Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

SHAFAQQA INGANSAN
Shafaqqa  ingansan  sayyor qush  kabi, 
Go'yo tuproq  yo'lda  yo'qotgan tangam. 
Seni  eslash  mumkin  bir tovush  kabi, 
Seni  unutganman.  Unutganman.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Biz suygan  majnuntol  kesilib  ketgan, 
Keyin  o'tin  bo'lgan,
Keyin  alanga.
Kesilgan  yurakning  yarasi  bitgan,
Seni  unutganman.  Unutganman.
Esimdan  chiqibdi  hatto  ko'zlaring, 
Qo'llaring...
Men  o'zga qo'lni  tutganman.
Kechir,  og'ir botsa  engil  so'zlarim,
Seni  unutganman.  Unutganman.
Muhabbat...
Kimningdir oshig'i  olchi,
Oshiq  bo'lib,  xolos,  zaqqum  yutganman. 
Qaylardadir qolib  ketdi  ro'molchang. 
Seni  unutganman.  Unutganman.
Goho dilni  ezsa  tiriklik yuki,
Goho to'yganimda  bu  laziz jondan. 
Gohida...  Birnafas...  Faqat...  Holbuki, 
Seni  unutganman.  Unutganman...
1997

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin