Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Pasporti
: Shaftoli moyidan 20,0
Jelatozadan 10,0
Birlamchi suv (20q10):2=15 g
Ikkilamchi suv 200-(20q10q15)=155 ml
Umumiy og‘irlik 200 g


Texnologiyasi: 
Hovonchada 10 g jelatoza 15 ml suv bilan aralashtiriladi. So‘ng unga oz-
ozdan 20 g shaftoli moyi (bodom moyi, zig‘ir moyi) qo‘shib bir tomonga qarab aralashtiriladi. 
Bunda o‘ziga xos chirsillagan tovush chiqishi kerak. Bu birlamchi emulsiya hosil bo‘lganini 
bildiradi. Emulsiyaga bir tomchi suv tomizilsa, u idish devorida oq iz qoldirib oqadi. So‘ng oz-
ozdan qolgan 155 ml suv aralashtiriladi. Tayyor emulsiya dokadan suzilib belgilangan qungir 
idishga solinadi.
Emulsiyalarga dori moddalarni qo‘shish
Ba‘zi bir dori moddalarni tanaga yuborishda emulsiya o‘ziga xos asos sifatida qo‘llaniladi. 
SHu bilan birga dorilarning munosabati hamda fizik-kimyoviy tuzilishi natijasida 
muvofiklashgan murakkab tarkib hosil bo‘ladi. Emulsiyalarga dori moddalarni qo‘shishda 
fazalarning turiga ham ahamiyat beriladi. Bir xil modda yog‘da eriydi, lekin suvda erimaydi, 
boshqasi aksincha, suvda eriydi, lekin yog‘ bilan aralashmaydi. Ko‘pincha emulsiyaga 
kiritiladigan moddalar xech kaysi fazada erimaydi. Ba‘zi bir qo‘shiladigan moddalarning 
xossalariga qarab murakkab emulsiyalarni tayyorlash aniqlanadi.
Yog‘li emulsiyalarga dori moddalarni qo‘shish
Magizdan tayyorlangan emulsiyalarga o‘xshash, eriydigan dori moddalar 1 qism suvda 
eritilib, birlamchi emulsiya suyultiriladi. Nastoykalar va boshqa suyuq galen preparatlari tayyor 
emulsiyalarga qo‘shiladi. yog‘da eriydigan dori moddalar (fenilsalitsilat va benzonaftoldan 
tashkari) oldin yog‘da eritilib, keyin yog‘li eritma emulgirlanadi. Emulgator miqdorini 
hisoblashda yog‘ning miqdori emas, yog‘li eritma miqdori hisobga olinadi.
Rp.: Emulsi Oleosi 200,0
Natrii bromidi 3,0
Coffeini-natrii benzoatis 1,0
Anaesthesini 2,0
Extr. Belladonnae spissi 0,15
M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin.
Pasport.: Shaftoli moyi 20,0
Anestezin 2,0
Jelatoza 11,0
Birlamchi suv 16,5
(20,0q2,0q11,0):2 =16,5
Koffein natriy benzoat 1,0
Belladonna ekstrakti quyuq 0,15
Ikkilamchi suv 150,5
200 –(20q2q11q16,5) =150,5
Umumiy og‘irlik =202,2

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin