Shaxsning gumanistik xususiyatlari



Yüklə 29,62 Kb.
səhifə1/10
tarix09.06.2023
ölçüsü29,62 Kb.
#127369
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Umumiy psixologiya

SHAXSNING GUMANISTIK XUSUSIYATLARI




Reja:



  1. Shaxsga doir bixevioral-kognitiv nazariyalar

  2. Skinner nazariyasining asosiy g‘oyalari

  3. Respondent va operant xulq tushunchalari.


Shaxsning gumanistik nazariyasi


Shaxsga doir gumanistik nazariyada ikki asosiy yo‘nalishlar farqlanadi. Birinchisi, “klinik” (klinikaga yo‘naltirilgan) amerikalik psixolog K.Rodjers qarashlarida o‘z ifodasini topgan yo‘nalish.
Ikkinchisi “motivatsion” yo‘nalish. Uning asoschisi amerikalik psixolog A.Masloudir. mazkur ikki yo‘nalish o‘rtasida muayyan tafovutlar bo‘lsa-da, ularni bog‘lab turgan jihatlar ko‘p uchraydi.
Gumanistik psixologiya yo‘ndashuvi vakillari shaxs taraqqiyotining asosiy manbai deb avtoaktualizatsiyaga bo‘lgan tug‘ma moyilliklarni nazarda tutadilar. Shaxs taraqqiyoti deb ushbu tug‘ma moyilliklarning namoyon bo‘lishiga aytishadi.
K.Rodjersga fikriga ko‘ra, inson psixikasida ikki tug‘ma moyillik mavjud. Birinchisi, muallif tomonidan “avtoaktualizatsiya tendensiyasi” deb nomlangan moyillik inson shaxsining bo‘lajak xususiyatlari negizini o‘zida jo etgan. Ikkinchi tug‘ma moyillik – “organizmik nazorat jarayoni” – shaxs taraqqiyotini idora etuvchi mexanizmdir.
Mazkur moyilliklar asosida odam taraqqiyoti davomida “Men”ning alohida shaxsga doir tuzilmasi paydo bo‘ladi. U o‘z ichida “ideal Men” va “real Men”ni qamrab oladi. “Men” tuzilmasining ushbu osttuzilmalari murakkab munosabatda bo‘ladi: to‘kis uyg‘unlik holatidan (kongruentlik) to‘liq nomuvofiqlik (disgarmonik) darajasigacha (Rodjers K., 1994).
K.Rodjersga binoan, hayot maqsadi – tug‘ma salohiyatni to‘kis namoyon etishdir, “o‘z vazifalarini to‘liq ro‘yobga chiqarish”, ya’ni o‘z qobiliyatlari va talantidan foydalanadigan, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish davomida o‘zini, o‘z kechinmalarini anglash sari harakat qiluvchi, o‘zining asl tabiatini ifodalashga intiluvchi odam bo‘lishdir.
A.Maslou shaxs taraqqiyoti negizida yotadigan ehtiyojlarning ikki ko‘rinishini ajratib bergan: ularni qondirish mobaynida o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketadigan «defitsitar» ehtiyojlar hamda qondirilishi ularni kuchaytiruvchi “o‘sishga doir” ehtiyojlar.


Yüklə 29,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin