Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Aseptika sharoitida tayyorlanadi:
- infusion eritmalar;
- tana bo’shliqlarini yuvish uchun mo’ljallangan eritmalar; 
- chaqaloqlar va bir yoshgacha bo’lgan bolalarga mo’ljallangan eritmalar; 
- antibitiklar saqlaydigan eritmalar; kuygan yuza va ochiq yaralarga mo’ljallangan dori 
preparatlari;
- ko’z dori turlari;
22
1. Har xil kukunlar, miksturalar, emulsiyalar va h. k. Shuni qayd etish lozimki, odam 
organizmiga yuborilayotgan bu dori mahsulotlari steril bo’lishi shart emas. Og’iz bo’shligida 
mikroblar juda ko’p bo’ladi va me’dadagi kislotali sharoit mikroorganizmlarni bartaraf etadi 
hamda ichakdan badanga so’rilish vaqtida mikroorganizmlar, ularning tanachalari tabiiy ravishda 
filtrlanib toza dori modda so’riladi.
2. Odam organizmiga igna orqali yuboriladigan, qon tomiriga qo’yiladigan dorilar, albatta 
steril — ya’ni mikroblardan holi bo’lishi kerak. Bu maxsus dori guruhlari umumiy in’yeksiya 
nomi bilan yuritiladi (injestiones). Bu xildagi dori sachratma (injectio) va quyiladigan (infusio) 
shakllarida bo’lishi mumkin. Birinchisida suyuqlik juda ko’p miqdorda bo’ladi va u Bobrov 
apparati yoki boshqa moslamalar bilan odam organizmiga yuboriladi.
Ko’zga tomiziladigan dorilar ham albatta steril bo’lishi lozim.
3. Nosteril holda beriladigan dorilar hisobiga turli-tuman surtma dorilar, kukunsimon (unga 
o’xshash) sepmalar va malhamlar kiradi. Lekin bu dorilarni ham mikroblardan tozalash foydadan 
holi emas. Chunki, bir necha bor nosteril sepmalardan foydalanilganda qoqshol (stolbnyak) 
kasalligiga chalinish mumkin.
4. Yangi tugilgan va bir yoshgacha bo’lgan bolalar uchun qo’llaniladigan dori preparatlari 
albatta steril holatda tayyorlanishi shart. Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
ko’rsatmaga asosan yangi tug’ilgan bolalar uchun tayyorlanadigan hamma dori preparatlari va 1 
yoshgacha bo’lgan bolalar uchun tayyorlanadigan suyuq dori shakllari albatta steril holda 
tayyorlanishi shart. Dorixonalarni va ayrim shifoxona holidagi dorixonalarning dorixatlarini 
o’rganish shuni ko’rsatadiki, yangi tugilgan bolalar uchun ishlatiladigan dori tarkibi xilma-xil 
bo’lib, uning soni 130 ga yakin. Bundan 30 foiz tayyor turdagi zavod mahsuloti bo’lsa, 70 foizi 
dorixonada yakka buyurtma asosida tayyorlanadigan dori preparatlari hisoblanadi.
22
Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология. Изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».-
Москва.-2016. (760 bet)


Adabiyotlarda keltirilishicha, qattiq dori shakllari mikrob rivojlanishida noqulay sharoit 
hisoblansa, dori tayyorlash jarayonidagi ayrim holatlar mikroorganizmlar rivojlanishi uchun 
qulayliklar yaratadi. Masalan, tabletka tayyorlashdagi ho’l granulyasiyalash. Pankreatin, talk, 
analgin, glyukoza, shakar va shunga o’xshash dori moddalar esa mikrob rivojlanishi uchun ayni 
sharoit hisoblanadi.
Dorixonalarda tayyorlanadigan elaki dorilar sepma dori shakllarining 45 foizini tashkil 
qiladi. Ularni steril holda tayyorlash ancha mushkul, chunki tarkibidagi ayrim qo’shilmalar termik 
ta’sirga chidamsiz bo’lsa, ba’zilari ayni shu keltirilgan tarkibda issiqlik ta’sirida buziladi. Bu hol 
yosh bolalar uchun ishlatilishi lozim bo’lgan tarkibdagi qattiq dori shakllarini o’rganish va ularni 
tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish masalasini qo’yadi. Bu sohada sterillash usullaridan 
qulayini tanlab, moddalarni alohida sterillab, so’ngra aseptik sharoitda tayyorlash ham mumkin.
Agar kukun tarkibi issiqqa chidamli bo’lsa, uni tayyorlab, so’ngra sterillash kerak. Mikroblar 
rivojlanishi uchun eng qulay sharoit bu suyuq dori shakllaridir. Ularni albatta steril sharoitda 
tayyorlab, tarkibiga kiradigan dori va yordamchi moddalar sterillanib tayyorlangandan so’ng, 
mumkin bo’lsa yana sterillanishi kerak.
Hozirgi kunda yosh bolalar uchun ishlatiladigan bu dori shaklining 50 foizi tayyorlash usuli 
mukammal o’rganilib dorixonalarga tatbiq etilgan. Ichishga mo’ljallangan eritmalar tozalangan 
suvda, aseptik usulda stabilizator va konservantlar qo’shmasdan tayyorlanadi.
Ish jihozlari, xonalar, asbob-uskuna, ishlovchi dorivorlar aseptik sharoitda ishlash talablariga 
mos, 581-buyruqdagi gigiyenik normalarga to’gri keladigan sharoitda tayyorlanadi. Eritmalar 
tayyorlangandan so’ng avtoklavda 120
0
C 1,1 ortiqcha atm bosimda sterillanadi.
Shifoxonalarda ishlatiladigan eritmalar bir martalik 10-20 ml iste’mol hajmda chiqariladi. 
Bir yo’la bir necha bolalarga mo’ljallangan hajmda ham chiqarilishi mumkin (50-100 ml), ammo 
bunday holda 200 ml gacha bo’lgan hajmda chiqariladi.
Shifoxona bo’limlarida flakonlarni ochish va quyish aseptika sharoitida olib boriladi. 
Ochilgan idishlarda qolgan eritmalarni saqlash man etiladi. Yakka tartibdagi dorixonalar bilan 
dorixonadagi bunday eritmalar 100 ml gacha hajmda tayyorlanishi mumkin. Uni sovitgichda 2 
sutkagacha saqlab ishlatish mumkin.
Surtma dori, suyuq surtmalar va sham dorilar tarkibi alohida sterillanib, aseptik usulda 
tayyorlanadi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin