Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə408/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   404   405   406   407   408   409   410   411   ...   444
farmatsevtik texnologiya

6-semestr
1. Oddiy va murakkab fitoichimliklar tayyorlash, sifatini baholash.
2. Juvalash usuli bilan shamchalar tayyorlash. Tayoqchalar, ularni hisoblash va sifatini 
baholash.
3. Quyish usulida shamcha tayyorlash. Shamchalarga dori moddalarni qo‘shish qoidalari.
4. Gomogen surtma dorilar (eritma, qotishma) tayyorlash.
5. 5% gacha va undan ko‘p dori moddasini saqlagan suspenzion surtma dorilar tayyorlash. 
Sifatini baholash.
6. Pastalar. Rux pastasi, salitsil-rux pastasi va boshqa pastalar tayyorlash va sifatini baholash.
7. Moy/suv va suv/moy tipidagi emulsion surtma dorilar tayyorlash. Sifatini baholash usullari.
8. Kombinirlangan tipdagi surtma dorilar tayyorlash qoidalari, sifatini baholash. 
9. Linimentlar. Gomogen va suspenzion linimentlarning xususiy texnologiyasi, sifatini 
baholash.
10. Emulsion va kombinirlangan tipdagi linimentlarni tayyorlash, ularning sifatini baholash.
11. Aseptika. Oson oksidlanadigan, termolabil va turg‘un bo‘lmagan moddalar saqlagan 
in’yeksion eritmalarning xususiy texnologiyalari.


12. Kuchli asos va kuchsiz kislota, kuchli kislota va kuchsiz asosdan tashkil topgan tuzlardan 
in’yeksion eritmalar tayyorlash.
13. Izotonik konsentratsiyani Vant-Goff, Raul usullari va natriy xlor bo‘yicha ekvivalenti 
yordamida hisoblash.
14. Infuzion eritmalarning xususiy texnologiyasi (Ringer, Ringer-Lokk, Filatov, Disol, Trisol va 
boshqa eritmalar).
15. Ko‘z tomchilari, namlamalari texnologiyasining o‘ziga xos tomonlari, ularning sifatini 
baholash.
16. Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan poroshoklar, eritmalar texnologiyasi va ularni sifatini 
baholash.
17. Ko‘z surtmalari. Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan yumshoq (surtma va shamchalar)
dorilar texnologiyasi.
18. Dori shakllarini tayyorlashda uchraydigan nomutanosibliklarni aniqlash va bartaraf etish 
usullari.
Laboratoriya mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan laboratoriya xonalarida 
guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv 
usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar 
qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. Laboratoriya mashg’ulotlarda talabalar ma’ruza mavzulari 
bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarini vaziyatli masalalar, keyslar orqali yanada boyitadilar. Shu 
bilan birga, darslik va o’quv qo’llanmalar asosida talabalar bilimini mustahkamlashga erishish, 
tarqatma materiallardan foydalanish orqali talabalar bilimini oshirish, mavzullar bo’yicha 
taqdimotlar va boshqalar tavsiya etiladi.
“Farmatsevtik texnologiya” fani bo‘yicha laboratoriya o‘tish davrida talabalar amaliy 
ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   404   405   406   407   408   409   410   411   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin