23-m o d d a. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash Buxgalteriya hujjatlari va registrlar, mikrofilmlar yoki kompyuter
hisobi moliyaviy ma’lumotlari kamida uch yil, moliyaviy hisobot esa
qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida saqlangan.
Buxgalteriya hujjatlarini olib qo‘yish qonun hujjatlariga muvofiq
amalga oshiriladi.
24-m o d d a. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxslar
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.