukrainada (Lubnada) ham o'stirila boshlandi.


Yüklə 60 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin