Tegishli qayta ishlashlardan so‘ng, shifratorning chiqish shinalarida, ikkilik
kodda yozilgan raqamga mos keluvchi signallar o‘rnatiladi.
6-rasm. Shifrator va uni boshqaruv klaviaturasi.
«1» nuqta potensiali mantiqiy bir potensialiga teng.
Shunday qilib, shifrator faqat bitta o‘tkazuvchi simga berilgan signalni
(masalan, 9-sim) shifrator chiqishda hosil bodadigan parallel ikkilik kodga (bu
qolatda 1001) o‘tkazadi. Shifrator faqat bitta kirish signaliga javob berishi
uchun, uning sxemasi ustuvor qilib tuziladi. U holda, chiqishdagi signal, signalni
qabul qilgan «katta» qirish raqamiga mos kelish kerak. Deylik, signallar bir
vaqtning o‘zida 3,4 va 9 kirishlarga berilgan bo‘lsin. Bu yerda 9-kirish katta
raqamga ega bo‘lib, ustuvorlikka ega, shuning uchun shifrator chiqishidagi kod
- 1001 bo‘ladi. Shu sababli ustuvor shifrator mikrosxemalarida qo‘shimcha
mantiqiy elementlar ko‘zda tutiladi. Ustuvor shifrator analog-raqamli
o‘zgartirgich va mikroprotsessorli tizimlarda qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: