Qatlama xamir tayyorlash Un miqdorini ikkiga bo„lib, bir qismiga sariyog„ aralashtiriladi va 2 sm
qalinlikda turtburchak qilib, bir oz vaqt sovuq joyga olib qo„yiladi.
Qolgan qismiga 7 g stakan suv, ozgina tuz va limon sharbati solib xamir
qoriladi. Xamir ustiga sochiq yopib, 30 minut tindiriladi, sung yana
juvalanadi. Juvalangan xamir jildi yog„li xamir jildidan ikki baravar katta
bo„lishi lozim. yog„li xamirni ikkinchi xamir ustiga quyib, cheti konvert
kabi berkitiladi va eni 20 sm, qalinligi 1 sm qilib jo„valanadi, so„ng to„rt
buklab, yarim soat davomida xolodilnikda saqlanadi. Sovigan xamirni
yana bir bor juvalab, qayta sovuq joyga qo„yiladi. Bu jarayon 3 marta
takrorlangach, turli mahsulotlar pishirishga kirishiladi. Tez
tayyorlanadigan qatlama xamir. Yaxshi sovitilgan margarin yoki capiyog„i
qirg„ichdan o„tkazib un (2 stakan) bilan yaxshilab q„orishtiriladi. hosil
bo„lgan qorishma o„rniga quyuladi, ichiga 74 choyqoshiq tuz va 1
oshqoshiq sirka qo„shilgan suv oz-ozdan quyiladi. Barcha masalliqni
aralashtirib, xamir qoriladi. Qorilgan xamir xolodilnikda bir oz (1 soat)
sovitilgan, pishirishga kirishiladi.
Kerakli masalliqlar: Bu jarayonni blenderda qilsa ham bo„ladi.
Unga qorishtirilgan sariyog„ni kichik shar shakliga keltirib olib pishiriq
qog„ozi yoki 700 gr un, 1 st suv, 0.5 choy qoshiq tuz, 1 chimdim limon
kislotasi, 300 gr sariyog„ (yoki margarin)
Tayyorlanishi: 1. Sovutgichdan endigina olingan sariyog„ 5-6 osh qoshiq un bilan
qorishtiriladi.
2. Qo„shimcha selofanga o„rab muzlatgichga qo„yiladi.
3. Un, suv va tuzni aralashirib hamir qoriladi.
4. Xamirni rasmdagidek to„rt tarafini yoyib olib, o„rtasiga muzlatgichdan
olingan sariyog„ qo„yiladi.
5. Keyin bir tarafini so„ngra ikkinchi uchunchi va to„rtinchi taraflari
yaxshilab yopiladi.
6. Xamir juvada ozroq ochib olinadi. Muhimi sariyog„ni erishini oldini
olish uchun bundan keyingi qadamlarni tezlik bilan bajarish kerak bo„ladi.
7.Yoyilgan hamirni bir tarafi markazga qaratib buklanadi.
8. So„ngra ikkinchi tarafi ham markazga olib kelinadi.
9. Xamir ikkiga buklab, selofanga o„rab 1 soatga sovutgichga qo„yiladi.
Ishingiz tezlashishini istasangiz hamirni muzxonaga ham qo„yishingiz
mumkin.
10. Sovutgichdan olingan hamirni yoyib 4 ga buklash jarayonini (10-13
qadamlar) yana 3 marta takrorlanadi. Har buklag„andan keyin hamirni 1
soatga sovutgichga qo„yiladi.
11. Xamirni oxirigi qavatlash bosqichida 4 ga emas 3 ga buklanadi.
Buning uchun sovutgichdan olingan hamirni rasmdagidek o„zingizga
qaratib olib eniga biroz kengaytirib olasiz.
12. Keyin hamirni yoni bilan o„zingizga qaratib olib bo„yiga juvada yoyib
olinadi. O„lchamlari taxminan 25 sm X 50 sm.
13. Xamir ikki tarafi ustma ust yopib buklab olinadi.
Qo„shimcha qilinadigan ish tayyor bo„lgan hamirni biroz sovutgichda
ushlab keyin ishlatish yoki yaxshilab yopiladigan idishga solib
muzxonada kerak bo„lgunga qadar saqlash mumkin.