Jemni qaysi mevalardan tayyorlash mumkin
Pishiriladigan jem quyuq chiqishi uchun, uni pektin moddasini o„ziga
saqlovchi mevalardan tayyorlash kerak bo„ladi. Uncha yaxshi pishmagan
ba„zi mevalarda pektin miqdori ko„proq bo„ladi.
Quyidagilar o„zida ko„p pektin moddasini saqlaydi:
- olma;
- qora va qizil qorag„at;
- behi;
- krijovnik;
- olxo„ri;
- sitrus mevalar po„sti
Olcha, maymunjon, nok va qulupnayda pektin juda oz miqdorda bo„ladi.
Agar siz shu mevalardan jem tayyorlashga qaror qilgan bo„lsangiz, unda
unga pektin kukunidan yoki uni o„zida saqlovchi mevalardan solishingiz
kerak bo„ladi.
To„g„ri qaynatish
Jem tayyorlashda ishlatladigan mevalarni
yaxshilab yuvish,to„g„rash,
so„ng ularning qurishi, ya‟ni ortiqcha suvidan xalos etish uchun chetga bir
oz muddatga qoldirish kerak. So„ng ularni ko„p miqdordagi suvda
yumshagunicha qaynatiladi va undan keyingina shakar solinadi. So„ng
olovni balandlatib, muntazam kovlab turib, quyulgunicha qaynatiladi.
Xuddi murabbo kabi jem tayyorlashda ham bir necha
qoidalarga amal
qilish kerak bo„ladi:
xuddi murabboga o„xshab, jemni ham sirlangan, qalin idishlarda yoki
qozonda qaynatish kerak;
shakar va meva 1:1 - teng miqdorda
solinishi, agar meva juda shirin
bo„lsa, unda shakar ozroq kamaytirilishi kerak;
yirikroq shakardan solsangiz, u sust erishi sabab ham pishiriladigan
jemingiz mazaliroq chiqadi;
agar jemga
ozroq limon kislotasi solinsa, unda u mevalardagi pektin
moddasini tortib olinishiga yordam beradi;
sersuv mevalarni suv solmasdan tayyorlash mumkin, lekin tayyorlanish
jarayonida tagi olmasigi uchun uni muntazam kovlab turish talab
qilinadi;
agarda jemga pektin kukuni solmoqchi bo„lsangiz, unda uni jemning
tayyor bo„lishiga 5 daqiqa qolganida solib, aralashtiring. Pektinni
shakar
yoki shakarli qiyom bilan aralashtiring, so„ng jemga solib, bitta qaynatib
oling. So„ng olovni o„chiring;
jemni muzdek likopchaga tomizib ko„ring, tomchi oqib ketmasa, demak
jem tayyor bo„lgan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: