Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

MENI  ESLAYSANMI?
Meni  eslaysanmi,  oy tilib-tilib,
Qiyqimlagan  baxmalim  -  yalpiz?
Kimni  izlayapsan,  chuvalchang  bo'lib 
O'rmalab  ketgan  ildiz?
Ninachi  qanotin  urgan  anhorim, 
Sog'inchingdan  so'zlab  ber!
Ayt,  seniyam  bir sog'inganing  bormi, 
Sopoldek darz  ketgan  yer?
Dadam  ekkan  terak,  qishning  chillasida 
Bag'ring  tilinmadimi?
Qishlog'im,  ko'klamning  ilk pallasida 
O'rnim  bilinmadimi?
Sevgilim,  hammasi tamom  bo'lgan.  Goho  - 
Meni  qiynaydi  bir so'z.
Sendan  bir narsa  bilmoqchiydim,  ammo 
Yodimdan  chiqdi,  afsus...
1992


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
KELINCHAK
O'rik shoxlariga  qo'ngan  qormikan, 
Qo'llaring  xinomi yo gulgun  chechak? 
Hanuz  masrurmisan,  baxtiyormisan, 
Bag'dod  bog'larida  qolgan  kelinchak?
Kimni  aziz tutib  ketding,  azizam,
Kimning  haroridan  gullading,  o'sding?
Bir lahza  ko'zimni  ko'rayin  desam, 
Kipriklaring  bilan  ko'zingni to'sding.
Boshingda  daryodek mavjlangan  ro'mol... 
Shamol  qulog'idan  tortar barglarni... 
Shamol,  uchirolmay dilgirdir shamol  - 
Ro'molingga  qo'ngan  kapalaklarni.
Olam  bir alamdir,  sim-siyoh  cheti,
Alam  bir olamdir endi,  sevarim.
O'rik gullaridek sochilib  ketdi 
Kaftimdagi  bir juft sitoralarim.
Meni  chorlayverdi yovvoyi  kenglik, 
Jayronlar ko'zidan  ko'zim  qamashdi. 
Senga  gullagan  bog'  yarashganidek 
Menga  sargardonlik gashti  yarashti.
O'rik shoxlarini  bukkan  qormikan... 
Qo'llaring  xinomi yo gulgun  chechak.
Seni  ko'rgim  kelar,  omon  bormisan, 
Mening  tushlarimda  qolgan  kelinchak...
1992
SEVMADING
Sevmading sen,  dilitoshim, 
Dilimga  cho'kdi  qo'rg'oshin. 
Ko'zimdan  toshdi  ko'zyoshim, 
G'amkash  buloq  sevmish  mani.
Sevmading  san,  etolmasdan 
Sanga  termuldim  olisdan. 
Haddan  ziyoda  yolg'izman, 
Netay,  tuproq  sevmish  mani.
Sevmading  san.  Ay,  yuragim! 
Xazon  tushgan  may -  yuragim.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Qandoq  ovutay,  yuragim,
Keksa  yaproq  sevmish  mani.
Sevmading  san,  atirgulim,
Sevgi  asli  nadir,  gulim?
U  singan  ignadir,  gulim,
Singan  chaqmoq  sevmish  mani.
Sevmading  san!  Sevmading  san! 
Har odimda  xatar bergan,
Har yutimda  zahar bergan, 
Suyganiga  dardlar bergan, 
Tangri  ko'proq  sevmish  mani...
1993
TILAK
Qirq  kun  qora  sel  kelsin, 
Yuvib  ketsin  yer yuzin.
Ikki jon  omon  qolsin  - 
Yolg'iz sen  bilan  o'zim.
Tig'  o'ynatsin  qahraton, 
Dunyo  muzlasin  zim-zim. 
Bizlar qolaylik omon,
Yolg'iz sen  bilan  o'zim.
O't tushsin  bu jahonga, 
Yonsin  baliq,  kuysin  qum. 
Tegmasin  ikki jonga  - 
Yolg'iz sen  bilan  o'zim.
Dardim  o'zimga  ayon, 
So'nayotir yulduzim.
Qochib  boraylik qayon 
Yolg'iz sen  bilan  o'zim?
Ayt,  yana  nima  deyin? 
Bundan  boshqa  yo'q  so'zim. 
Nahot shunchalar qiyin...
...  Yolg'iz sen  bilan  o'zim.
1994


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin