Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Tushuntirish matni
Quyuq ekstraktlardan foydalanib poroshoklar tayyorlash 
Oling: Belladonna ekstraktidan 0,01
Vismut nitrat asosidan
Natriy gidrocarbonatdan teng miqdorda 0,2
Aralashtiring poroshok xosil bo‘lsin
Shunday dozadan 10 dona bering.
Belgilang. Bitta poroshokdan og‘riganda.
Pasport: Belladonnaquyuq ekstraktidan 0,1
Vismut nitrat asosidan 2,0
Natriy gidrokarbonatdan 2,0
0,41 g №10
Texnologiyasi
:
Havonchaga natriy gidrokarbonat solib maydalanadi va uni qog‘ozga olib 
qo‘yiladi. qo‘l tarozida filtr qog‘ozga 0,1 gquyuq beladonna ekstrakti (1:1) tortib olinadi va uni 
xovoncha dastasi boshchasiga yopishtiriladi. Filtr qog‘ozning orqa tomonidan 20% etanol 
tomizilib yoki suv bilan xullab filtr qog‘oz ajratib olinadi. Ekstrakt xovonchada 1-2 tomchi spirt 
bilan eziladi va vismut nitrat qo‘shib aralashtiriladi, so‘ngra oldindan maydalab qo‘yilgan natriy 
gidrokarbonat 2-3 bo‘lakka bo‘lib toki sochiluvchan bir xil poroshok xosil bo‘lguncha yaxshilab 
aralashtiriladi. Tayyor poroshok 0,41 g dan 10 mumli yoki parafmli kapsulaga qadoqlanib, 
qog‘oz xaltachaga solinadi.
Quruq ekstraktlardan foydalanib poroshoklar tayyorlash 
Oling: Belladonna ekstraktidan
Papaverin gidrohloriddan teng miqdorda 0,015
Natriy gidrocarbonatdan 0,5
Aralashtiring, poroshok xosil bo‘lsin.
Shunday dozadan 6 dona bering.
Belgilang. Bitta poroshokdan 3 maxal ichilsin.
(quruq ekstraktidan foydalaning)
Pasporti: Belladonna quruq ekstraktidan 1:2 0,18
Papaverin gidroxloriddan 0,09
Natriy gidrokarbonatdan 3,0
0,545 g №6
Texnologiyasi: 
3,0 natriy gidrokarbonat hovonchada maydalanadi va uni qog‘ozga olib
qo‘yiladi. 0,18 g quruq belladonna eksvtraktidan (1:2) nisbatda olib, uni oz ozdan maydalangan 
natriy gidrokarbonat bilan aralashtiriladi. Ustiga papaverin gidroxloriddan qo‘shib bir xilda 
massa xosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Papaverin gidroxlorid В ro‘yxatiga mansub, uni dozalari 
tekshiriladi, dozalari oshmaganligi ma'lum bo‘lgandan so‘ng tayyorlanadi. Tayyor bo‘lgan 
poroshok 0,545 g dan mumli yoki parafinli kapsulaga qadoqlab, qog‘oz xaltachaga solinadi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin