D K 1
Dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish uchun urug‘
sarflandi
2010
1010
2
Dehqonchilikdagi ishchilarga ish haqi hisoblandi
2010
6710
3
Dehqonchilikdagi ishchilarning ish haqlariga nisba-
6510–
tan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari hisoblandi
2010
6520
4
Dehqonchilikdagi asosiy vositalarga amortizatsiya ajrat-
0211–
malari hisoblandi
2010
0299
5
Chorvachilikdagi organik o‘g‘itlar dehqonchilikka
sarflandi
2010
1010
6
Dehqonchilikdan olingan mahsulotlar omborga
kirim qilindi
2810
2010
7
Paxtachilikdan g‘o‘za olindi
1010
2010
7.3. O‘SIMCHILIK MAHSULOTLARINING TANNARXINI HISOBLASH USULLARI O‘simchilikda mahsulot tannarxini aniqlash obyekti bo‘lib, asosiy
mahsulotlar (don, paxta, meva-sabzavot) va qo‘shimcha mahsulotlar
(g‘o‘zapoya, somon, ko‘kpoya) hisoblanadi. Mahsulot tanarxini hisob-
lashdan oldin xarajatlarni aks ettiruvchi schyotlar sinchiklab tekshiriladi.
O‘simchilikda olingan asosiy, yondosh va qo‘shimcha mahsulotlar
tannarxini hisoblash va kalkulyatsiya qilish nizomiga asosan asosiy va
qo‘shimcha mahsulotlarni tenglashtirish koeffitsienti, 1 s chori – 0,08
koeffitsient birligiga teng.
1 s bug‘doyning tannarxini topish uchun chorini shartli bug‘doyga
aylantirish, umumiy olingan mahsulotdan ularning salmog‘i aniqlanadi.
Qilingan xarajatlar shu salmoqqa ko‘paytirilib 100 ga bo‘linadi va chori
hamda bug‘doy bo‘yicha qilingan xarajatlar aniqlanadi. Aniqlangan
xarajatlar olingan mahsulotlarning miqdoriga bo‘linsa, 1 s mahsulotning
tannarxi topiladi.
Masalan: «Ochil Qodirov» nomli fermer xo‘jaligida kirimga olingan
bug‘doyning bunker vazni 8500 s.
Tuzilgan dalolatnomalar bo‘yicha: