Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Qotishma tipdagi surtma dorilar texnologiyasini ayting. Mustaqil bajarish uchun retseptlar



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə319/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   444
farmatsevtik texnologiya

8.
Qotishma tipdagi surtma dorilar texnologiyasini ayting.
Mustaqil bajarish uchun retseptlar
1. Oling: Kamfora surtmasi 12,0
Bering. Belgilang. So’rtish uchun.
2.Oling: Kamfora 0,2 
Mentol 0,1
Suvsiz lanolin 5,0 
Vazelin 5,0
Aralashtiring. Bering. Belgilang. Sirtga.
3.Oling: Rezortsin 0,3 
Vazelin 10,0
Aralashtiring. Bering. Belgilang . Sirtga 
4.Oling: Mentol 03
Sariq mum 2,0
Aralashtiring. Bering. Belgilang. Sirtga qo’llash uchun.
5.Oling: Skipidar moyi 10,0
Sariq mum 15,0 
Kungaboqar moyi 5,0 
Vazelin 10,0 
Kamfora 2,0
Aralashtiring. Bering. Belgilang. Sirtga qo’llash uchun.
6.Oling: Anestezin 0,25 
Mentol 0,1 
Vazelin 20,0
Aralashtiring. Bering. Belgilang. Sirtga.
7. Oling: Kanakunjut moyi
Shaftoli moyi teng miqdorda 25,0 
Mum 15,0 
Lanolin 10,0
Aralashtiring. Bering. Belgilang. Sirtga.
8.O1ing: Mum 4,0
Spermatset 32,0 
shaftoli moyi 34,0
Aralashtiring. Bering. Belgilang. Sirtga.
Uslubiy ta’minot va mashg‘ulot jihozlanishi:
Dori moddalari, asos, havoncha, havoncha 
dastasi, og’zi keng shish idishlar, “Sirtga”, “Salqin joyda saqlansin” degan yorliqar, DF X; XI; 
ma’ruza, darslik, prezentatsiyalar, ma’lumotnomalar, adabiyotlar, tarqtma materiallar.
** Mustaqil tayyorlash uchun savollarning muhokamasini zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarning “
Loyiha” va “Tushunchalar tahlili” usulidan
foydalanib o‘tkaziladi. 
Asosiy matn
XI DF ta’rifi bo’yicha surtma dorilar deb, bir yoki bir necha dori moddalarni moy yoki 
moysimon moddalar bilan aralashtirib tayyorlangan yumshoq dori shakliga aytiladi.
Surtma dorilar 
- teri, ko’z, otorinologiya (tomoq-bo’run), ginekologiya, proktologiya va 
boshqa kasalliklarda ishlatiladi. Ularning ishlatilishiga qarab bo’linishi quyidagicha: 1. 


Dermatologik. 2. Nazal 3. Oftalmologik 4.Uretral, rektal, vaginal surtma dorilari.
Surtma dorilari mahaliy va umumiy ta’sir ko’rsatadi. Kosmetika. surtma dorilari alohida 
guruhni tashkil qiladi. Surtma dorilarni tayyorlash XI DF "Surtma dori" maqolasi ko’rsatmasiga 
binoan surtma dori tarkibiga kiruvchi dori moddalar, ularning fizik- kimyoviy xususiyatlariga 
qarab kiritiladi. Ulaming bir- birida erish yoki erimasliklariga qarab eritma, suspenziya, emulsiya 
va aralashma shaklidagi surtma dorilar tayyorlanadi.
Agar dori modda asosda erisa, u holda uni asosda eritiladi. Suvda erisa oz miqdordagi suvda 
eritib lanolin bilan emulgirlanib, suv va asosda erimasa suspenziya holida qo’shiladi. Rezortsin va 
sink sulfat bundan istes’no (ular suvda erisa ham, suspenziya holida qo’shiladi, ko’z surtma 
dorilaridan tashqari).
Agar surtma dorilar ofitsinal bo’lsa (U III, IX, X DF siga kiritilgan bo’lsa) u holda shu DFga 
kirgan tarkib bo’yicha tayyorlanadi. Agar dorixatda qаnday asos ishlatilishi ko’rsatilmagan bo’lsa, 
MTH – me’yoriy - texnik hujjatlarda tasdiqlangan asoslar olinishi shart. Protargol, kollargol va 
tanin surtma dorilar ga faqat suvli eritma holida qo’shiladi.
Surtma dori tarkibiga kiruvchi quruq va quyuq ekstraktlarni oldin baravar miqdordagi spirt-
glitserin-suv (1:3:6) aralashmasi bilan ezib olib so’ngra asos qo’shiladi. Dori shakli taribiga 
uchuvchan, hidli moddalar kirsa, ularni oxirida sovutilgan asosga qo’shiladi (agar asos isitib 
eritilgan bo’lsa).
Surtma dorilar og’irlik bo’yicha tayyorlanadi. Agar dorixatda dorilarni kontsentratsiyasi 
ko’rsatilmagan bo’lsa, u holda 10 % li qilib tayyorlab beriladi (А va В ro’yxatdagi preparatlardan 
tashqari). Surtma dorilada ishlatiladigan asoslar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
-gidrofob;
-gidrofil; 
-difil asoslar.
1. Lipofil yoki gidrofob asoslar, suvda erimaydi, ularga quyidagilar kiradi:
a) uglevodorodlar (vazelin, parafin, tserezin, vazelin moyi, naftalan nefti va boshqalar);
b) yog’lar (hayvon va o’simlik yoglari, gidrogenizatsiyalangan yog’lar);
v) yog’simon moddalar (lanolin, Sariq mum);
g) silikonlar (Esilon-5)
2. Gidrofil asoslar, ular suvda erib va boshqa polyar suyuqliklar bilan aralashadi. Lipofil moddalar 
bilan esa aralashmaydi. Bu asoslarga quyidagilar kiradi: 
a) tabiiy va sun’iy yuqori molekulali birikmalarning geli;
b) adsorbtsiya gidrofil asoslari;
v) yuqori dispers gidrofil-bentonitlarning geli;
g) fitosterin asoslar;
Surtma dorilarni tayyorlash quyidagi bosqichlardan iborat: Asos tanlash, tortib olish, eritish, 
preparatlarni tortib olish, maydalash, asos bilan aralashtirish, sifatiga baho berish, idishga joylash, 
kerakli yorliq yopishtirish, bemorga berish uchun tayyorlash. surtma dorilarni bemorga berishda 
«Sirtga», shuningdek quyidagi ehtiyot yozuvlari /yorliqlari/ bo’lishi lozim «Salqin joyda 
saqlansin!», «Qorong’i joyda saqlansin!» va boshqalar.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin