205
asosan, bu tuzatishlar o‘tgan yilgi hisob registlariga ham, joriy yil
registlariga ham (kirim qoldiqlarini o‘zgartirish yo‘li bilan) kiritib
qo‘yiladi.
Har bir hisobot oyi tugagandan keyin barcha memorial orderlar,
memorial order – jamlanma qaydnomalar ularga tegishli hujjatlar bilan
birga raqamiga qarab tartib bilan taxlanishi va kitob qilinishi kerak.
Hujjatlar uncha ko‘p bo‘lmagan taqdirda, ularning uch oyligini bitta
qilib kitob qilish mumkin. Muqovasiga tashkilotning nomi, kitobning
nomi va tartib raqami, hisobot davri – yil va oy, memorial orderning
boshlang‘ich va oxirgi raqami, kitobdagi varaqlar soni yozib qo‘yiladi.
Moddiy qimmatliklar, pul mablag‘lari, shuningdek, debitorlar va
kreditorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar hamda boshqa aktivlar
va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish, shuningdek, inventarizatsiya
natijalarini rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish
qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda
davriy moliyaviy hisobotlarni, shuningdek, set, shtat va kontingentlar
bo‘yicha rejaning bajarilishi to‘g‘risida choraklik va yillik hisobotlarni
tuzadilar va topshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasida tashkilotlar tomonidan buxgalteriya
hisobi milliy valuta – so‘mda yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: