Taʼlim – bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.
Taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida Taʼlimning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib boradi
Tarbiya
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.
Pedagogika
Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Ped. institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham pedagog deb yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy pedagog bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublikasida Pedagoglarga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi.
Pedagog tarbiya jarayonining qonuniyatlari, tarkibi va uni tashkil etish mexanizmlarini tadqiq etadi, tarbiyaviy va oʻquv ishlarining mazmuni, tamoyillari, ularni tashkil etish shakl, usul hamda yoʻsinlarini belgilab beradi
O'qitish
O'qitish tizimi biror ta'lim muassasasining boshqaruv qilish, o'quvchilarning bilim va malakasini oshirish, ma'naviy tarbiya va o'zlashtirishni oshirish, bilimni tarbiyalash va boshqa maqsadlarni olish uchun ishlab chiqilgan organizatsion tizimdir. Bu tizim o'quv jarayonini tashkil etadi va boshqaradi, o'quvchilarga ta'lim beradi va o'quvchilar va o'qituvchilar o'rtasidagi munosabatlarni amalga oshiradi.