Siyosiy hokimiyat


Siyosiy hokimiyatga quyidagi bir qator belgilar xos



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/83
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#41624
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83
6413-Текст статьи-15835-1-10-20201103

Siyosiy hokimiyatga quyidagi bir qator belgilar xos: 

1)  siyosiy  hokimiyat  jamiyatda  ijtimoiy  munosabatlar  ifoda 

etilishining  zarur  shakli  sifatida  yuzaga  keladi  va  qaror  topadi.  Siyosiy 

hokimiyat  -  o‘z  mohiyatida  hukmronlik  sub’ekti  bilan  ob’ekt  o‘rtasidagi 

qarama-qarshilikni mujassam etadi; 

2) hokimiyat hatti-harakatlarda, sub’ektlarning o‘zaro munosabatlarida 

amalga  oshiriladigan  imkoniyatdir.  Uni  o‘zlashtirib  olish  mumkin  emas. 

Hokimiyatni  egallash,  uni  bir  qo‘ldan  boshqasiga  o‘tkazish  birovlarning 

boshqalarga  o‘z  istak-irodalarini  zo‘rlab  tiqishtirish,  ularning  xulq-atvorini 

boshqarish  qobiliyatini shakllantiruvchi  va  amalga  oshirilishini  ta’minlovchi 

vositalarning  muayyan  yig‘indisini  egallab  olish  yoki  o‘tkazishdan  boshqa 

narsani anglatmaydi; 

3)  siyosiy  hokimiyat  ijtimoiy  tizimning,  ijtimoiy  iqtisodiy 

munosabatlarning hosilasidir; 

4)  siyosiy  hokimiyat  majburlash  bilan  bog‘liq.  Shunga  qaramay,  uni 

faqat majburlash vositasida yoki jismoniy zo‘ravonlik orqali amalga oshirish 

mumkin  emas.  Majburlash  ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga  solishning 

vositasi,  jamiyatni  boshqarishning  eng  muhim  omili  bo‘lib  xizmat  qiladi. 

Hokimiyatning asosiy jihati - odamlarning ijtimoiy hayotini boshqarish. 



 

44

 

Siyosiy  hokimiyat  hokimiyatning  boshqa  turlaridan  quyidagi  asosiy    



xususiyatlari bilan farq qiladi: 

1. Suverenitet – hokimiyatning mustaqilligi va bo‘linmasligidir. 

Masalan, mamlakatda koalitsion hukumat va ko‘p partiyali parlamentbo‘lgan 

taqdirda ham siyosiy hokimiyat turli siyosiy kuchlarning kelishilgan siyosati 

orqali amalga oshiriladi. 

2. Iroda – muayyan siyosiy maqsad va dasturning mavjudligi va uni amalga 

oshirishga qaratilgan tayyorgarlik. 

3.  Avtoritet  –  siyosiy  hokimiyat  subyektining  ijtimoiy  hayotning  barcha 

jabhalaridagi ta’sirining mamlakat va uning tashqarisidagi umum e’tirofi. 

4.  Majburlash  –  o‘z  irodasini  jismoniy  kuch  ishlatib  bo‘lsa-da  amalga 

oshirish. (Bu xususiyatni diktatura bilan aynanlashtirmaslik kerak.) 

Siyosiy  hokimiyat  yuqorida  qayd  etilgan  xususiyatlarga  to‘la  ega 

bo‘lsagina, u siyosiy hokimiyat maqomiga ega bo‘ladi. 


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin