Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə291/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   444
farmatsevtik texnologiya

KO’Z TOMCHILARI
Ko’z tomchilari suyuq dori shakllaridan bo’lib, ularga tomchilarda dozalanadigan suvli, 
moyli eritmalar, suspenziya va emulsiyalar kiradi.
Suvli eritmalar — juda nozik va sezuvchan, shu bilan birga kasallangan a’zo — ko’zga 
berish uchun tayyorlanib, ular quyidagi shartlarga asosan tayyorlanishi zarur.
Sterillik: ko’z tomchilari ko’z shilliq pardasini infeksiya tushishidan saqlash uchun 
sterillangan bo’lishi lozim. Normada ko’z yoshi suyuqligi tarkibidagi lizotsim ko’z 
kasalliklarining oldini oladi. Ko’z kasalliklarida lizotsim odatdagidan kam bo’ladi va ko’z shilliq
pardasini mikroorganizmlarning ta’siridan saqlay olmaydi.
Kasal ko’zni sterillanmagan tomchilar bilan davolash og’ir oqibatlarga, ba’zan ko’rish 
qobliyatining yo’qolishiga ham sabab bo’ladi. Ko’z tomchilarini tayyorlash paytida ularning 
sterilligiga sterilizatsiya va aseptika yordamida erishiladi. Ammo ko’z tomchilarini birinchi bor 
ishlatishdayoq (ochiq sklyankalar) ularda mikroflora urug’lay boshlaydi. Shuning uchun qizdirib 
sterilizatsiya qilish bilan birga ko’z tomchilariga konservantlar qo’shish ham zarur. Bunday 
tomchilarni uzoq vaqt ishlatish davomida va saqlashda ularning sterilligi saqlanadi. Ko’z 
tomchilarini termik sterilizatsiya qilish usuli dori moddalari qizdirilgan vaqtda eritmada turg’unlik 
darajasini aniqlash bilan tanlanadi. Bug’ yordamida sterilizatsiya bosim ostida 120°C da 8 daq. 
davomida olib boriladi.
Bu usul issiqlikka chidamli modda eritmalari uchun eng ishonchli va samaralidir. qizdirishga 
chidamsizroq moddalar oquvchan bug’ bilan 100°C da 30 daq. davomida sterilizatsiya qilinadi. 
Bakterial filtrlash aseptik sharoitda juda mayda g’ovakli (g’ovak diametri 1-2 mkm) steril filtrlar 
yordamida korxona sharoitida olib boriladi. Sterilizatsiya qilish usulidan qat’iy nazar ko’z 
tomchilarini aseptik sharoitda tayyorlash kerak. Sterilizatsiya qilinmaydigan ya’ni issiqlikka 
chidamsiz modda eritmalaridan ko’z tomchilarini aseptik sharoitda tayyorlash o’ziga xos 
ahamiyatga ega.
Ko’p moddalar olimlar tomonidan ko’z tomchilarini mikroorganizmlar ta’siridan saqlashda 
— konservant sifatida o’rganilgan. Ayniqsa, kasallik qo’zgatuvchi bakteriyalar, stafilokkoklar, 
ichak tayoqchalari, ko’k-yashil yiring bakteriyasi, achitkilar va mog’or zamburug’iga qarshi 
quyidagi antiseptiklar samarali ta’sir ko’rsatadi: mertiolat — 0,005%, xlorbutanolgidrat — 0,5%, 
benzalkoniy xlorid — 0,01%, setilpiridiniy xlorid — 0,01%, fenil simob nitrat (borat, atsetat) —
0,004% gacha, paragirooksi benzoy kislotasining metil va propil efirlari aralashmasi (nipagin va 
nipazol) 0,15% gacha, levomitsetin — 0,2 % li eritmasi 2% li borat kislotasi bilan birgalikda.
Izotoniklik: ko’z tomchilari ko’z yoshi suyuqligiga nisbatan izotoniklikni talab qiladi 
(quyidagi hollardan tashqari: qachonki dori modda katta konsentratsiyada yozilgan bo’lsa va 
kollargol, protargol eritmalaridan tashqari). Ko’zga izotonik bo’lmagan eritmalar yuborilsa og’riq 
paydo bo’ladi. Ammo ko’z tomchilarini izotonik qilish shart bo’lgan qonunga hamma dorixonalar 
ham rioya qilavermaydi. Agar ko’z tomchilarida dori moddaning miqdori 3% gacha bo’lsa, natriy 
xloridning izotonik eritmasida yoki boshqa izotonik eritmalarda hech qanday hisob qilmasdan 
tayyorlashga ruxsat etiladi. Bu bilan ularning ishini birmuncha osonlashtirish mumkin. Ba’zi 
farmakopeyalarda (AKSH) bunga ruxsat etiladi. Ko’z tomchilari yana izogidriklik talabiga javob 
bersa, maqsadga muvofiqdir. Adabiyotlarda berilishicha pH=7,3–9,7 bo’lgan eritmalar ko’zga 
tomizilganda og’riq paydo qilmaydi.
Turg’unlik: ko’z tomchilaridagi erigan dori moddaning barqarorligi ta’minlangan bo’lishi 
kerak. Termik sterilizatsiya va ko’z eritmalarini shisha idishda uzoq vaqt saqlash ko’p dori 
moddalarning (alkaloidlar, antisintetiklar va boshqalar) oksidlanishi va gidrolizlanishi natijasida 
buzilishiga olib keladi.
Turg’unlikni oshiruvchi moddalarga quyidagilar kiradi: konservantlar, muhit — pH ini tutib 
turuvchi moddalar va oksidlanishdan saqlovchi moddalar. Ko’z tomchi shaklida ishlatiladigan dori 
moddalar eng ko’p turg’unliklari eritmaning pH ga bog’liq holda 3 ta guruhga bo’linadi.
1. Birinchi guruhga alkaloid tuzlari va sintetik azotli asos tuzlari, kislotali muhitda 
oksidlanmaydigan va gidrolizlanmaydigan moddalar kiradi. Bu moddalarni turg’unlashtirish 


uchun 1,9-2% konsentratsiyali borat kislotasi tavsiya etiladi. Borat kislotasi atropin sulfat, 
pilokarpin gidroxlorid, skopolamin gidrobromid, dikain, novokain ko’z tomchilari turg’unligini 
oshirishda foyda beradi.
2. Ikkinchi guruhga kuchsiz kislotali va neytral muhitda barkaror bo’lgan dori moddalar: 
benzilpenitsillin, streptomitsin, levomitsetin tuzlari kiradi. Bu dorilarni turg’un qilish uchun har xil 
bufer aralashmalar, natriy sitrat va boshqalar ishlatiladi.
3. Uchinchi guruhga ishqoriy muhitda barkaror bo’lgan dorilar: sulfatsil natriy, norsulfazol-
natriy va boshqalar kiradi. Ularni turg’unlashtirish uchun natriy ishqori, natriy gidrokarbonat, 
natriy tetraborat, pH ko’rsatkichi ishqoriy bo’lgan bufer aralashmalar qo’llaniladi. Oksidlanuvchi 
modda eritmalari — ko’z tomchilarini turg’unlashtirish uchun oksidlanishga qarshi moddalar: 
sulfit va metabisulfit natriy, ya’ni in’yeksiya uchun ishlatiladigan eritmalarni oksidlanishdan 
to’xtatishda foydalanadigan moddalar ishlatiladi. Masalan, 30% li sulfatsil- natriy eritmasi 0,5% li 
metabisulfit natriy bilan, 1% li etilmorfin gidroxlorid eritmasi esa 0,1% li metabisulfit natriy bilan 
turg’unlashtiriladi.
Ko’z tomchilari mumkin kadar o’zok davom etadigan ta’sirga ega bo’lishi kerak. 
Yopishqoqlikni oshirish bilan suvli eritmalar ta’sir qilish muddatini uzaytirish mumkin. Bu 
maqsadda polivinil spirti, metilsellyuloza, natriy karboksimetilsellyuloza ishlatiladi. Bu moddalar 
ko’zning ko’rishini xiralashtirmaydi va yaxshi yopishqoqlik xususiyati bilan unga nojo’ya ta’sir 
ko’rsatmasdan ko’z uchun zarur vazifani ta’minlaydi.
PVS, KMS (1,5%) va MSning (0,5%) li suyultirilgan eritmalari oson sterillanadi va 
saqlanganda tinikligicha qoladi. Ko’z tomchilari uchun 5-15 sP yopishkoklik eng qulay 
hisoblanadi. Yopishqoqlik 40-50 sP dan oshmasligi kerak, agar bundan oshsa dozalash 
qiyinlashadi. Tiniqlik: ko’z tomchilari juda tiniq va ko’z pardasini mexanik jarohatlaydigan 
muallaq zarrachalar saqlamasligi kerak. Ko’z tomchilarini oliy navli filtrlovchi qog’ozlar orqali 
filtr ostiga uzun tolali paxta bo’lagini qo’yib filtrlanadi. Filtrlab bo’lgandan keyin eritma 
konsentratsiyasi va umumiy og’irligi belgilangan normadan ortib yoki kamayib ketmasligi kerak. 
Dorixona retsepturasida tez-tez takrorlanib turadigan tarkiblarni o’rganish asosida oldindan, 
ma’lum muddatga tayyorlab turadigan konsentratlarni ishlatish oz miqdordagi suyuqliklarni 
filtrlashdagi noqulaylikdan xalos qiladi.
Olimlar tomonidan ko’z tomchilarining sifatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, 
dorixonalarda ularni oldindan tayyorlab qo’yiladigan turlarini ko’paytirishga olib keldi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin